Termiz davlat pedagogika instituti fakulteti
Download 128.89 Kb.
|
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi:___________________________ Termiz-2023 Mavzu
- Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ____________________________FAKULTETI ___________________________TA’LIM YO’NALISHI __KURS TALABASI _________________________________NING _______________________________FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Tayyorladi:_________________________ Tekshirdi:___________________________ Termiz-2023 Mavzu: Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari Reja: Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlari Tug’ilish davri inqirozi Tirilish kompleksi Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar Bolaning ona qornida paydo bo‘lgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bo‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bo‘linadi. Zigota bosqichi (1-2 haftalik) Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo‘ladi, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi. Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘ladi. Boshka hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayrlarning ajralib hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘lib hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola tug‘ilishigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi. Embrion bosqichi (3-8 hafta) Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakqizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashki qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O‘rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakqiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bo‘linishi boshlanib, organizm ko‘prok salamandrani eslatadi. O‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bo‘ladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud bo‘ladi, lekin uning o‘lchamlari onaga sezilarli daraja bulmaydi. Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha etib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, Shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga etadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi. Download 128.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling