Charog‘i hidoyat


Download 47.32 Kb.
bet2/2
Sana04.05.2023
Hajmi47.32 Kb.
#1426298
1   2
Bog'liq
Жўраев Илёс. Konferensiyaga maqola

1-jadval
Turkiy so‘zlar1



ChH

Bet

DLT



FZT

O‘TIL

Tom, bet, havola

1

Алиқопӣ//
Алоқопӣ

154

170, 154

-

қопи
қопу

2

боҷӣ

30

177, 382

-

божа

3

ба боди чумоқ гирифтан

33

-

чумоқ;т.

чўқмор
тўқмоқ

4

дамоға//думоға

105

Tumaq

-

тумоқ 2

5

Наҷақ//наҷоқ

205

40

наҷак//начак

-

6

оғо

15

49, 143,

оғо;т.

оға

7

санги яда

132

377

-

-

8

тархонӣ

60

174; арғуча

тархонӣ;т.

т/дархон

9

учоқ

18

39, 194

учоқ;т.

ўчоқ

10

ухкасама

28

29, 33, 133

-

ўқ; увуқ

11

фоқ

158

-

-

-

12

чоқ

76

136

чоқ;т.

чоқ

13

чумоқ

79

141

чумоқ;т.

чўқмор

14

шарбашаран

140

-

-

-

15

ҷаноғ

73

-

ҷанноб; ҳ.

-

16

юунқор

220

-

-

-

17

яда

119

320, 324

-

-

18

қайқоҷ

165

-

қайқоҷ;т.

-

19

қалчоқ//
қилчоқ

164


-

-

қўлқоқ

20

қаросӯран

163

-

-

-

21

қирмаз

162

-

қирмиз

қирмизи; ф

22

қирқовал

162

-

-

қирғовул

23

қизилола//
қизилала

163

-

-

қизил+ола

24

қорсӣ

162

-

-

-

25

қоб

161

427, 396

қоб; т.

қоп

26

қу дар фалон ҷо намепарад

165

-

қу




27

қулоқ

122

-

-




28

қуруқ шудан

165

-

-

қуруқ

So‘z etimologik tahlil qilinayotganda tilning fonetik xususiyatlarga amal qilish muhim. Bitta so‘zning qaysi tilga oidligi yoki kelib chiqishini aniqlash uchun juda ko‘p izlanishga to‘g‘ri keladi, shunda ham so‘z atrofidagi “ammo va agar”lar o‘z joyida qoladi. Demoqchi bo‘lganimiz, etimologiya sohasi juda murakkab mavzu hisoblanadi. Misol uchun, fonetik ma’lumotga jiddiy e’tibor qaratgan muallifning «foq» so‘zi izohida ziddiyat kuzatiladi. Ma’lumki, turkiy tillardagi f undoshi arab va fors tili ta’siri natijasida paydo bo‘lgan, bundan tashqari, bu so‘z o‘zbek va tojik tili izohli lug‘atlarida uchramaydi, ammo ChHda: Foq – zohiran turkiy so‘zdir, sufor (paykonning kamon ipiga taqab otadigan joyi) manosida. Vahid yamoqchi (tikuvchi) ta’rifida aytadi, bayt:


Зи мижгони он шӯх чун фоқи тир, Набошад лаби захми ман бахягир –
Tarjimasi: U sho‘xning kiprigidan o‘qning foqi kabi meni yaralangan labim yamoq olmaydi [4; 158].
Turkiy qatlamga mansub so‘zlarning aksariyati harbiy atama bo‘lib, badiiy adabiyot va xalq so‘zlashuv tilida so‘z birikmasi (Sangi yada, quruq shudan, utu kashidan) va ibora ёл бастан (kibr, g‘ururlanmoq) tarkibida faol qo‘llangan:
Najoq – qurol oti, Mullo Tug‘roning “Munshoot”idan ayon bo‘ladi va zohiran najaq bu so‘zning qisqarganidir [4; 40]”. Najaq so‘zi “Farhangi o‘zbeki – dariy”da: “Na/ojan” oybolta, tabrizliklar najoq deydi. Najaq, najak, nochax – Muin sanskritcha “noshak”, “noshoko” – buzuvchi, yo‘qotuvchi, o‘ldiruvchi deb biladi [12; 551]. “Farhangi Amid”da sanskritcha, FZTda etimologik ishora berilmagan. Hozirgi o‘zbek tilida bu so‘z o‘rniga “oybolta” so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rib o‘tganimiz kabi ko‘pgina so‘zlarga etimologik havola berilishida harxillik mavjud.
Tarkibida turkiy birliklar qo‘llangan ko‘pgina iboralarning sinonimi mavjud.
Ба қарoвул ҳарф задан– o‘z og‘ziga qorovul bo‘lmoq [4; 43].
Ба боди чумоқ гирифтан– so‘z yomg‘iri ostida qoldirmoq. Va chumoq so‘zi qof bilan bo‘lsa, aslida turkcha bo‘ladi, negaki fors tilida qof yo‘q. Va agar keyingi iroqliklar shevasi ta’sirida (tovush) o‘zgargan bo‘lshi amri mahol, zeroki qof qofiyasida uchraydi. Va boshi egri maxsus va ma’ruf yog‘ochdir [4; 33] kabi izohdan bilinadiki, so‘zning chumoq/chumog‘, cho‘qmor va to‘qmoq [10; 63], shakli ham mavjud, bu so‘z DLTda hassa deb izolangan.
Lug‘atdagi ayrim turkiy qatlamga oid so‘zliklarning ma’nosini boshqa so‘zlikning lug‘at maqolasi oydinlashtiradi, bu ushbu so‘zning ko‘p qo‘llanishi va izohtalab ekanligini ko‘rsatadi. Bu holatni qalchoq/qilchoq -soqayn//soidayn, uxkasma//uxkasama – qulloj, chumoq – ba bodi chumoq giriftan, qarovul – ba qarovul harf zadan, yada – sangi yada, og‘o – mirzo, jig‘a – jag‘ovi, chig‘ – chilem – qalyon, yol – yolu kupol kabi lug‘aviy birliklarda ko‘ramiz.
ChHda keltirilgan ayrim leksik birliklarining turkiy qatlamga mansub ekanligi deyarli sezilmaydi, u so‘zlarning fonetik o‘zgargani va boshqa so‘zlar qurshovida kelishi bu holatni yana ham qiyinlashtiradi.
Ухкасама//ухкасма ba’zilar non oti deganlar, lekin Vahidning qoshfurush (qovun tilimini sotuvchi) ta’rifida aytgan baytga to‘g‘ri kelmaydi, bayt:
Дили дард фарсудаи ин бекарор, Зи ухкасамаи қоши2 ӯ шуд фигор.
Tarjimasi:bu beqarorning dard yemirgan yuragi ul oyning qoshi o‘q (paykon) idan yaralandi. Balki Boqir Koshiyning bu baytida egri va muharraf – aylantirilgan, buzg‘unchi ma’noda ekanligi seziladi, ...
Va zohiran turkiydir va turkchada paykon «ux» deyiladi. Bu holda uxkasma –qayqojndozlikdir. Va avvalgi baytda shu ma’noga yaqinkim, qovun tilimi yoyga o‘xshaydi va ikkinchi she’rda zohir bo‘lgan, vallohu a’lam. [4; 28]
Keltirilgan so‘zlikning izohi «qayqoj» so‘z ma’nosini oydinlashtirishga xizmat qiladi [4; 165].
So‘zlar o‘zlashish jarayonida nafaqat shaklan, balki mazmunan ham o‘zgarishi mumkin, buga mehmon (mehi mon – uyning ulug‘i); arabcha tamiz [4; 64], turkiy boji – “ҳамшира ва хоҳар” (emikdosh; singil), yol (ot ma’nosida) va og‘okabi so‘zlarni misol keltirish mumkin: Og‘o so‘zi ikki ma’noda: fohisha ayollar dalloli va turkiy bu so‘z ayollar ismi va amaliga ularni ulug‘lash uchun keltirgan. Dallola ma’nosi haqorat yo tahqirlashdan kelib chiqqani taxmin qilinadi [4; 15].
Yada – turklardagi bir tosh bo‘lib, unga afsun o‘qiydilar va darhol yomg‘ir yog‘adi. Roziy Donishdan, bayt:
Боиси борони сиришкам шудааст, Дили сангини ту санги ядаро мемонад –
Tarjimasi: Ko‘zim yomg‘irga sabab bo‘lgan seni tosh qalbing yada toshiga o‘xshaydi.
Va shu hodisaga ishora qilingan. Ustoz Firdavsiy (Olloh uni rahmat etsin) Afrosiyob ta’rifida (yada haqida) aytadi. Bayt:
Ҳама корҳои шгарф оварад, Чу ҷанг оварад, боду барф оварад –
Tarjimasi: Hama ajib ishlarni keltirur, urush keltirur, qor-bo‘ron keltirur.
Va arabchada uni hajarulmatar (yomg‘ir toshi) deydilar [4; 219].
Bu so‘zlik «sangi yada» birikmasida ham izohlangan. DLTda yada so‘zi yat- یت, yät- یات shaklida uchraydi [10; 324, 377]. Bu so‘z “yomg‘ir chaqirish marosimi, yomg‘ir va shamol keltirish uchun qilinadigan afsun kabi ma’nolarni bildirishi hamda mashhur ekanligi” qayd etilgan: yatlatti – fol ochirdi [10; 329]. Yada so‘zi negizida yatilatti – yada toshi yordamida yomg‘ir chaqirtirdi [10; 320], yadači (kohin) va yatla (fol ochir) fe’llari hosil qilingan. Bu so‘z O‘TILda berilmaga, ammo Navoiy asarlarida «yada toshi» shaklida uchraydi:
Yada toshiga qon yetgach yog‘in yoqqondek, ey soqiy,
Yog‘ar yomg‘urdek ashkim chun bo‘lur la’ling sharobolud.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ChHda keltirilgan turkiy so‘zlarning bir qismi hozirgi o‘zbek va tojik tilida uchramasa ham shevalar, fors tili va turkiy tillarda ChHda kelgan ma’nolari va shaklini saqlangan holda uchraydi: “Mo‘za o‘zbek tilida “etik”, turk tilida “chekma”, Eronning hozirgi fors tilida “chakma”; girebon so‘zi o‘rnida turkiy “yaxa” (yaqa), taboq so‘zi o‘rnida “qob”, “qorsi” so‘zi ishlatiladi [6; 12, 56, 66]. Bu hodisani qob, utu, qalchoq (qo‘lchoq), qu, yada, chumoq, qorsi, tamg‘o, qadag‘an, jig‘a kabi so‘zlarda ham kuzatish mumkin.
Lug‘atda aksar so‘zlarga etimologik izoh berilmagan. Jumladan, айоғхона-293, айғири тез-25, ахтахона-18, бавлӣ додан-45, Басма-42, ба қаровул ҳарф задан-43, бойлӣ-33, purbudog‘iy-55, ёл-219, ёл бастан-219, ёлу купол-220, лачак-188, моҳии қизилола-190, олиш-25, омоҷхона-16, тахтаи қима-60, тамғо задан-64, тамғо кардан-64, Уланг-24, урдакпарронӣ-18, уту/утту-17, уту кашидан-18, чакма-79, чилем-79, чиғ-81, ҳозиряроқ-83, қаровул, 164-қадағанчӣ-162, қаровулхона-162, қурутӣ шудан-163, қима-қима кардан--165, қав-165, қайма-165, қуллоҷ-165, ҷиға-75, Ҷағовӣ-72, ҷа|и|у|лду-73 kabi so‘zliklarda berilgan birliklar ham aslida turkiy so‘zlardir.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, muallif turkiy so‘zlarni izohlashdan tashqari so‘zliklar izohida turkiy muqobil so‘zlarni qo‘llagan: tirovar – qurumsoq; zanjalab (dayus) – qurumsoq; ko‘rai faxxorxona – doshi xishtpazi; lutiy, lavand, harif, sho‘x, bebok – shiltoqi; машвара ба кулоҳ кардан – kingosh; otashbarg – chaqmoq; oshi parhez – ugro (ugra); sari shir – qaymoq; sari kamand – tanobi quruq; soqayn-soidayn – quloq; dorug‘ai istal – axtabegi kabi. Asar matni va so‘zliklar izohida ham turkiy muqobil so‘zlar ko‘p qo‘llangan bo‘lib, bu so‘zlarning ayrim fonetik va mazmuniy o‘zgarishlar bilan turkiy tillar tarkibida uchraydi. Mazkur lug‘at yaratilgan davrda xalq va ijodkorlarning turkiy so‘zlarni faol qo‘llanganligini hukumdor qatlamning turkiyzabonligi hamda xalqlarning do‘stona munosabatlari natijasi ekanligi bilan izohlash mumkin.
Shunday qilib, ChH lug‘atidagi turkiy so‘zlarni o‘rganishimiz natijasida quyidagi xulosaga keldik:

  1. ChH o‘zbek tilidagi ayrim so‘z etimologiyasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘TILda berilmagan sharbosharan/sharan -tez, tez sur’atda, shoshilinch; chaqqon, epchil [11; 398], hozirda shar (hurkak) ma’nosi saqlangan; tarxon – imtiyozli shaxs, harbiylar imtiyozi [11; 208], O‘TILda mo‘g‘ilcha tarxon/darxon – temirchi; DLTda: arg‘ucha. Islomiyatdan oldin “bek” ma’nosida qo‘llangan [11; 174]); jaldu/judu (jald-chaqqon, ilg‘or so‘zidan) – imtiyoz, ligota [11; 267] so‘ziga ma’nodosh tarzda qo‘llanishi mumkin.

  2. Turkiy qatlamga mansub so‘zlarning aksariyati harbiy atama hisoblanadi: axtaxona, uxkasma/uxkasama, tarxoniy, najoq/najaq, choq, qaroso‘zan (bizningcha qaroq [11; 445]+ suron [11; 369] – o‘g‘rilarning dodini beruvchi), qalchoq/qilchoq, quloq, sharbosharan, chumoq, qarovul, qabulxona, jildu/jaldu/juldu (sovg‘a, in’om [3; 73], imtiyoz, o‘lja [11; 267] ma’nosida FZTda: mug‘ulcha, O‘TIL berilmagan).

  3. ChHda 28 ta so‘zga bo‘lib, quyidagicha lafzi turkist, zohiran turkist shaklida etimologik havola berilgan:

  4. Etimologik ma’lumot berilishiga quyidagi qoidalarda tayanilgan:

– asosan fonetik tamoyil bilan dalillashga harakat qilingan: so‘z tarkibida q tovushining mavjudligi, q undoshining g‘>x tovushiga o‘zgarishi, ch undoshining j tovushiga o‘zgarganligi, aunlisiningo unlisiga o‘zgargani (najaq/najoq, basma/bosma, bavli/bovli – bu hodisa asarda muxaffaf (yengillatmoq, qisqartmoq) atamasi bilan berilgan);

  • ayrim o‘rinlarda so‘zlarning qo‘llanishi: turklarda (og‘o, tarxoniy); turklarda tarqalgan (sangi yada, yada);

  • manbalarda turkiy deb qayd etilganligi (janog‘ – “Jahongiriy” va boshqa lug‘atlarda nuqtali g‘ayn (ғайни муъҷама) – غ bilan yozilgan; qalchoq//qilchoq – Vahidning “Sharhi Masnaviy” asari; sharbosharan (hirovul qo‘shin qo‘mondoni) –“Burhoni qote’” (bu leksik birlikni mazkur lug‘atda so‘zlik sifatia uchratmadik); najoq (oybolta) –“Mullo Tug‘roning “Munshoot”idan ayon bo‘ladi”; qorsi (karson) – “Qomus”).

  1. ChHda 37 ta o‘zbek (turkiy) lug‘aviy birlikka etimologik ma’lumot berilmagan, bu birliklarning ayrimlari birikma va ibora tarkibida bo‘lib izoh bir so‘zga qaratilgan: ba bodi chumoq giriftan, yolu kupol (otning bo‘yni [216]).

  2. So‘z o‘zlashish jarayonida ikkilamchi (orttirilgan) ma’noda qo‘llangani: yol (ot va ma’nosida), og‘o yoki hozirda mano torayishiga uchragan, bunga boji (boja) so‘zlarini misol keltirish mumkin.

Ta’kidlash lozimki, urkiy bo‘lmagan xalqlar leksikografik manbalari tarkibidagi o‘zbekcha so‘zlarni o‘rganish milliy leksikografiyamizni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitadi.


Adabiyotlar

  1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik). – T.: “Universitet”, 2006. 476;

  1. Баҳриддин Дарвеш «Чароғи ҳидоят»-и Орзу ва забони тоҷикии форсӣ. – Душанбе. 1992. – с. 104

  2. Зоҳидов А. Калимаҳои ӯзбекӣ дар шеваи Самарқанду Бухоро/Масъалаҳои филология (материали анҷумани илмӣ). Самарқанд. 2003. – с. 147.

  3. Сироҷуддин Алихони Орзу. Чароғи ҳидоят /А.О.Сироҷуддин. Душанбе. Ирфон, 1992. – с. 288.

  4. Раҳматуллаев Ш. Ӯзбек тилининг этимологик луғати. –T.:“Университет”, 2000. – 600 б.

  5. Зеҳнӣ Т. Аз таърихи лексикаи забони тоҷикӣ. – Душанбе: Дониш, 1987. – c. 236

  6. Фарҳанги забони тоҷикӣ (аз асри Х то ибтидори асри ХХ): М: Сов. энциклопедия, 1969. Ҷ. 1-Ҷ. 2. 1904 с.

  7. Ўзбек тилининг изоҳли луғати: I-V жилдлар. –T.: «O‘zbekiston milliy ensklopediyasi» Давлат илмий нашриёти, 2020.

  8. Ҳошимов С. Калимаҳои иқтибосии “Гулистон”-и Саъдӣ. Душанбе. 1972. – с 90.

  9. Қошғарий М. Девону луғати-т-турк. Т: Ғафур Ғулом, 2017. – 488 б.

  10. رحیم ابراهم. فرهنگِ‌‌‌‌‌ ‌‌‌‌‌‌اۉزبکی – دری. – مزار شریف. انتشارات ثقافت.2020۶۰۸

  11. https://iscience.in.ua/arkhyv/26-27-yiunia-2016/filologi-1/2867-lykoil-1

Tel: 997345711

1 So‘zliklarning etimologik ma’lumotlarini oydinlashtirish uchun ChH va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (O‘TIL) va “Farhangi zaboni tojiki” (FZT) da so‘zlik va etimologik havolasi hamda “Devonu lug‘oti-t-turk” (DLT) da shu so‘z izohlangan sahifani keltirganmiz).

2 qosh so‘zi qosh, hilol va kamon kabi majoziy ma’nolarda qo‘llangan. Karj-karch so‘zini chuqur tahlil qilgan T.Zehniy qosh, karj, burin so‘zlarining ma’nodoshligi va bu so‘zlar o‘rniga qosh so‘zi qo‘llangan bir necha mumtoz matnlarni keltiradi[6, B.56], aslida bu so‘z turkiy qosh– abru so‘zining qoch shakilda o‘zgarishidan hosil bo‘lgan[9, B.420])

3 Manba sahifasi shu tarzda ko’rsatildi.

Download 47.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling