Chdpi 18-3 guruh talabasi Abduxamidova Dilnozaning


Download 0.83 Mb.
bet2/3
Sana07.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1081930
1   2   3
Bog'liq
18.3 Abduxamidova

5

6

7

  • Qonning organizmdagi ahamiyati u bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. Qon quyidagi vazifalami bajaradi:
  • 1. Transport vazifasi (funksiyasi). Qonning bu vazifasi uning turli parchalanib so‘rilgan moddalarni - oqsillar, aminokislotalar, yogplar (lipidlar), uglevodlar, mineral moddalar, suvni organizmning barcha hujayra to‘qimalariga tashib yetkazib beradi. Shuningdek hujayra va to‘qimalarda hosil bo‘lgan chiqindi, keraksiz ziyonli moddalarni (metabolitlarni) tegishli chiqaruv ayiruv organlariga tashib keladi.

8

  • Qon tarkibi qanday qismlardan iborat?
  • Qon ikki qismdan iborat:
  • birinchi qismi qonning suyuq qismi, ya’ni qon plazmasi;
  • ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya’ni shaklli elementlaridir.
  • Qon umumiy hajmining 55-60% ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qonning o‘rtacha miqdori katta odamda 5 litr bo‘lib, u tana og‘irligining o‘rtacha 7% ini tashkil qiladi. 1 kg tana og‘irligiga o‘rtacha 70 ml qon to‘g‘ri keladi. Bolalarda har 1 kg tana og‘irligiga to‘g‘ri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi (80 100ml).

9

  • Qonning shaklli elementlari
  • Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qon tarkibining quyuq qismini tashkil etadi.

10

  • Eritrositlar
  • Eritrositlar (qizil qon tanachalari) — suyaklarning ko‘mik qismida hosil bo‘ladi. Eritrositlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq.
  • Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Eritrositlarning asosiy vazifasi organinzmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat.
  • Ular tarkibidagi gemoglobin o‘pkalardan kislorodni o‘ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni yana o‘ziga biriktirib o‘pkalarga olib boradi. Bu orqali eritrotsitlar qonning vazifalari sirasiga kiruvchi tashuvchilik funksiyasini ta’minlaydi.
  • Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalligning oldini olish uchun ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, nafas oladigan havoning toza bo‘lishi kabilar katta ahamiyatga ega.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling