Go‘daklik davri reja


Download 88.71 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi88.71 Kb.
#1623610
  1   2
Bog'liq
GO‘DAKLIK DAVRI


GO‘DAKLIK DAVRI
Reja:
1. Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar.
2. Inqirozli davr sifatida go‘daklik davri.
3. Hayotining birinchi yilida psixik rivojlanish.
4. Go‘daklik davrining psixologik yangiligi. Bir yoshdagi inqiroz.

Bolaning ona qornida paydo bolgandan tugllgunga qadar


boladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini
tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bolajak farzandning rivojlanish
bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida
rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni
zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bolinadi.
Zigota bosqichi (1—2 haftalik)
Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari
bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implan-
tatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki hafta kerak boladi,
shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz
ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu
belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana
olchamlari 1 mm dan kamroq boladi, uning hujayralari bo‘linishni
boshlaydi.
Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu
bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar
to‘plami ko'rinishida boladi. Boshqa hujayralar rivojlanayotgan
organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qimalarni
hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayralarning ajralib
hosil bolishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bolib hisoblanadi.
Zigota 36 hafta davomida murtakdan bola tugllishigacha
bolgan yolni bosib o‘tishga tayyor holga keladi.
Embrion bosqichi (3-8 hafta)
Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda
murtak hosil bolgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib,
sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida
tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda
uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashqi qavatda ektodermadon
sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi.
0 ‘rta qavatda mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari
tizimi hosil boladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat
hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion
bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida
sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion
uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga
bolinishi boshlanib, organizm ko‘proq salamandrani eslatadi.
0 ‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda
ko‘zlar, og‘iz, qo‘1 va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va
nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval
o‘z faoliyatini boshlab yuborgan boladi. Embrionda odamga xos
organlar u yoki bu shaklda mavjud boladi, lekin uning olchamlari
onaga sezilarli darajada bolmaydi.
Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi.
Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini
ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali
bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo'ldosh bilan bog‘lovchi
qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi
orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita
ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon
o‘simtalari — qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon
tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi,
shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya
mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va
organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida
o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari
va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning
ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z vazifasini
bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich
bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi.
Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm
tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi
113,4 grammdan 226,8 grammgacha yetadi. Oxirgi 5 oyda homilaning
og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari
kattalashib borishini ko‘rish mumkin.

Download 88.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling