Charog‘i hidoyat


Download 47.32 Kb.
bet1/2
Sana04.05.2023
Hajmi47.32 Kb.
#1426298
  1   2
Bog'liq
Жўраев Илёс. Konferensiyaga maqola


FORS-TOJIK TILIDAGI “CHAROG‘I HIDOYAT” LUG‘ATIDA TURKIY QATLAM
Jo‘rayev Ilyos, SamDU tayanch doktoranti, jorayevilyos1@gmail.com

Ma’lumki, tillarning lug‘at tarkibi o‘z va o‘zlashma qatlamdan iborat. Har bir til asosan o‘z lug‘at boyligi va grammatik qurilishi asosida o‘z taraqqiyot qonunlari bo‘yicha o‘sib, takomillashib boradi. Bundan tashqari, xalqlar orasidagi iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalar natijasida bir til qurilishiga xos birliklar (asosan lug‘aviy birliklar, qisman ginafonetik va Grammatik birliklar) ikkinchi tilga o‘tadi, shu tilga singib, uning boyligiga aylanadi [1; 105]


Jumladan, fors-tojik xalqi bilan qardoshlik va madaniy aloqalar natijasida tilimizga ko‘plab fors-tojikcha so‘zlar o‘zlashgan. Shu bilan bir qatorda, tojik tili lug‘at tarkibida ham turkiy qatlamga oid so‘zlar bor. Bu so‘zlar guruhi (o‘zlashma so‘zlar) turli davrlarda muqobil (ekvivalent) so‘zlarning yo‘qligi yoki atama sifatida tojik tilining lug‘at tarkibida o‘zlashganlar.
Agar tojik tili tarkibida hindcha so‘zlarning o‘zlashishiga sabab savdo sotiq bo‘lsa, turkiy so‘zlarning o‘zlashish boisi hududiy yaqinlik va yaqin munosabatlardir, ayniqsa, bu jarayon XII asrdan keyingi davrlarda avj oldi, – deydi S. Hoshimov [10; 90].
Ma’umki, tojik va o‘zbek xalqi qardoshlik va qo‘shnichiligining qadim tarixi mavjud. Jumladan, urf-u odat, to‘y, rasm-rusum va milliy an’analari deyarli bir xil. Shuningdek, bu ta’sirlar ko‘proq til birliklari, leksikologiyada va qisman sintaksisda ham ko‘zga tashlanadi [3; 147]. Qardosh turkiy tildan o‘zlashgan so‘zlar fors-tojik tilining leksikografik manbalarida ham aks ettirilgan. Jumladan, “G‘iyos ul-lug‘at”da 570 ta turkiy qatlamga oid lug‘aviy birlik berilgan [10; 56].
Biz tadqiqot obyekti qilib olgan “Charog‘i hidoyat” (keying o‘rinlarda ChH) (“Hidoyat chirog‘i”) asari muallifi Sirojiddin Alixon Orzu 1660-yilda Hindistonning Akbarobod shahrida tug‘ilib, 1756-yilda Lakhnavda vafot etgan. Uning mazkur lug‘ati 1734-yilda yozilgan. Fors-tojik lug‘atchiligida muhim manba bo‘lgan bu lug‘atda salaf va zamondosh shoirlar ijodi va xalq orasida uchraydigan forsiy so‘zlar bilan birga arab, hind, urdu, turkiy, lotin va yahudiy bo‘lgan 2075 ta so‘z, so‘z birikmasi va ibora izohlangan. Darvesh Bahriddinov o‘zining “Чароғи ҳидоят”-и Орзу ва забони тоҷикии форсӣ” (“Orzuning “Charog‘i hidoyat”i va fors-tojik tili”) nomli monografiyasida ushbu lug‘at tarkibida 18 ta turkiy so‘z borligini qayd etgan hamda “Og‘o”, “Ujoq” (O‘choq), “Qirqotur” (Qirqoval), “Qulchoq”, “Janog‘” kabi ayrim leksik birliklarning mazkur lug‘atdagi izohi va etimologiyasini keltiradi. Shu bilan birga, bu lug‘aviy birliklarning etimologiyasi jiddiy tadqiq talab etishni ta’kidlaydi [2; 20].
ChHdagi turkiy so‘zlar tadqiqiga bag‘ishlangan izlanishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, lug‘atda turkiy qatlamga doir so‘zliklar yuqorida ko‘rsatilganidan ancha ko‘p. So‘zimiz isboti uchun dastlab muallif – Alixon Orzu “turkiy so‘zdir; zohiran turkiydir” tarzida etimologik ma’lumot keltirgan so‘zliklarni quyidagi jadvalda ko‘rib chiqamiz:

Download 47.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling