1. Qadimgi turkiy til leksikasi haqida ma’lumot. O‘z qatlam. O‘zlashgan qatlam. Asosiy tushunchalar


Download 90.5 Kb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1609913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Ma\'ruza

Sanskritcha so‘zlar. Qadimgi turkiy bitiglarda sanskrit tilidan kirib kelgan so‘zlarning rang-barang bo‘lganligi “Qadimgi turkiy lug‘at”ni varaqlash asosida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tabiiyki, bunda sanskrit tilidan turkiy tilga qilingan tarjimalar muhim rol o‘ynagan. Eski turkiy tilda sankskritcha o‘zlashmalar son jihatdan kamaygan. Keyingi davrlarga kelib, ularning aksariyati iste’moldan muqim o‘rin egallay olmadi. Turkiy tilda saqlanib qolganlari ham deyarli o‘z so‘zga aylanish darajasiga yaqinlashgan: änätkä kHindiston, nirvan – budda ta’limotida qutlugʻ yer (TT), she’r nomlari: šlok, padak, karant (Oltun yorugʻ), kavi “epos” (SK), ačari “murabbiy, ustoz (TT).
Sug‘dcha so‘zlar. Sug‘dlar va turklar o‘rtasidagi aloqalarni VI asrdan boshlangan deb ko‘rsatish odat tusiga kirgan. Lekin sug‘d-turk munosabatlarini yanada qadimiy davrlardan qidirish lozim. Bunda asosiy fikr turkiy xalqlarning Turonda azaliy aholi qatlami sifatida mavjud bo‘lganini tan olish, buni faktik materiallar bilan isbotlashga qaratilishi kerak. Bu o‘rtada Markaziy Osiyoda mil. av. III-II asrlardan boshlangan jadal etnomadaniy munosabatlar turkiy xalqlarning butun Dashti Qipchoq bo‘ylab, Xitoy devoridan Dunaygacha chiqib borishiga olib keldi. Sug‘dlar esa mil. av. IV-III asrlardan boshlab xalqaro savdo yo‘llari orqali Sharqqa kira borib, avvalo, O‘rta Osiyoda, qolaversa, Sharqiy Turkistonda turklar bilan faol munosabatga kirishib ketdi. IV asr – 312-yilga mansub sug‘d maktublari majmuasi shundan dalolatdir. Arablar istilosidan keyin sug‘dlarning turklar bilan etnik yaqinlashuvi, aralashuvi yanada kuchaygan. Bu jarayon butun O‘rta Osiyoni qamragan va Sharqiy Turkistonda ham uzoq davom etgan. Masalan, L.I. Chuguyevskiy sug‘dlarning assimiliyatsiya qilinish jarayoni XIII asrda ham davom etganligini hujjatlar asosida ko‘rsatib bergan1. Manbalarning guvohlik beruvicha, ilk o‘rta asrlarda sug‘d tili va yozuvining qo‘llanish doirasi Sug‘d davlatidan chiqib, Marv, Shimoliy Boxtar va ulkan turk o‘lkalari – Choch vohasi, Farg‘ona, Yettisuv, hozirgi Sinjon yerlari va Markaziy Mo‘g‘ulistonga qadar yoyilgan edi. Bu, avvalo, O‘rta va Markaziy Osiyodan o‘tgan savdo karvon yo‘llari, xususan, ipak yo‘lida turklar bilan sug‘dlarning birgalikda olib borgan ishlari, shuningdek, uch diniy oqim – buddizm, moniylik va nastoriylikni yerli xalqlar, jumladan, turklar orasida yoyish yo‘lidagi sa'y-harakatlar bilan bog‘liq. Yana bir jihati, ayrim yurtlarda turk-sug‘d ikki tilliligi ham amal qilgan. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, Balasag‘un, Tiraz, Madinat-ul bayza shaharlarining xalqlari sug‘dcha va turkcha so‘zlashganlar. Ushbu fakt ikki masalaga e'tibor qaratishni taqozo etadi: birinchidan, bu o‘rinda shu o‘lkalarda ikki tilda so‘zlashuvchi ikki xalq yashaganligi ko‘zda tutilmoqda; ikkinchidan, mazkur o‘lka xalqlari (sug‘daq, kanjak, arg‘ular)ning ikki tilliligi. Anglashiladiki, ikki xalqning aralash istiqomat qilishi, o‘zaro hamkorligi, diniy e'tiqodi, mavjud ikki tillilik oqibatida so‘z almashish jarayoni yuz bergan. Ya'ni turklar tilida sug‘dcha, sug‘dlar lug‘at tarkibida turkcha leksemalar qo‘llanilgan: nom “diniy ta’limot” (Oltun yorugʻ), Azrua “brahma” dinining yaratuvchisi (Mon), Xormuzta “iloh, tangrining oti” (Mon), bağ “mevazor” (TT), ajun “olam, dunyo” (TT), nağïd “Zuhra (sayyora nomi)” (BX).

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling