Chegirmalarning to`la sistemasi
Download 104.08 Kb.
|
Chegirmalarning to`la sistemasi
T e o r e m a. (chiziqli forma haqida) Agar (a,m) = 1 va b ixtiyoriy butun son bo`lib, x o`zgaruvchi m modul bo`yicha chegirmalarning to`la sistemasini tashkil etsa, u xolda ax + b forma ham m modul bo`yicha chegirmalarning to`la sistemasini tashkil etadi.
I s b o t. Haqiqatan, hosil bo`lgan sonlar sistemasi: 1) m ta sondan iborat, chunki x ning o`rniga m ta har xil qiymat (m modul bo`yicha chegirmalarning to`la sistemasi) qo`yiladi. 2) Hosil bo`lgan sonlar m modul bo`yicha har xil sinfga tegishlidir. Teskarisini faraz qilaylik, yani ular har xil sinfga tegishli bo`lmasin. Boshqacha aytganda, x ning ikkita har xil x1 va x2 qiymatlarida ax1 + b, ax2 + b lar m modul bo`yicha taqqoslanuvchi yani, yani ax1 + b ≡ax2+b(mod m) bo`lsin.U holda ax1≡ax2(mod m) taqqoslamaga ega bo`lamiz. Ammo (a;m)=1 bo`lgani uchun bu taqqoslamaning har ikkala qismini a ga qisqartirib x1≡x2(mod m) taqqoslamani hosil qilamiz. Lekin bunday bo`lishi mumkin emas, chunkiteorema shartiga asosan x o`zgaruvchi m modul bo`yicha chegirmalarning to`la sistemasini tashkil etar edi, yani x1 ≡ x2 (mod m). Demak, farazimiz noto`g`rib o`lib, ax +b forma m modul bo`yicha har xil sinflarning elementlaridan iborat ekan. Endi (1) chegirmalar sinflari to`plamini Z/m orqali belgilaylik. Z/m tyo`plamdaq qo`shish va ko`paytirish amalllarini quyidagicha aniqlaymiz: Ci + Cj = Cr Ci - Cj =Ct. (2) Agar (2) da i+j Taqqoslamalar xossalari va (2) tengliklarga ko`ra ixtiyoriy Ci va Cj sinflar uchun ularning yig`indisi Cr va ayirmasi Ct sinflar mavjud. Butun sonlarni qo`shish amali komutativ assotsativ bo`lgani uchun chegirmalar sinflarini qo`shish amali ham komutativ va assatsativ bo`ladi. C0 chegirmalar sinfi qo`shish amaliga nisbatan neytral element bo`ladi, yani Ci + C0 = Ct tenglik o`rinli. -Ci sinf Ci sinfga qarama- qarshi sinf bo`ladi, yani Ci +(-Ci) = C0 tenglik o`rinli. Bu mulohazalardan quyidagi teoremaning o`rinli ekani kelib chiqadi. Download 104.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling