Chegirmalarning to`la sistemasi
Download 250.25 Kb. Pdf ko'rish
|
chegirmalar sinfi
2-T e o r e m a. m modul bilan o`zaro tub chegirmalar sinflari to`plami
ko`paytirish amaliga nisbatan abel gruppa tashkil qiladi. I s o b o t i. G m to`plam m modul bilan o`zaro tub chegirmalarning barcha sinflari to`plami bo`lsin. m modul bilan o`zaro tub chegirmalar sinflarining ixtiyoriy ikkitasining ko`paytmasi yana modul bilan o`zaro tub chegirmalar sinfi bo`ladi. G m dagi sinflarni ko`paytirish amali kommutativlik va assotsiativlikxossalariga ega. C 1 sinf ko`paytirish amaliga nisbatan neytral element bo`ladi . Ixtiyoriy C i ϵ G m sinf uchun teskari sinf mavjudligini ko`rsatamiz. G m = { C 1 , C 2 , . . . , C ϕ(m) } bo`lsin. Bunda ϕ (m) – Эyler funksiyasi. a 1 , a 2 , . . . , a ϕ(m) lar m modul bo`yicha chegirmalarning keltirilgan sistemasi va a i ϵ C i ( i = 1, ϕ (m) ) bo`lsin. 1- Teoremaga asosan a i · a 1 , a i · a 2 , . . . , a i · a ϕ(m) lar ham chegirmalarning keltirilgan sisremasini tashkil qiladi. Ular orasida m modul bo`yicha 1 bilan taqqoslanuvchi a i a k element mavjud, yani a i · a k ≡ 1(mod m ) o`rinli. U holda C i · C k = C 1 tenglik o`rinli bo`lib, C k sinf C i sinfga teskari sinf bo`ladi. Demak, < G m , · , -1 > algebra abel gruppasi ekan. Ta’rif. < G m , · , -1 > gruppa m modul bilan o`zaro tub chegirmalar sinflarining multiplikativ gruppasi deyiladi. M i s o l. m = 6 modul bo`yicha G 6 = { C 1 , C 5 } to`plam multiplikativ gruppa bo`ladi. Haqiqatan, ko`paytirish amali quyidagicha aniqlanadi: C 1 · C 1 = C 1 , C 1 · C 5 = C 5 , C 5 · C 5 = C 1 . Bu tengliklardan ko`rinadiki, C 1 va C 5 sinflar o`ziga -o`zi teskari sinflar, C 1 sinf esa neytral element bo`ladi. Demak, assotsiativlik xossasi bajariladi. Download 250.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling