Homila jinsini aniqlash
Bugungi kunda homila jinsini aniqlashning eng aniq usullaridan biri ultratovushli tekshiruv hisoblanadi. Ammo, ba’zida UTT ham yanglish ma’lumotlar berishi mumkin. Hech bir usul yo’qki, 100% kafolat bersa.
Maktabda biologiya darslaridan olingan bilimlar orqali ma’lumki, farzand jinsi ikki juft xromosomaga bog’liq. Ona tuxum hujayrasida XX, ota spermatozoidlarida esa bitta X va bitta Y (XY) xromosomalar mavjud.
Agar onaning XX xromosomali tuxum hujayrasi otaning Y xromosomali spermatozoidlari bilan urug’lantirilsa, homila o’g’il bo’ladi, agar X xromosoma bilan urug’lantirilsa, demak, qiz. Bundan ko’rinib turibdiki, bo’lajak farzandning jinsi faqatgina otaga bog’liq. Ya’ni o’g’il yoki qiz bo’lishi ehtimoli ellikka ellik.
Biroq uni oldindan aniqlashning ba’zi usullari mavjud. Birlari bizga qadim zamonlardan yetib kelgan va homilador ayollarni uzoq muddatli kuzatishlar natijasida olingan, boshqalari esa zamonaviy olimlarning kashfiyotlariga asoslangan. Biroq, yuqorida aytilganidek, ularning hech biriga 100% tayanish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |