Chakana tovar aylanishi Reja: Chakana tovar aylanishi tushunchasi va uning tarkibi. Chakana tovar aylanishi tasnifi


Download 28.3 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi28.3 Kb.
#1227168
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (7)


Chakana tovar aylanishi
Reja:
1. Chakana tovar aylanishi tushunchasi va uning tarkibi.
2. Chakana tovar aylanishi tasnifi.
3 Chakana tovar aylanishi ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyati.

1. Chakana tovar aylanishi tushunchasi va uning tarkibi.

Chakana tovar aylanishining mohiyatini asosida tovar muomilasida mavjud


bo‘lgan munosabatlar yotadi.
Tovar muomilasi to‘g‘risida fikr yuritganda, uning negizida ikki tomonli
munosabat yotganligini ko‘ramiz. Bir tomonda – sotuvchi, tovar egasi, uning maqsadi tovarni sotish, ikkinchi tomondan sotib oluvchi, ya’ni aholi, qo‘lida qandaydir miqdorda tovarni sotib olish uchun ekvivalent pul bor, tovarni sotib olish uchun talabi mavjud subektga, agar ikkala intilish, tovarni sotish va sotib olish bir – biriga munosib bo‘lib qolsa, oldi – sotdi jarayoni amalga oshadi va tovar pulga almashadi. Ushbu jarayon Tovar aylanish kategoriyasida o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda tovar bilan aholini sotib olish qobiliyati, ya’ni aholini mavjud daromadi tovarga almashib ketadi va ikkala aytilgan
kategoriyalar yo‘qolib, ya’ni ikkita kategoriya vujudga keladi.
Ular bir tomondan aholining puli – savdogar mahsulotning sotish natijasiga, tovar
esa ayriboshlash jarayonidan chiqib, iste’mol jarayoniga tovarlik xususiyatini yo‘qotib iste’mol ne’matiga aylanadi. Aholi tomonidan iste’mol qilish jarayoni boshlanadi. Tovar ijtimoiy mohiyatini yo‘qotib, iste’molchining shaxsiy mulkiga aylanadi. Ushbu munosabat natijasini statistik ko‘rsatkichi orqali izhor qilish mumkin. Bunday ko‘rsatkich sifatida chakana tovar aylanishi kabi statistik qiymat ko‘rsatkich hisoblanadi. Ushbu munosabatlar jarayonida aholi tovar ayriboshlashni ham obekti ham subekti sifatida, ya’ni obekt iste’molchi, subekt sotib oluvchi bo‘lib qatnashadi.
Chakana tovar aylanishidek statistik qiymat ko‘rsatkichining mazmunini
chuqurroq ko‘rib chiqamiz.
Aholiga sotilgan tovarlarning qiymati tovar ayriboshlash jarayonidan iste’molga
o‘tgan moddiy ne’matlarning qiymatini puldagi ifodasi, chakana tovar aylanishning
aholiga sotilgan hajmini ifoda qiladi. U qandaydir tovarlar miqdorini (q) tegishli
baholarda (p) aholining puliga ayriboshlanishini anglatadi. Bunda chakana tovar
aylanishi aholiga sotilgan miqdori CHTA=Sqp statistik formula bilan ifodalanadi.
Chakana tovar aylanishi dinamik jarayon bo‘lib, uzluksiz davom etadi. U doimo
takrorlanib turadi va takror ishlab chiqarish jarayonini bir etapi hisoblanadi. Bu jarayon aholi iste’molini kengayib va ortib borishini ifodalaydi.
Aholining shaxsiy ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlarning
asosiy qismi ularga savdo orqali yetkaziladi. Aholi iste’mol qiladigan tovarlar massasining son miqdori va sifat tavsifi chakana tovar ayriboshlash ko‘satkichlari orqali namoyon bo‘ladi.
Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan aholiga yetkazish jarayoni tovar
muomilasi qonunlari ta’siri ostida amalga oshiriladi (qiymat, qo‘shimcha qiymat, talab va taklif qonunlari). Shu sababli chakana tovar aylanishi aholi pul daromadlarini tovarga almashtirish yo‘li bilan tovarlar harakatining oxirgi boqichi – tovar ayiboshlashdan shaxsiy iste’molgacha bo‘lgan jarayondagi iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Bu chakana tovar aylanishining iqtisodiy mazmunini tushuntiradi. Chakana tovar aylanishi – iste’mol tovarlarining aholiga va boshqa
iste’molchilarga, ularni ehtiyojlarini qondirish uchun sotilish miqdorini puldagi
ifodasidir. Chakana tovar aylanishi tovar ayriboshlash jarayonini oxirgi bosqichida namoyon bo‘lib, unda tovarlarning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni o‘zgaradi. Tovarlar iste’mol fondini real shakliga aylanadi, ayriboshlash jarayonidan chiqib ketadi va iste’molchining mulkiga aylanadi.
Aholi o‘zining iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini nafaqat yakka tartibda, balki jamoa bo‘lib iste’mol qilishning har xil shakli orqali ham qondiradi. Bunda tovarni
sotib oluvchi sifatida har xil korxonalar, tashkilotlar qatnashadi (dam olish maskanlari, kasalxonalar, bolalar bog‘chalari, boshqa korxona, tashkilot va muassasalar). Ular tovarlarga bo‘lgan ikkilamchi, joriy xo‘jalik ehtiyojlarini qondirish uchun tovarlar sotib olishadi.
Chakana tovar aylanishining bunday shakllangan qismi mayda ulgurji tovar
aylanishi deb ataladi va chakana tovar aylanishi miqdorida ko‘p emas – 5% atrofida bo‘ladi.
Shunday qilib, chakana tovar aylanishi tovarlarni pulga aylantirish jarayonida
vujudga keladi. Bu jarayonda tovar egasi tovarlarni boshqa jismoniy yoki huquqiy
shaxsga pulga sotadi.
Chakana tovar aylanishi savdo korxonalarining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir.
Chakana tovar aylanishi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi va tovar ayriboshlash
jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni natijasidir.
Chakana tovar aylanishi bir tomondan savdo korxonalari faoliyatining natijasi,
ularni ijtimoiy – iqtisodiy samaradorligini, ikkinchi tomondan aholining sotib olish
qobiliyatini real moddiy ne’matlarga aylanishini ko‘rsatadi, ya’ni aholini moddiy
farovonligi ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, chakana tovar aylanishi bir tomondan sotilgan tovarlar massasi
miqdoridir (puldagi ifodasi), ikkinchi tomondan aholining tovar sotib olish uchun pul harajatlarining miqdoridir. Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichi miqdor – son jihatdan va sifat tavsifiga egadir. Chakana tovar aylanishi miqdori, ya’ni son jihati – sotilgan tovarlarni puldagi miqdori bo‘lsa, sifat jihati uning assortiment tarkibidir, ya’ni uning umumiy hajmida alohida tovar guruhlarining hissasi (foizlarda) bilan belgilanadi.
Chakana tovar aylanishi miqdori (xajmi) tarkibini aniq ajrata bilish zarur.
Chakana tovar aylanishi miqdori – biron bir davrga(kun, oy, kvartal, yil) savdo
shaxobchalarining (ommaviy ovqatlanish shaxobchalarining) bank yoki kassaga
topshirgan naqt puli va pulsiz- mayda ulgurji tovar aylanishi hajmidan iborat.
Chakana tovar aylanishi tarkibi – har hil tovarlarni sotish turlaridan iborat.
Chakana tovar aylanishi tarkibi aholiga, ayrim muassasa, korxona va tashkilotlarga
rasmiy hisobga olingan savdo (ommaviy ovqatlanish) shaxobchalari, narsalar bozorlari, oziq – ovqat bozorlari (dehqon) va universal bozorlar orqali tovarlarni sotilish miqdori bilan shakllanadi.
Chakana tovar aylanishi tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Oziq – ovqat va nooziq – ovqat tovarlarini chakana savdo shaxobchalari,
aptekalar va shunga o‘xshash shaxobchalar orqali sotilgan tovarlar uchun tushum.
2. Ommaviy – ovqatlanish korxonalari chakana tovar aylanishi.
3. Kitob, gazeta, jurnallar sotishdan tushum, jumladan podpiska orqali.
4. Tikuv ustaxonalarida (atelelar) kiyim – kechaklar sotishdan tushum.
5. Poyafzal, kiyim – kechaklarni, madaniy – xo‘jalik tovarlarini, shaxsiy
avtomobillarni ta’mirlash ustaxonalari tushumlari.
6. Ximchistka, kiyim – kechaklarni ranglash, uy joyni qurish va ta’mirlash
ustaxonalari tushumlari.
7. Yoqilg‘i, standart uylar (finski), o‘rmonchilik materiallarini sotuvchi
korxonalar tushumlari.
8. Maxsus kiyim – kechaklar, ovchilik qurollarini sotishdan tushgan tushum.
9. Savdo korxonalarining aholiga tovar sotishdan, uyiga yetkazishdan,
sotilgandan keyin ko‘rsatilgan xizmatlardan tushum.
10.Prokat punktlari tushumi.
11.Lotoreyaga yutilgan tovarlar qiymati.
12.Kreditga sotilgan tovarlar qiymati, sotilgan kundan.
13.Mayda ulgurji tovor aylanmasi.
14.Komission savdo, narsalar, oziq-ovqat, nooziq-ovqat, universal bozorlar tovar
aylanmasi.
Chakana tovar aylanishiga kiritilmaydiganlar

Download 28.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling