1. Qadimgi turkiy til leksikasi haqida ma’lumot. O‘z qatlam. O‘zlashgan qatlam. Asosiy tushunchalar
Download 90.5 Kb.
|
2-Ma\'ruza
2-MA’RUZA. QADIMGI TURKIY TIL LEKSIKASI Reja: 1.Qadimgi turkiy til leksikasi haqida ma’lumot. 2.O‘z qatlam. 3.O‘zlashgan qatlam. Asosiy tushunchalar: leksika, leksema, toponimlar, etnonim, onomastika, zoonim, harbiy terminlar, o‘z qatlam, o‘zlashgan qatlam, turkiy so‘zlar, sankritcha so‘zlar, xitoycha so‘zlar, sug‘dcha so‘zlar. Leksikologiyada tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar, ya’ni o‘sha tilning lug‘at boyligi haqida so‘zyuritiladi.Til lug‘at tarkibini tarixiy-etimologik jihat, ya'ni so‘zlarni genetik manbalariga ko‘ra tadqiq etish o‘zbek tilining qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar bilan aloqasini, mazkur tilda qaysi tillarning ta'siri mavjudligini aniqlashga ko‘maklashadi. Pirovard - natijada, bunday izlanishlar o‘zbek tili so‘z boyligi, grammatik qurilishining tarixiy yo‘llarini anglashda nihoyatda muhimdir. Binobarin, tilning leksik tarkibini genealogik manbalariga muvofiq guruhlash, ilmiy jihatdan tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Tildagi leksik (o‘z va o‘zlashma) qatlamlarni lingvistik tadqiq etish leksik-semantik taraqqiyot qonuniyatlarini belgilashda oʻta muhimdir. Zotan, leksika tarix, madaniyat, fan va xalqning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ilmiy tahlilda ularni hisobga olmasdan turib, so‘z ma'nolarining o‘zgarish manbalari va sabablarini aniqlash mushkul. Koʻhna yodgorliklarda qo‘llanilgan leksik birliklarning ko‘pchiligi monosemantik so‘zlar hisoblananadi: qan – xon, yoğčï– azachi, söŋük–suyak, tanuq – guvoh, tamğa– tamğa, alpağu – qahramon. Ayni paytda, polisemantik birliklarning ham o‘z o‘rniga ega ekanligini guvohi bo‘ldik So‘zning ko‘p ma'no anglatishi tilda mustaqil tizim bo‘lib, u umumiy tilshunoslikda polisemiyatermini bilan nomlanadi. So‘z dastlab bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llanilib, davrlar o‘tishi, turli lingvistik ta'sirlar vositasida bir necha ma'noni bildiradi. Polisemiya bir turkum doirasida leksik ma'nolardan tarkib topishi, ularning o‘zaro bog‘liq bo‘lishi, ma'nolarning ayni so‘zning o‘ziga oidligi bilan boshqa hodisalardan ajralib turadi. Arïğ so‘zi qadimgi turkiy tilda, ya’ni “Oltun yorugʻ”, Toʻnyuquq, Turfon matnlarida «toza», «olijanob», «haqiqiy» ma'nolarini ifodalagan: biz arïğ dindar biz - biz haqiqiy dindormiz (TT). Törü leksemasi Turfon matnlari va «Oltun yoruq»da «urf-odat», “tartib-qoida”, «to‘y bazmi» ma'nolarida kelgan: Türgäs qağanïŋ qïzïn ärtäŋü uluğ törün oğlïma alïp bärtim –Turgash xoqonning qizini kata toʻy qilib ogʻlima olib berdim (BX). Bul- leksemasi Turfon matnlari va «Oltun yoruq» yodgorligida “topmoq” “qidirmoq”,“etishmoq, erishmoq” ma'nolarida ishlatilgan: anï üčün täŋri yärinbulğay biz–shuning uchun tangri yeriga etishgaymiz (ДТС,121). Qayd etish kerakki, qadimgi turkiy til lug‘at tarkibida mavjud bo‘lgan so‘zlarni biror urug‘ yoki qabilaga mansub deb bo‘lmaydi. Chunki qadimgi turkiy til leksik qatlamida mavjud so‘zlar o‘sha davrda yashagan urug‘vaqabilalarning barchasiga tegishli bo‘lgan deb qarash zarur. Bundan, albatta, qadimgi turkiy til lug‘at tarkibida turkiy bo‘lmagan leksemalar yo‘q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Ana shu nuqtai nazardan qadimgi turkiy til leksikasini o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam bo‘lish lozim. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling