Ch irsiyatni ham zaharlab, nimjon, nuqsonli farzandlar tugʻilishiga olib kelishi mumkin


Download 198.1 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi198.1 Kb.
#1407663
Bog'liq
CHEKMASDAN HAYOT GASHTINI SUR


Chekish — ayrim tutovchi oʻsimlik mahsulotlari (tamaki, afʼyun va boshqalar) tutunidan nafas olish. Tamaki Ch. keng tarqalgan zararli odatlardan boʻlib, chekuvchi va uning atrofidagi odamlar sogʻligʻiga yomon taʼsir etadi; yuraktomir, meʼda, oʻpka kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. Tamaki chekkan odam unga oʻrganib, chekmasdan turolmaydigan boʻlib qoladi. Tamaki tarkibidagi nikotin odam organizmiga kuchli taʼsir etib, u markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatadi, arterial qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni tezlashtiradi va h.k. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Tamaki tutunida kanserogen moddalar boʻladi. Tamaki tutunidan tish emali shikastlanadi, kariyes, stomatit, gingivit kabi kasalliklar vujudga keladi, u bronxlar shilliq pardasiga taʼsir etib, surunkali bronxit va oʻpka emfizemasiga, keyinchalik tuzatib boʻlmaydigan xavfli oʻsmalar rivojlanishiga olib keladi.
Surunkasiga uzoq vaqt chekish kishining tez qarishiga sabab boʻladi. Toʻqimalarning kislorod bilan yomon taʼminlanishi, mayda tomirlarning torayishi chekuvchilarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirib yuboradi (koʻz oki va teri sargʻimtir tusga kiradi, soʻlgʻinlik paydo boʻladi). Nafas yoʻllari shilliq pardasidagi oʻzgarish tovushga taʼsir etadi (tovush boʻgʻiqlashadi, odam xirillab nafas oladi). Nikotin yoshlarga va keksalarga ancha salbiy taʼsir koʻrsatadi, chunki ularning nerv sistemasi nikotin taʼsiriga oʻta sezuvchan boʻladi. Ch. homiladorlik davrida ayniqsa, zararlidir, bunda nikotin ona qoniga oʻtib, homilani zaharlaydi.
CH. irsiyatni ham zaharlab, nimjon, nuqsonli farzandlar tugʻilishiga olib kelishi mumkin.
CH. oʻta zararli boʻlgani uchun keyingi paytlarda qator mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham Ch.ga qarshi qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda, tamaki mahsulotlarini reklama kilish va uni bolalarga sotish, jamoat joylarida va transportda chekish taqiqlanadi va h.k. Koʻpchilik chekuvchilarning chekishni tashlagandan soʻng kishi xastalanib qolishi mumkin degan gapi asossiz, chunki zahardan oʻzini tiygan kishi hech qachon zarar koʻrmagan.
Kishi har qancha kashanda boʻlsa ham Ch.dan qutulish mumkin. Buning uchun unda mustahkam iroda va chekishni tashlashga qatʼiy qaror boʻlishi kerak. Ch.ni tashlagan kishida qandaydir noxushlik, jizzakilik, uyqu buzilishi, baʼzan bosh ogʻrigʻi kabi holatlar kuzatiladi. Lekin bular keyinchalik barham topadi. Ch.ni tashlamoqchi boʻlganda vrachnarkologga uchrashish va tegishli maslahatlar olish lozim.


Kun sovuq, yomg’ir. Xalq salomatligini mustahkamlash yo’lida katta xizmatlar qilgan insonni xotirlash uchun Arlington qabristonida odamlar to’plandi.

Yurt qahramonlari qatorida dafn etilgan Bosh shifokor Lyuter Terri 1964-yilda kashandalik saratonni keltirib chiqaradi, deb xulosa qilgan edi.

Hozirgi bosh shifokor, kontr-admiral Boris Lushnyak doktor Terrini eslab nutq so’zladi.

“Bundan 50 yil avval tamaki chekishga kelganda dunyo mutlaqo o’zgacha edi”.

Istagan joyda chekish mumkin edi. Samolyot, bar va restoranlarda. Hatto ish joylarida.

“Amerikaning deyarli yarim aholisi sigaret chekkan o’shanda,” - dedi Lushnyak.

Aholining ikkinchi yarmi, shu jumladan yosh bolalar esa zaharlangan havodan nafas olgan. O’shanda doktor Lyuter Terri bir guruh olimlar o’tkazgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

“Xulosa shu ediki, tamaki iste’moli, sigaret chekish, o’pka saratoni hamda yurak xastaliklari bir-biriga bog’liq ekani shubhasiz. AQSh hukumati, aniqrog’i uning vakili bo’lgan bosh shifokor rasman shunday bayonot bilan chiqqani dunyoni ostin-ustun qilgan,” - deydi Lushnyak.

Qonun-qoidalar asta o’zgara boshladi. Ishxona va jamoat joylarida chekuvchilar uchun alohida joy ajratildi.

Odamlarni tamakining zarari haqida ogohlantiruvchi reklamalar paydo bo’ldi. So’nggi 50 yilda o’tkazilgan 30 dan ziyod tadqiqotlar chekishning jiddiy salbiy asoratlari haqida ommani xabardor qilib keladi. Hatto chekmaydigan, lekin tamaki tutunida nafas olayotganlar salomatligi jiddiy xavf ostida ekani allaqachon isbotlangan.

Bugunga kelib AQShda chekuvchilar soni 43 foizdan 18 foizga kamaygan, deydi doktor Lushnyak. Ammo bu illatdan butunlay qutulish qiyin.

“Shunchaki yomon odat emas, ruju qo’yish bu. Umid qilamizki, yana 50 yildan keyin bunday hisobotlarga hojat qolmaydi, muammoni hal qilgan bo’lamiz degan niyat bor,” - deydi u.

Bu maqsadga erishish oson emas. Har yili dunyo bo’ylab 5,5 million odam, jumladan yarim million amerikalik chekishdan yoki sigaret tutunidan nafas olish oqibatida vafot etadi. Bu raqam oshib bormoqda.

REFERAT
MAVZU: CHEKMASDAN HAYOT GASHTINI SUR

BAJARDI:__________________


TEKSHIRDI:_________________
Download 198.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling