Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fanini boshlash to`g`risida


Download 35.04 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi35.04 Kb.
#1349521
  1   2
Bog'liq
буйрук ЧКБТ 4 та


Toshloq tumani XTB bo’limi tasarrufidagi
16-umumiy o`rta ta’lim maktab bo`yicha
№ __ BUYRUQ

2021 yil «__»___ Uch olish MFY


«Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik
fanini boshlash to`g`risida»

O`zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida” gi qonunga muvofiq 2021-2022 o`quv yillarida 10-11 sinf o`quvchilari bilan Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarligini boshlash va o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yuqori darajasini ta’minlash maqsadida




BUYuRAMAN
1. Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik raxbari Raxmonkulov Faxriddin Yaxshiboyevich chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik o`quv dasturi talablariga muvofiq, mudofaa ishlari xamda XTB ning yangi 2021-2022 o`quv yili uchun ko`rsatmalarini xisobga olgan holda ko`rsatilgan sinf (guruh) o`quvchilari uchun chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlikni o`qitishning o`quv yiliga xaftalar bo`yicha rejasini 2021 - yilning “30” - avgustigacha, gurux va sektsiya komandirlarini tayinlash to`g`risida buyruq loyihasini 2021- yilning “6” - sentyabrigacha tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Vatanparvarlik tarbiyasi va darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o`quv moddiy bazani takomillashtirish bo`yicha takliflarni ta’lim muassasasining yillik rejasiga kiritish uchun ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari G`. Tangirov 2021 - yilning “30”- avgustgacha takdim etsin. O`quvchi yoshlarni otish tayyorgarligi bo`yicha bilim va malakalarini takomillashtirish maqsadida otish to`garagi tashkil etilsin. To`garak mashg`ulotlari xaftaningseshanba va payshanba kunlarida o`tkazilsin.
10-11 sinf o`quvchilarining O`zbekiston Respublikasi Qurollli Kuchlari Nizomlari bo`yicha bilim va ko`nikmalarini mutsahkamlash hamda tartib va intizomni saqlash maqsadida ta’lim muassasasining kirish joylarida soat 8.00 dan 13.00 gacha ichki naryad navbatchilik xizmatini tashkil etsin.
2.Jismoniy tarbiya o`qituvchisi bilan xamkorlikda 10-11 sinf o`quvchilari jismoniy tayyorgarligi darajasini o`quv yili boshida, o`rtasi va oxirida aniqlasinlar.
Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik raxbari mashg`ulotlarning gurux o`quvchilarini ikki sherengada saf tortishi va ularning har bir mashg`ulot uchun hafsizlik choralarini bilishlarini tekshirish bilan boshlasin.
3. Jismoniy tarbiya o`qituvchilari jismoniy tarbiya fani bo`yicha mashg`ulotlarda o`quvchilardan saf tayyorgarligi darslarida o`rganilgan buyruq va safda yurish usullarini to`g`ri bajarishni talab qilsinlar.
O`quvchilarning saf tortishi va kayta saf tortishi to`g`risida buyruqlarni O`R QK Saf nizomiga muvofiq sport snaryadlari yoniga kelish va ketish uchun beriladigan buyruqlarni O`R QK jismoniy tayyorgarlik bo`yicha yo`riqnomalar talabiga muvofiq amalga oshirilsin.
Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik raxbari, jismoniy tarbiya o`qituvchilari mashg`ulotlar va darsdan tashqari tadbirlar davomida o`quvchilardan intizomni, o`zaro munosabatlar va murojaatlarning belgilangan tartibini, shuningdek tashqi ko`rinishini toza-ozoda, saramjon-sarishtali bo`lishlarini talab qilsinlar. Yoshlarlarda Vatan himoyasi bo`yicha konstitutsiyaviy majburiyatni bajarishga har tomonlama tayyorgarlik zarurligini chuqur anglashlariga, O`R QK tarixiy vazifalarini chuqur idrok etishlariga erishsinlar, harbiy xizmat qiyinchiliklarini yengishda ruxiy matonatni shakllantirsinlar, ijrochilik sifatlarini tarbiyalasinlar.
5.Ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi mashg`ulotlarda o`quvchilarni harbiy vatanparlik ruhida tarbiyalashni amalga oshira borib ularda harbiy xizmat va Vatan himoyasi uchun zarur sifatlarni shakllantira borsin.
Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorlik va jismoniy tarbiya darslarida olgan bilim malakalarni mustaxkamlashlarini va takomillashtirishlarini ta’minlansinlar.
6. Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorlikka jalb etilgan o`quvchilar uchun qo`yidagicha kiyim-bosh shakli belgilansin:
Sinf xonasidagi mashg`ulotlar uchun maktab formasi, jismoniy va saf tayyorgarligi bo`yicha mashg`ulotlar uchun sport formasi.
7. Har haftaning shanba kunini Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik raxbarining metodik tayyorgarligi kuni va harbiy vatanparlik mavzusidagi kinofilьmlar namoyishi kuni kilib belgilansin.
8. Axborot resurslari markazi rahbari (kutubxonachi) o`smirlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ta’minlash uchun 2021 yilga “Vatanparvar” gazetasiga obunani tashkil kilib, vatanparvarlik mavzusidagi adabiyotlar jamg`armasini boyitib borsin.
9. Ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari ushbu buyruqni pedagogik jamoa va o`quvchilarga o`quv yili boshlanishiga bag`ishlangan tantanali saf tortish chog`ida o`qib eshittirsin.
10. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazoratni ta’lim muassasasi direktorining zimmasiga yuklatilsin.
16-umumiy o`rta ta’lim maktab direktori: X.Qurbonova


Download 35.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling