1. Qadimgi turkiy til leksikasi haqida ma’lumot. O‘z qatlam. O‘zlashgan qatlam. Asosiy tushunchalar


Download 90.5 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1609913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Ma\'ruza

Omonimlar. Omonimlar har xil stilistik maqsadlarda hozirgi turkiy tillarda qanday ishlatilayotgan bo‘lsa, yozma obidalarda ham xuddi shunday qoʻllanilgan. Biroq omonimlarning yozma obidalar tilida ishlatilishi hozirgiga nisbatan ancha chegaralangan. Bu bilan bunday omonimlar keyingi davr til hodisasi ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Hozirgi turkiy tillar lug‘at boyligida mavjud omonimlar qadimda ham aks etgan, lekin yozma obidalar tilida chegaralangan holda ishlatilgan: balïq I “baliq”, balïq II “shahar”; bar I “bor, mavjud”, bar-I “bormoq” (KT), adïn I “boshqa” (TT), adïn I “oʻzgartirmoq, toʻgʻrilamoq” (Mon), ağïr I “ogʻir” (Oltun yorugʻ), ağïr II “hurmatli, qadrli” (TT), ay I “oy” (BX), ay II “oy, vaqt” (Toʻn), ar-I “bo‘lmoq” (Mon), ar-II “aldamoq” (KT). Demak, qadimgi turkiy tilda omonimlarning ishlatilishi o‘sha til leksik qatlamining rang-barangligidan dalolat beradi.
Antonimlar. Sinonim va omonimlar bilan bir qatorda antonimlar ham keng qo‘llangan. Lingvistik adabiyotlarda o‘zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari antonim deb qaraladi. Ammo qo‘llanma va lug‘atlarda antonimlarni antonimik uyadan tarkib topgan juft suzlar bilan aralashtirib yuborish holatlari ham ko‘rinadi. Masalan: kun-tun, katta-kichik, baland-past, yaxshi-yomon kabi so‘zlarni antonimlar deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmasa kerak. Chunki bu kabi so‘zlarning komponentlaridagi so‘zlar shu o‘rinda o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, ikkalasi birlikda butunlay yangi ma’no ifodalaydi. Antonimlar esa matnda o‘z mustaqil ma’nosini saqlagan bo‘lishi shart.
Qadimgi turkiy tilda quyidagi antonimlar qoʻllangan: yoğan - yinčkä (To‘n), ïraq (TT) – yaǧuq (KT), az (KT) –üküš (BX), čïğay bay (KT); üzä (BX) -asra (KT), semiz – turuq (Toʻn).
II. O‘zlashma qatlam. Qardosh bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan so‘zlar haqida gap borar ekan, bunda sug‘d, hind, xitoy tilidan o‘tgan leksik elementlar nazarda tutiladi. Hozirgi O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va Sibir, hatto, Yevropada yashagan qadimgi turkiylar sug‘d, hind, xitoy xalqlari bilan iqtisodiy, madaniy, diniy aloqada bo‘lgan. Oʻrnatilgan yaqin munosabatlar, oʻzga tillardan qilingan tarjimalar turkiy til leksik qatlamining boyishiga ta’sir etgan.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling