Chaqiruvga qadar
Download 5.42 Kb. Pdf ko'rish
|
aks ettirgan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda Osiyoda budda dini aynan hamdardlik ozaro yordamga yetaklaydi, deya hisoblagan va uni oziga shior sifatida qabul qilgan. Lao-Szi insonning yagona qadriyati odamlarga xizmat qilishda, deb hisoblagan, Konfutsiy esa, hamfikrlik va ilmlarga asoslangan chin altruizmni, yani ozini emas, ozgalarni oylashni targib qilgan. Mexti ozaro foyda manbayi sifatida umuminsoniy muhabbat tushunchasini joriy etgan. Qadimda qudratlilar qonuni hamda «maglublar holiga voy» tamoyilidan boshqa hech qanaqa urush qoidalari bolmaganligi ehtimoldan xoli emas. Naql qilishlaricha, bu sozlarni gallar lashkarboshisi Brenn rimliklar ustidan miloddan avvalgi 390-yilda qozonilgan galabadan song, oz shamshirini qadoqtoshlar turgan tarozi pallasiga tashlay turib aytgan. Òarozi esa, rimliklar Brenn lashkari ularning shahrini tashlab chiqib ketishi uchun tolashlari lozim bolgan oltinlarni olchash uchun moljallangan edi. Shunga qaramasdan, Brenn, rimliklarning hayoti va erkini saqlab qolib, osha davrdagi mezonlarga kora, oliyhimmatlik korsatgan. Chunki qadimda urush, xoh u uruglar, qabilalar, shaharlar ortasida, xoh mamlakatlar ortasida bolsin, kopincha ommaviy xususiyatga ega bolgan. Maglub bolgan aholi qirgin qilingan, hech bolmaganda, qulga aylantirilgan 1 . Boshqa tarixiy misollarga murojaat qilaylik. Ahamoniylar imperiyasi hukmdorligining boshlangich davrida (miloddan av- valgi 558330-yillar) Orta Osiyo hududida kop urushlar bol- gan, bunda ming-minglab odamlar qirib tashlangan. Doriy Birinchining mashhur Behistun yozuvlaridagi Bobil matnlarining dalolat berishicha, miloddan avvalgi 522-yilda Margiyonadagi qozgolonni bostirishda faqatgina «qozgolonchilar» tomonidan korilgan talafotlar oldirilgan 55243 kishi va asirga olingan 6572 kishini tashkil etgan. Bu raqamlar Doriyga qarshi uning bepoyon saltanatining boshqa viloyatlarida oyoqqa turgan «isyonchi»lar korgan talafotlardan ancha kattadir. Margiyonada oldirilganlar 1 Æ. Ïèêòå. Ðàçâèòèå è ïðèíöèïû ìåæäóíàðîäíîãî ãóìàíèòàðíîãî ïðàâà. Ì., ÌÊÊÊ, 1994, ñòð. 12. larda hukmdorlik qilgan) qonunlarini ham eslatib otish joiz. Bu qonunlarning aksariyati bevosita urushga taalluqli bolgan. Ular quyidagi sozlar bilan boshlanadi: «Men bu qonunlarni kuchlilar kuchsizlarni boysundirib olmasliklari uchun ornatmoqdaman». Savdo-sotiqning rivojlanishi, shaharlarning yuzaga kelishi, davlatlarning taraqqiyoti barobarida davlatlar ortasidagi aksar hollarda ozgaruvchan va dushmanona bolgan munosabatlarni, umuman olganda, meyorlar orqali tartibga solish mumkinligi anglab yetildi va bunday munosabatlarni yozma ravishda qayd etish ehtiyoji paydo boldi. Hozirgi Iroq va Eron hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida xalqaro huquqning shakllanishi haqida malumotlar topishga erishildi. Urush davrida ozaro yordam korsatish togrisida Mesopotamiya shahar-davlatlari Lagash va Umma ortasida tuzilgan protokol (miloddan avvalgi 310-yillar atrofida) xalqaro huquqqa oid bugungi kunda malum bolgan eng qadimiy hujjat sanaladi. Osha davrdagi tamoyillarning shafqatsizligiga qaramay, toplangan tajriba muhim ahamiyat kasb etdi. Asta-sekin ahdlashuv amaliyoti keng tarqaldi. Miloddan avvalgi 1269-yilda Misr firavni va xettlar shohi ortasida tuzilgan tinchlik va ittifoq togrisidagi protokolda, nafaqat tashqi dushman bilan urushda, balki qozgolon qilgan qullarni bostirishda ham yordam korsatish nazarda tutilgan. Qadimgi Hindistonning siyosiy hikmatlar top- lami, yarim afsonaviy Kautilyaning (miloddan avvalgi IVIII asrlar) qalamiga mansub Artxashastrida tinchlik ahdnomalari ha- qida shunday deyiladi: bu ahdnomalar teng yoki kuchliroq bol- gan hukmdorlar bilan tuziladi, kuchsizlarga esa, hujum qilish kerak. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi manba sifatida protokollarning ahamiyati, masalan, zardoshtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da takidlanadi. Shartnomalar kop turlarga bo- linadi va turli kafolatlar (garovlar) bilan mustahkamlanadi. Bu esa, ularning yetarli darajada yuqori «huquqiy» asosidan dalolat beradi. «Avesto»da ahdnomalarning maxsus yodga olinishi, chamasi, otroq chorvachilik va dehqonchilikni rivojlantirish uchun osha davrdagi turli qabilalar ittifoqlarining tinch-totuv yashashlarini taminlash talabi bilan izohlanadi. Zardoshtiylikda urush xudosi Veretragna (Varxran, Bahrom) bilan bir qatorda sulhlar xudosi 159 158 Numidiya 1 va boshqa joylar aholisining qirgin qilinishi bunga misol bola oladi. Axir XII jadval qonuni «ganimga nisbatan hamma narsa mumkin», deb elon qilmaganmi? Miloddan avvalgi IV asrda diktator Kamill yaradorlarga nisbatan oliyhimmatlik korsatishga chaqirganda esa, Rim senati uni surgunga hukm qilgan! Olijanob sarkarda sifatida nom chiqargan Sezar (miloddan avvalgi 100 44-yillar) behuda urushlardan ozini tiygan bolsa-da, Avarikni zabt etish vaqtida 40 mingga yaqin kishini (erkaklar, ayollar, qariyalar va bolalarni) qirgin qildirgan, hukmronligiga qarshi bosh kotargan Uksellodunum himoyachilarining qollarini choptirgan (miloddan avvalgi 52-yil). Shafqatsizlik avjiga chiqqan paytlarda ham maglublarga nis- batan insonparvarlik namoyish etishni yoqlovchi ovozlar, onda- sonda bolsa-da, uchrab turgan. Ijtimoiy fikrning rivojlanishi, oz odamlari jonini asrash zarurligini, ommaviy qirgin qilishning oqilona emasligi, befoydaligi va hatto iqtisodiy jihatdan zararli ekanligini urush qiluvchi tomonlarning tushunib yetishi, shu- ningdek, qasosdan qorqish tufayli odamlar asta-sekin mag- lublarga nisbatan munosabatlarini ozgartirib bordilar. Albatta, dahshat va talafotlar keltiruvchi urushlar davom etib turdi, biroq barcha narsaning evida bolishi va insoniylikni yoqlovchi ovozlar ham yangray boshladi. Shunday qilib, insonparvarlik tafakkuri taraqqiy eta bordi, lekin ozgarishlar bir vaqtda va faqat Yevropada kechmadi. Qolga kiritgan galabalari tufayli A. Makedonskiy Yuno- nistonga qaram olkalarni kengaytirganda, kopchilik uchun odamlar bir-biridan hech bir jihati bilan keskin farq qilmasligi aniq-ravshan korinib qoldi. Yunonistonlik Polibiy (taxminan, miloddan avvalgi 200120- yillar) urushning maqsadi nohaq kishini jazolash emas, balki huquqni tiklashdir, golib maglubga nisbatan sabr-toqatli bolishi va har qanday shafqatsizlikdan ozini tiyishi lozim, deb yozadi. Qiziqarli bir holat mavjud bolgan: jang maydonlarida galaba sha- rafiga xotira belgilarini tosh yoki bronzadan ornatish taqiqlangan. Faqat yogoch haykallarga ruxsat berilgan, chunki bunday hay- kallar vaqt otishi bilan buzilib ketadi va dushmanlikning abadiy ramzi bolib qololmaydi. soni asirga olinganlarga nisbatan juda kopligi ham hayratlanarli. Buni Doriyning satrapi Dadardish oz qoshinlariga asirga olmaslik haqida buyruq berganligi bilan qisman izohlash mumkin. Agar Vergiliyning (miloddan avvalgi 7019-yillar) «Eneida» qahramonlik eposiga ishonadigan bolsak, Òroya urushi (taxminan miloddan avvalgi 1260-yil) shahar himoyachilarining qirib tash- lanishi va tirik qolgan, biroq qochib qutulmaganlarning qul qili- nishi bilan yakunlangan 1 . Ksenofont (taxminan, miloddan avvalgi 430355-yillar) spartaliklar bilan birga Fors davlatining asoschisi va shohi Kirning yurishida ishtirok etgan va miloddan avvalgi 401-yilda Bobilgacha borgan. Miloddan avvalgi 371-yillar ortasida yozilgan «Kiro- pediya»da shunday deyiladi: «Dushmandan tortib olingan shahardagi hamma narsa odamlar ham, mol-mulk ham golibga tegishli bolishi hamma uchun barobar va abadiy qonundir». Platon (miloddan avvalgi 427347-yillar) ozining «Respublika» nomli asarida shunday savol qoyadi: «Dushman qoliga tiriklayin tushgan odamni bu olja bilan ozlari bilganlaricha ish tutishlari uchun asir oluvchilarga tuhfa tariqasida qoldirish kerak emasmikan?». Aleksandr Makedonskiyning Orta Osiyoga yurishlari haqida qiziqarli malumotlar mavjud. Kursiyga kora, Amudaryodan kechib otgach, Aleksandr Makedonskiy bir paytlar Kserks aj- dodlarini Miletdan kochirib keltirgan branxidlar yashaydigan kichikkina shaharchaga yetib boradi. Branxidlar yunoncha urf- odatlarga rioya qiladilar, biroq ikki tilda sozlab, kundalik turmushda ishlatiladigan yunon tilini buzib talaffuz qilganlar. Ular oz vatandoshlarini xursandchilik bilan kutib oladilar. Ammo Alek- sandr Makedonskiy shaharni tag-tugi bilan buzib, aholisini butunlay qirib tashlashni buyuradi. Kursiy esa shunday xulosa qiladi: «Miletni hech qachon kormagan avlodlar oz ajdodlarining gunohini shu tarzda yuvdilar...». Ozining huquqshunoslari va memorlari bilan dong taratgan Rim ham insoniylik borasida namuna bolmagan. Dalil sifatida Volski 2 davlatining toliq yoq qilib tashlanishi, Regiy, Vakka, 1 Ý. Äàâèä. Ïðèíöèïû ïðàâà âîîðóæåííûõ êîíôëèêòîâ. Ì., ÌÊÊÊ, 2000, ñòð. 37. 2 Markaziy Italiyadagi qadimiy qabila. Miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida rimliklar tomonidan boysundirilgan. 1 Qadimda Shimoliy Afrikadagi viloyat. Miloddan avvalgi 46-yilda Rim muzofotiga aylangan. 161 160 bayonotlar orqali xabar qilish lozim edi. Pyollar, suxraylar va Burkina-Faso xalqlarida xotin-qizlarga, bolalar va dehqonlarga hujum qilish taqiqlangan. Chunki «urushdan song hayot davom etishi kerak, bolmasa dalalarga kim ishlov beradi?...». Keniyada jangchining ayol kishiga qol kotarishi sharmandalik hisoblanadi. Garbiy Afrikaning bazi xalqlarida uchligi zaharlangan oq-yoy va nayzalardan foydalanish taqiqlangan. Ibo elatida qabilalar ortasidagi bazi mojarolarda oqotar qurollarni qollash man etilgan. Bu taqiqni buzganlik uchun qishloq oqsoqoli jazo berishi mumkin. Sharqiy Afrikada yashovchi bantularda shunday naql bor: «Ur, lekin oldirma!». Bunday misollarni davom ettirish mumkin... Albatta, bu ogitlarga har doim ham rioya qilinaver- magan, biroq, nima bolsa ham, ular insonparvarlik taraqqiyo- tidagi malum bosqichni tashkil etgan. Orta asrlarda qaytadan jonlangan va dahshatli oqibatlarga olib kelgan «adolatli urush» goyasi rimliklar va stoik faylasuflar to- monidan yaratilganligini qayd etish kerak. Shubhasiz, sabablarini huquqiy asoslamasdan urush boshlash mumkin emasligi haqidagi falsafiy qoida yaxshi niyatlarni kozlab yaratilgan. Urush harakat- lari boshlanishidan oldin ruhoniylar kengashi otkazilgan va bu kengash rejalashtirilayotgan amal muqaddas va qonuniy bolajagini tasdiqlamogi lozim bolgan. Biroq, inson tabiatini biladigan har bir kishi tushunadiki, adolatli urush bu biz boshlayotgan urush, adolatsizi esa dush- man boshlagani boladi. Òabiiyki, haqiqatga mos keladimi-yoqmi, tomonlarning har biri uning ishi haq ekanligini takidlaydi. Istilochilar hamisha oz bosqinlari va dushmanni qirgin qilishlarini diniy va axloqiy sabablar bilan oqlashga urinadilar. Qarshi tomonlar qanday bolmasin ozining «haq» ekanligini korsatish niyatida axloq, huquq va dindan isbot qidiradilar va kopincha oz kuchlarining batamom qirilib bitishiga qadar jangni toxtat- maydilar. Umuman aytish mumkinki, deyarli barcha diniy tizimlarda bir-biriga zid fikrlar mavjud: bir tomondan, ular insoniylikka togri kelmaydigan urush harakatlarini qoralaydi; ikkinchi to- mondan esa, bazan urush olib borishning gayriinsoniy vositalari oqlanadi. Masalan, taniqli xristian teologi va cherkov arbobi Avgustin (miloddan avvalgi 354430) shunday yozadi: «Agar jang qilayotgan dushman halok bolishi lozim ekan, bu hol zarurat Hindistonda Manu qonunlari golibdan maglubga shafqat qilishni, yarador va taslim bolganlarni tirik qoldirishni hamda boysundirilgan xalqlarning alohida qonunlarini hurmat qilishni talab qiladi. Shuningdek, Manu qonunlari majmuyida uchligi zaharlangan yoki yoqiladigan hamda kertik qilingan oqlardan foydalanish taqiqlanadi. Bu qoidalar urushning qonun va udumlari togrisida 1907-yilda qabul qilingan Gaaga nizomi meyorlarini juda ham eslatadi. Yarador bolgan harbiy asirlarni ular sogay- ganlaridan song vatanlariga jonatish lozim bolgan. Bunday kor- satmalar Dxarma-shastri, Puranalar, Upanishadlar kabi boshqa diniy, huquqiy va siyosiy matnlar, «Ramayana» (miloddan avvalgi 300-yil) yoki «Mahobxorat» (miloddan avvalgi 200-yil) kabi doston va afsonaviy hikoyatlarda ham mavjud. «Olijanob» deb nom olgan Hindiston imperatori Ashoka (miloddan avvalgi 268232- yillarda hukmdorlik qilgan) dushmanlarga xayrixoh munosabatda bolgan. U oz askarlariga yarador dushmanlar va ularni parva- rishlayotgan rohibalarga hurmat bilan munosabatda bolishni buyurgan. Miloddan avvalgi IV asrda yashab otgan Xitoy mutafakkiri Se-Ma behuda vayronagarchiliklarni qoralab, fuqarolarni qutqarish haqida gamxorlik qilishga, ozini himoya qilishga ojiz bolgan odamlarga hujum qilishdan tiyilishga va yaradorlarga yordam korsatishga chaqirgan. Òaxminan osha davrlarda yashab otgan Xitoy harbiy nazariyotchisi Sun-Szi quyidagi fikrlarni bildirgan: «Urush paytida eng yaxshi siyosat davlatga ziyon yetkazmasdan zabt etish; faqat hech narsaga yaramaydigan aholisinigina oldirish kerak... Dushman qurolini qolga kiritish uni yoq qilib tashlashdan yaxshiroqdir» 1 . Kaykovusning «Qobusnoma» asarida shunday yozilgan: «... asir- larga nisbatan shafqatli bolish kerak, chunki asirni oldirish maqtagulik emas va hatto tanbehga loyiq ishdir» 2 . Mustamlakagacha bolgan Afrikada ham bazi urf-odatlar doirasida urush harakatlarini olib borish va dushman qoliga tushib qolgan shaxslar bilan muomala qilish qoidalari qatiy belgilangan bolgan. Masalan, urush harakatlari boshlanishi haqida nogoralar ovozi, burgu chalish, yoylardan otish va sabablar korsatilgan 1 Sun Tzu . L`art de guerre. Paris. 1993, ñòð. 3233. 2 Êàáóñ-íàìå. Ì., 1953, ñòð. 123124. 163 162 qilib qoygan. Urush qonunlarining haqiqiy majmuyi bolgan «Viqoyat» 1200-yilda mavrlar boshqargan Andalusiyada yaratilgan bu himoyani ruhiy kasallar, nogironlar, elchilar va tushunarli sabablarga kora, buloq va favvoralarga ham tatbiq etdi. Buloq va favvoralarni zaharlash taqiqlangan. Òogri, Quronning bazi suralari bu insonparvarlik tamoyillari gayridinlarga nisbatan, agar ular oz bidatlarida turib olsalar, qollanilmasligi haqida xulosa chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Aytgancha, muqaddas urushlar aynan ham islom dini, ham xristianlik uchun boshlangan. Bu urushlar har ikkala tomondan mislsiz shafqatsizlik bilan olib borilgan. Ammo oliyhimmatlik namunalari ham bolgan, xususan, 1187-yilda Quddusning qayta bosib olinishi vaqtida Saloh-ad-Din tomonidan. Uning askarlari aholidan hech birini oldirmadi va ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda bolmadi. Saloh-ad-Din xristianlarni himoya qilish maqsadida maxsus jangchilarni tayinladi. Keyinchalik u boy asirlarni tolov evaziga ozod qildi, kambagal- larini esa, shunday qoyib yubordi. Xalifalar va Sharqiy Rim imperiyasi ortasida tuzilgan proto- kollarda asirlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bolish va ularni tolov evaziga qutqarish mumkinligi kozda tutilgan. Bu iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning gumanitar muammolarga ijobiy tasir korsatganligiga yana bir misoldir. Òabiiyki, insonparvarlik goyalari muttasil taraqqiy etib bor- gan, degan xom xayollarga berilmaslik kerak: gap faqat siniq chiziqlar shaklida, yuksalish va qulash bilan asta-sekin rivojlanish haqida ketishi mumkin. Bunda eng olijanob goyalarni tatbiq etish surbetlarcha berilgan farmoyishlar va jirkanch jaholat bilan orin almashib turgan. Mana shunday muhitda yuqorida tilga olganimiz kabi onda-son- da bolsa ham, dushmanlarga nisbatan insoniy munosabatda bo- lish zarurligini yoqlovchi chaqiriqlar ommaviy jaholat bagrida shunchalik yorqin charaqlaganki, ularning qop-qora osmondagi yulduzlarga oxshatilishi bejiz emas. Insonparvarlik goyalarini rivoj- lantirishga Uygonish davrining ham Sharqdagi, ham Garbdagi taniqli arboblari ozlarining ulkan hissalarini qoshdilar. Shvey- sariyaning turli kantonlari ortasida tuzilgan Zempax sulhi (1393) xotin-qizlar va yaradorlarga nisbatan talonchilik va tajovuzlarni taqiqlab qoydi. Dyugeklen va Janna dArk (14121431) oz tufayli sodir bolsin, biroq, sening ixtiyoring bilan emas... maglub bolgan yoki asir olingan kishi rahm qilinish huquqiga ega». Shu vaqtning ozida, xristianlik tarixida, shubhasiz, atoqli bolgan bu shaxs «adolatli urush» doktrinasini ishlab chiqishga oz hissasini qoshgan. Musulmon dunyosi ham «adolatli urush» tushunchasi bilan yaxshi tanish. Navroz boshlangan paytda majburiy yarashuv ornatilishi, yilning muqaddas oylarida janglarning taqiqlanishi, paygambarning tolov evaziga asirlarni ozod qilish mumkinligi haqidagi diniy talimotlari va musulmon huquqining asirlar musulmonlikni qabul qilishlarini ragbatlantirish haqidagi qoi- dalari oziga xos insonparvarlik korsatmalaridir. Xristian dunyosida Eln (1027) va Montriond soborlari (1041) tomonidan ornatilgan «Xudo yolida yarashuv» qoidasi xristian bayramlari va malum vaqtlarda haftaning bazi kunlarida urush harakatlarini ta- qiqlagan. Ham musulmon, ham xristian jamiyatida jang qahri ritsarlik qoidalari bilan cheklangan. Masalan, Sharqda hatto urush vaqtida boshpana berish va mehmondostlik huquqi mavjud bolgan. Yevropada avval harbiy va dunyoviy tartib bolib, keyinchalik cherkov oziga qaram qilib olgan ritsarlik jasorat, sadoqat va kuchsizlarni himoya qilish amallaridan tashkil topgan axloq qoidalarini targib qilgan. Biroq, shuni hisobga olish kerakki, bu yurish-turish qoidalari faqat aslzoda kishilarga taalluqli bolgan. Vaqt otishi bilan cherkov bazi qurol turlarini taqiqlay bosh- ladi. Xususan, Lateran sobori (1139) «olim keltiruvchi va xudoga yoqmaydigan» qurol sifatida arbaletlardan foydalanishni taqiqlab qoydi. Biroq, bu taqiqda arbaletlarni gayridinlarga qarshi qol- lash mumkinligi haqida izoh berilgandi. Zaharlar haqida ham xuddi shunday deyilgan edi. Ortada uzilishlar bilan qariyb ikki asr 1096-yildan 1270-yilgacha davom etgan salib yurishlari xristianlik va ritsarlik birga qoshilgan davrni ifoda etadi. Papa Urban II tomonidan «Iisusning qabri»ni qutqarish shiori bilan musul- mon dunyosiga qarshi elon qilingan «Muqaddas urush» qa- roqchilik hujumlari, bosqinchilik, zoravonlik va moddiy boy- liklarni yakson qilishga aylanib ketdi. Islom xristianlik kabi jinoyat, shikast yetkazish va qiynoqlarni qoralab, urush tasiridan qariyalar, xotin-qizlar, bolalar, musul- mon masjidlari va ularning mulkini himoya qilishni oz maqsadi 165 164 karboshisi Abu Ubaydga bergan topshiriqlari aks etgan joylarni eslash joiz. Unda lashkarboshining majburiyatlari sifatida quyi- dagilar tilga olingan: Quddus shahri aholisini haydab ketishga ruxsat berilmagan; «zimmiylarga» 1 nisbatan dushmanlik hatti-harakatlari ta- qiqlangan; ularning mol-mulkini olish, zarar yetkazish man qilingan, alohida ruxsat berilgan holatlar bundan mustasno; zimmiylar bilan tuzilgan protokollarni chin dildan bajarish talab qilingan. Orta asrning buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Foro- biyning quyidagi fikrlarga etibor bering: «Agar hukmdor bazi bir odamlar bilan faqat ular yengilishi va unga boysunishi uchun urush olib borsa, ... u holda bu adolatsiz urushdir, ...agar u oz qahrini qondirish yoki galaba nashidasidan lazzatlanish uchungina urush olib borsa yoki oldirsa, u holda bu ham adolatsizlikdir, ...agar uning qahrini keltirgan odamlarning aybi urush yoki olim jazosiga loyiq darajada bolmasa, bu holda ham urush yoki qotillik beshak adoltsizlikdir. Kopincha qahr-gazab otiga mingan odamlar, oz qahrini qotillik orqali qondirishga intilib, ozlarini gazab- lantirganlarni emas, aynan begunoh odamlarni oldirishadi» 2 . Amir Òemur davlatida ham urush paytida amal qilish lozim bolgan muayyan qoidalar ornatilgan edi. Òarixiy manbalar uning urush boshlash qoidalariga qanday munosabatda bolganligini bilishimizga imkon beradi. Ularga kora, har qanday urushni boshlashdan ilgari ultimatum elon qilingan. Masalan, 1394-yili Òoxtamishxonga qarshi Òerek daryosi boyidagi urush harakat- laridan ilgari Amir Òemur qonli urushning oldini olish maqsadida unga quyidagi mazmunda xat yuboradi: «Sen tinchlikni xoh- laysanmi yoki yoq? Ulardan birini tanla. Men esa, har ikkisiga ham tayyorman». qoshinlaridan xotin-qizlar, godaklar va dehqonlarga hurmatni talab qilishgan. XVI asrdagi fransuz sarkardalari ham xuddi shu ruhda ish tutishgan. Ular bazan makkorlik qilishni (masalan, dushmanning harbiy kiyimidan foydalanishni) taqiqlaganlar va hatto cherkov mulkini tahqirlash, qomondonning ruxsatisiz harbiy bolmagan kishilarni talaganlik va ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda bolganlik uchun olim jazosini qollovchi qoidalarni joriy etganlar. 1553-yilda polshalik huquqshunos J. Pshiluski urush qiluvchi tomonlar sanat asarlarini hurmat qilishlari lozimligi goyasini ilgari surdi. Karl V (15001558) ham tez-tez maslahatini olib turgan ispaniyalik diniy huquq boyicha mutaxassis F. de Vittoria ozining «Relectiones Theologicae» (1557) asarida begunohlar, asirlar va qurolini tashlaganlarni oldirishni qoralaydi. Rohiblar jamiyatlari (ordenlari), xususan, Quddusdagi (Iyerusalim) avliyo Ioann kasalxonasi ordeni 1 va 1586-yilda Rimda tuzilgan avliyo Kamill ordeni hech qanday ayirmachiliksiz barcha yarador va bemorlarni toplash va ularga yordam korsatish bilan shugullana boshlaganlar. Orta Osiyo xalqlarining odat va udumlarida ham koplab insonparvarlikka oid jihatlarni uchratish mumkin. Ularning deyarli barchasida urush paytida qariyalar, bolalar va ayollarni, ruhiy kasal kishilarni oldirish, kishilarning uy-joylarini vayron qilish, daraxt- larni kesish, gallaga ot qoyish taqiqlangan. Ular qatorida kishi- larga jismoniy shikast yetkazish, asirlarni oldirish man qilingan. Asirlarni oldirish taqiqlanganligi osha davr uchun ijobiy qadam hisoblanadi, chunki bu tovon tolash evaziga bolsa-da, ularning hayoti saqlab qolinishini anglatar edi. Orta Osiyo xalqlarida «odamgarchilik» sozi bor. Bu oz mazmuniga kora, juda chuqur manoni anglatadigan sozdir. U kishilar orasidagi Download 5.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling