Reja: Adabiy tilining xususiy me’yorlar haqida


Download 323.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana12.02.2023
Hajmi323.64 Kb.
#1191126
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu



12-mavzu: 
Dastlabki ilmiy tadqiqotlarda adabiy til me’yorlari.
REJA: 
1. Adabiy tilining xususiy me’yorlar haqida. 
2. Ilmiy asarlarda tasnif qilinadigan til me’yorlari. 
3. Ilmiy asarlarda tasnif qilinadigan til me’yorlarining xususiyatlari. 
Nutq madaniyati to‘g‘risida gap borar ekan, tabiiyki nutqda qo‘llanilgan o‘rinli yoki o‘rinsiz so‘zlarning 
qo‘llanishi to‘g‘risida bahs boradi. Qo‘llangan til birligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyilganda, albatta ma’lum bir 
o‘lchov (mezon)ga asoslanganligi tayin. Mana shu o‘lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me’yori deb 
yuritiladi
.
Har lahjaning, so‘zlashuv tilining, adabiy tilning o‘z me’yorlari bo‘lganidek, nutqning alohida 
ko‘rinishlari bo‘lgan argolar, jargonlar ham o‘z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko‘rsatilgan:
1.Dialektik me’yor 
2.So‘zlashuv nutqi me’yori 
3.Argolar, jargonlar me’yori. 
4.Adabiy til me’yori (adabiy me’yor). 
Adabiy me’yor. Ma’lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o‘sha hududda yashovchi aholi uchun 
istisnosiz tushunarli bo‘ladi, ya’ni aloqani engil amalga oshuviga imkon beradi. Bu tilning o‘zi me’yordan 
iboratligini ko‘rsatadi. 
 Me’yor – tilning yashash shaklidir.Adabiy me’yor uzusga asoslanadi, undan olinadi. Adabiy me’yor adabiy 
til bilan birga tug‘iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyati taraqqiyoti bilan rivojlanib o‘z qonun-qoidalarini 
mustahkamlab boradi. Adabiy me’yor uzusdan olinganligi sababli hamma uchun tushunarli bo‘ladi. SHuning 
uchun jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat a’zolarini uyushtirishda, katta vazifalarga 
otlantirishda adabiy til, uning me’yorlari jamiyat uchun nihoyatda zarurdir. 
O‘zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: 
1.Leksik-semantik me’yorlar. 
2.Talaffuz (orfoepik) me’yori. 

Download 323.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling