Chaqaloqning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi bundan 1400 yil oldin aytilgani ayon bo‘ldi
Download 1.02 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- UTT yordamida
Qon yangilanishi nazariyasi
Qon yangilanish nazariyasiga ko’ra, erkaklarda har 4 yilda, ayollarda esa har uch yilda bir marta qon «yangilanadi». O’g’il farzand tug’ilishi ehtimoli oxirgi bo’lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo’ladi. Shu sababli, urug’lantirish sodir bo’lgan vaqtdagi ota-onaning yoshiga qarab, homilaning jinsini taxmin qilish mumkin. Quyidagi onlayn test bunda sizga yaqindan yordam beradi. Agar ma’lum bir vaqtda ko’p qon yo’qotilgan bo’lsa (jarrohlik yoki jarohat, tug’ruq yoki abortdan keyin), yosh o’sha vaqtdan boshlab sanaladi. Masalan 2 yil oldin onada kuchli qon ketish kuzatilgan bo’lsa, unda ayol yoshini 2 qilib ko’rsatishi kerak. Bunday holat kuzatilmagan bo’lsa, hozirgi yoshi yoziladi. Ota-onaning yoshini kiriting Otaning yoshi
Onaning yoshi HISOBLASH
Test natijalari tibbiy xulosa hisoblanmaydi. Homila jinsini aniqroq bilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. UTT yordamida Zamonaviy tibbiyot organizm ichini unga shikast yetkazmagan holda o’rganish imkonini beradi. Bunday usullar ichida yetarlicha keng tarqalganlaridan biri ultratovushli tekshiruv yoxud UTT hisoblanadi. Homila jinsini homiladorlikning 20 haftasiga kelib aniq bilib olish mumkin. Bunda homila kerakli ravishda — o’g’il-qizligi aniqlanadigan tomoni joylashgan bo’lishi talab etiladi. Ko’pincha ona qornida u aylanadi, yopilib oladi va jinsiy a’zolarini o’rganishga to’sqinlik qiladi. Shu sababli xatolik ehtimoli oz bo’lsada mavjud. Erta muddatlarda, masalan homiladorlikning 11-haftasida jinsni 30% hollarda to’g’ri aniqlash mumkin. Rivojlanishning bu bosqichida o’g’il embrionlarda kindik do’ngchasi qizlarnikiga nisbatan biroz yuqoriroq joylashgan bo’ladi. Keyingi muddatlarda farq sezilarliroq bo’la boshlaydi va oldindan bashorat qilish ehtimoli ortadi: 12 haftada — 46%, 13-haftada — 80%. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling