Chet tili darslarida aktdan foydalanish
Download 34 Kb.
|
Chet-tili-darslarida-AKTdan-foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Madrizayev
Chet tili darslarida AKTdan foydalanish Davlatimizning yanada ravnaq topib rivojlanishida ulg’ayib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiya olishi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishi, fuqarolik jamiyatiga qo’shilib ketishi katta ahamiyatga egadir. Bunday muhim muammolarning o’z yechmini topishi chet tillarini o’qitilishida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning muhimligi dolzarb masaladir. Pedagogik texnologiyalarning asosiy xususiyatlari sifatida insoniylik, natijaviylik, universallik va barcha sohalar bilan integrallashganlikni aytishimiz mumkin. Jadallik bilan o’zgarib borayotgan dunyoda har xil manbalardan ma’lumotlar ola olish, ularni qayta ishlash va o’zining xuddi shu singari ma’lumotlarini yarata olish qobiliyati muhimdir. Zamonaviy jamiyatda faqatgina biron bir kasb egasi bo’lib qolmay, balki o’zining kirishuvchanlik va moslashuvchanlik xususiyatlariga ega bo’lishlik muhim bo’lib qoldi. Bu barcha o’zgarishlar til o’rganishga keng ko’lamdagi sharoitlarni yaratib beradigan muhitni yaratish ehtiyojini tug’dirdi. Chet tillarini o’rganish globallashgan dunyoda yil sari o’ta muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Shu sababali AKT orqali chet tillarini o’rgatish metodikalarini ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga keldi. Chet tilini bilish esa internet resurslaridan to’laqonli foydalanish va ma’lumotlarni olish imkonini yaratadi. Hozirgi kunda AKT vositalari yordamida ta’lim olish hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanib bo’ldi. Yangi AKTlardan foydalanish ta’lim olish ko’lamini kengaytirib, ta’lim oluvchilarning qiziqishlarini yanada orttirmoqda. Bu vositalar faqatgina sifatli bilim berib qolmay, balki mustaqil ma’lumotlarni qidirib toppish, ularni kelajakda o’z faoliyatlarida tadbiq qila olish ko’nikmalarini yaratmoqda. Zamonaviy AKT vositalari orqali ta’lim olish amaldagi texnologiyalarga qaraganda bir qancha afzalliklarga egadir. Misol tariqasida bu vositalar orqali o’qishda ko’rish, tinglash va suhbatlashish imkoniyati mavjudligidir. AKT vositalatidan foydalanib, uni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali bir qancha didaktik vazifalarga samarali yechim toppish mumkin: -o’qish ko’nikma va malakalarini oshirish; -gapirish; -tinglash; -so’z boyligini orttirish; -grammatik ko’nikmalarni rivojlantirish; -chet tilini o’rganishga davomiy qiziqishni shakllantirish; -chet tilini o’rganishda yuzaga keladigan psixologik to’siqlarni yengib o’tish; -muloqot vositasi sifatida so’zlashish madaniyatini rivojlantirish va h. Chet tilini amaliy egallash uchun shunday bir muhit yaratish kerakki, unda shunday bir ta’lim metodlarini qo’llash lozimki, chet tilini o’rganayotgan har bir o’quvchi o’zining faolligini va qobiliyatlarini namoyon qila olsin. Shuning uchun hozirgi paytda chet tillarini o’rganisgda faqatgina zamonaviy AKT vositalari emas, balki yangi ta’lim shakllari va metodlari hamda ta’lim berish jarayoniga yangicha yondashuvni talab etadi. Internet resurslaridan chet tilini o’rganishda foydalanishga to’xtaladigan bo’lsak, bu usul orqali o’qitishda hamkorlikda o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu metodikada interfaol usulda ta’lim olish deyiladi. Interfaollik – bu kommunikativ maqsadlarning birlashuvi, boshqariluvi va bir-birini tio’ldirishidir. Interfaollik faqatgina real hayotiy holatlarini yaratib qolmay, balki o’quvchilarni chet tili orqali vaziyatga tushungan holda o’z munosbatini bildirishga undaydi. Multimedia vositalari esa o’rganilgan nutqiy bilimlarni mashq qilish va ularni har xil kombinatsiyalarda qo’llay olishga imkon yaratadi, nutqiy vaziyatlarni hosil qilishda yordam beradi, so’zlashuv va nutqiy ko’nikmalarni avtomatik ravishda rivojlanishini ta’minlaydi. Multimedia vositalari orqali oraliq va joriy nazoratlarni amalga oshirish ham juda qulaydir. Online(real vaqt holatida) ta’lim olish esa juda kam vaqtni sarf qilgan holda har bir o’quvchiga individual samarali yondashuvni ta’minlaydi. Til o’rganish saytlari ta’lim olish jarayonini xilma xil qilish orqali boshqa ma’lumot manbalariga ham yo’l ochadi. Yuqorida aytib o’tgan fikrlarimizdan quyidagi xulosalarni chiqaramiz: til o’rganishda AKTlardan foydalanib ta’lim berish an’anaviy metodlarga qaraganda yuqori samaradorlikka egadir. Bir xil ta’lim olish o’rniga aqliy ijodiy izlanish yuzaga keladi. Bu orqali mustaqil fikrlovchi shaxs shakllanadi va u doimiy izchil intiluvchan ta’lim oluvchiga aylanadi. AKTlarda samarali foydalanib ta’lim berish kelajakda kafolatlangan natijalarni beradi. Faqatgina uni o’z o’rnida va vaqtida qo’llay olish muhim omildir. Alisher Madrizayev Toshkent viloyati, Oqqo’rg’on tumani, 30-umumiy o’rta ta’lim maktabi nemis tili o’qituvchisi Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling