Chervyakli uzatmalar. Turlari, geometriyasi va knematikasi. Uzatmaning foydali ish koeffitsenti. Chervyakli uzatmaga ta’sir qiladigan kuchlar


Download 455.06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi455.06 Kb.
#1020135
Bog'liq
8-maruza



Chervyakli uzatmalar . Turlari , geometriyasi va knematikasi . Uzatmaning foydali ish
koeffitsenti. Chervyakli uzatmaga ta’sir qiladigan kuchlar .
Reja :
1.Chervyakli uzatmalar va uning turlari
2.Uzatmaning geometriya va kinematikasi,
3.Uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti
4.o’z-o’zidan tormozlanish.
5.Uzatmada hosil bo’ladigan kuchlar.


Chervyakli uzatmalar val o'qlari ayqash bo'lgan
hollarda ishlatiladigan uzatmalar jumlasiga
kiradi va ayqashlik burchagi odatda 90° ni
tashkil qiladi
silindrli chervyak
,
Chervyakli uzatmalarning turlari
globoidli chervyak


Chervyakli uzatmaning asosiy afzalliklari:
1.Ravon va shovqinsiz ishlashi; 
2.Ixcham uzatma bilan katta uzatish soni olish mumkinligi; .
3.Chervyakli uzatmaning o ‘z-o‘zidan tormozlanish xususiyatiga ega
ekanligi
4. Katta uzatish soni olish mumkin (ayrim hollarda uzatish soni 1000 
gacha)ligi.


Chervyakli uzatmaning asosiy kamchiliklari:
1. Boshqa uzatm alarga nisbatan FIK kamligi ( ƞ =0,8...0,82). 
2. Ishlash vaqtida tishlashish zonasida katta issiqlik ajratib chiqarishi. .
3.Chervyakli g'ildiragi tishlarining yeyilishga chidamli materiallardan
tayyorlash zarurligi. 
4. Uzatmada katta yeyilish bo‘lishi va tishlarni yopishib qolish hollari
kuzatilishi
Ishlatilish joylari 
Chervyakli uzatmalar, odatda, uzatish quvvati uncha katta bo‘lmagan
joylarda jumladan quvvati 50 kW dan ortmagan stanoklarda. ko'tarish
tashish mashinalarida, trolleybuslarda ishlatiladi


Chervyakli uzatm alarning uzatish soni quyidagi form uladan topiladi:
bunda: 
Z kir - chervyakning kirimlar soni; 
Z , - chervyak g'ildiragining tishlar soni; 
n1 , n2 - chervyak va chervyak g'ildiragining uzatish soni.


Chervyakli uzatmalarning tasnifi
Chervyaklar tashqi yuzasi bo'yicha silindrik va globoid bo’lishi mumkin. Globoid 
chervyaklarni tayyorlash qiyin bo'lganligi sababli ularning tannarxi qimmat. 
Chervyaklar aylanishiga qarab o‘ng chervyak va chap chervyakka bo'linadi. 
Chervyakning chervyak g'ildiragiga nisbatan joylashishiga qarab esa 3 xil
chervyaklar bo’ladi: 
a) chervyak g ‘ildiragiga nisbatan pastda joylashgan; 
b) chervyak g'ildiragiga nisbatan yonboshda joylashgan;
d) chervyak g'ildiragiga nisbatan yuqorida joylashgan.


Chervyak vintlarining turiga qarab esa arximedli. konvolyutli va
evolvent chervyaklar bo'lishi mumkin. Tuzilishiga ko‘ra ochiq va yopiq
chervyakli uzatmalar mavjud.
Arximedli
Evolvent
Konvolyutli


Chervyakning geometrik o’lchamlarini hisoblash
Chervyakli uzatmalarning asosiy parametrlariga: bosh param etr - o 'qlararo masofa ( aɷ,), 
uzatishlar soni (U); chervyakning kirimi (Z ,), g’ildirakning tishlar soni (Z2), modul (m), 
chervyakning nisbiy diametri (q), chervyak vintli chizigining ko'tarilish burchagi ( γ ), 
chervyak uzunligi (b,) va g‘ildirak eni (b,) kiradi


Chervyakning geometric o’lchamlarini hisoblash
Modul*
Bo'luvchi diametri
Boshlang‘ich diametr
Tashqi diametr
Ichki diametr
Siljish koeffitsiyenti



Chervyakli uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti
Chervyakli uzatmalarda tishli uzatmalardan farqli ravishda chervyakning aylana
tezligi V1 va chervyak g'ildiragining aylana tezligi V2 o'zaro 90° burchak ostida
yo ’nalgan bo'lib, qiymatlari bo'yicha turlichadir
Bu yerda, γ- chervyak vint chizig'ining ko'tarilish burchagi. Amalda γ< 30°
bo'lgani uchun chervyakli uzatmada V2 har doim V1dan sezilarli kichik va
sirpanish tezligi Vs > V1 bo'ladi.


Chervyakli uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) tishli uzatmalarning
FIK kabi aniqlanadi. Farqli jihati ilashmadagi isroflarni baholashdadir. Vintli
juftlikka o'xshash chervyakli uzatmalar uchun chervyak yetakchi bo'lgan holda
quyidagilarni yozish mumkin

Download 455.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling