Tozalash qurilmasi sifatida skrubberlardan qachon foydalanish mumkin?
Ma’lumki,
yoqilg’ilarni
yokish
paytida
tumanlar,
bug’larini
kondensatsiyalashda esa, tumanlar hosil bo’ladi. Ular tarkibidagi qattiq va suyuk
zarrachalarining ulchami 0,3 – 5,0 mkm atrofida bo’lishi mumkin.
Bunday kichik zarrachalarni chang cho’ktirish kameralari va siklonlar yordamida
ushlab qolish ancha kiyinchiliklarni tugdiradi.
Agar changli havo yoki aralashma gazlar tarkibidagi qattiq chang
zarrachalarining ulchami 5 mkm dan kichik bo’lsa, unda tozalashning xul
usuli qo’llaniladi. Ya’ni, changli havo yoki gazlarni namlash yoki yuvish yo’li
bilan changlardan tozalanadi. Buning uchun skrubberlardan (ko’pincha Venturi
skrubberidan) foydalaniladi.
Skrubber changli havo yoki gazlarni namlash yoki yuvish yo’li bilan
tozalaydigan qurilmadir.
Skrubberning ishlash printsipini tushuntiring.
Skrubberlarning ichi bush bo’lib, pastki qismidan changli havo yoki gaz
aralashmasi, yuqori qismidan esa, forsunkalar yordamida suv purkab beriladi. Skrubberlarning ishlash printsipi siklonlarning ishlash printsipiga o’xshaydi. Ammo skrubberlarda changli havo yoki gaz, suv, ishqor, tuz va kislotalarning suvli Сув Чангли хаво
Сув Форсункали скруббер Қуйкум eritmalari yordamida yuviladi va tarkibidagi chang zarrachalari ushlab kolinadi.
Suv yuqoridan pastga, changli havo esa unga karama-qarshi harakat qiladi. CHang
zarrachalari suyuklikka yopishib olib, tozalash qurilmasida kuykum-cho’kma hosil
qiladi. Suyuklikni sochib beradigan changli havo yoki gazni yuvuvchi qurilmalar,
forsunkali skrubberlar deb ataladi. (7-rasm).
Forsunkalar 0,3-0,4 MPa bosim ostida suvni purkab beradi. Agar changli
havo yoki gaz oqimining tezligi 5 m/s dan katta bo’lsa, forsunkalarning yuqori
qismida suv tomchilari yoki tuman hosil bo’lishi mumkin. Ularning toza havo yoki
gaz bilan birga skrubberdan chikib ketmasligi uchun tomchi ushlagach moslama
urnatiladi.
CHangli havo oqimining yuvish yo’li bilan ulchami 0,1 mkm dan kichik
bo’lgan chang zarrachalarini ushlab qolish mumkin. Skrubberlar yordamida
changli havoni 99 % gacha tozalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |