Chet tili o’qitishning yordamchi vositalari va ularning dars jarayonidagi ahamiyati” mаvzusidаgi kurs ishi
YORDAMCHI VOSITALARNING XILMA-XILLIGI VA O’QUV JARAYONIDA QO’LLASH USLUBLARI
Download 76.91 Kb.
|
KURS ISHI-OROMOVA MEXRANGIZ 11-3CHI-20
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik bolmagan Mexanik 1.Mexanik bolmagan vositalar.
- Yashil doska
3.YORDAMCHI VOSITALARNING XILMA-XILLIGI VA O’QUV JARAYONIDA QO’LLASH USLUBLARI
Chet tillari o'rgatilinadigan xonalar chet tillar bо’yicha belgilanga namunaviy rо’yxatga ko'ra о’quv vositalari bilan ta’minlanishni ko’zda tutadi. Bunga qo'simcha ravishda , о’qituvchilar ularga qo’shimcha о’zlari yaratgan qo’llanmalardan foydalanishlarini , hamda shuncha yillar davomida orttirgan tajribalari asosida yondashishlari kutiladi. Yordamchiquydagi turlarga bo’linadi: Mexanik bo'lmagan Mexanik 1.Mexanik bo'lmagan vositalar. Mexanik bo'lmagan vositalar bo'lmish doskka, model, rasm, xarita, chizma, eskiz, diagramma kabilar dars jarayoning muhim qismi bo'lib, ular ko'pincha ana'anaviy o'qitishning yordamchi vositalari deb ham yuritiladi. Ya'ni hech qaysi bir til o'qitish va o'rganish jarayoni ushbu vositalarning yordamisiz amalga oshmaydi. Doska, ehtimol, ko'rgazmali qurollar ichida eng foydalisidir va ko'pchilik o'qituvchilar uni o'zlarining eng yaqin qurollari sifatida his qilishadi. Bu sinfdagi eng qadimgi yordam vositalardan biri bo'lib, o'tgan asrlarda ham o'qituvchilar tomonidan keng foydalanilgan. O'quv doskasining juda keng imkoniyatlari mavjud, ya'ni o'qituvchi o'quvchilarga yangi materialni tushuntirayotganda biror narsa yozishi kerak bo'lganda doskaga o'girilib, o'quvchilarning xatolarini tuzatish yoki sinfni ba'zi so'zlar va jumlalar ustida ishlashni tashkil qilishi mumkin. Afsuski, ko'pgina o'qituvchilar doskadan to'liq foydalanmaydilar yoki undan yomon foydalanadilar. Doskadan foydalanish uchun ba'zi maslahatlar:7 1)Yozayotgan paytda talabalarga murojaat qilib turish , ularni diqqat-e'tiborini tortish maqsadida ular bilan yuzma-yuz turish uchun tez-tez qarab qo'yish 2)Yozilayotgan narsani o'qishga majbur qilish va mohiyatini so'rash 3)Yozayotgan, o'quvchilar ko'rib turishi uchun, doskaning o'ng tomonida turishga harakat qqilish Doska, ehtimol, foydalanish uchun mavjud bo'lgan eng foydali ko'rgazmali quroldir. Shuning uchun ham bizning ixtiyorimizda boshqa yordamchi vositalar mavjud bo'lsa ham, u darslarimizni juda jonlantirishi mumkin.Doska ham o'z navbatida bir nechta turlarga bo'linadi: 1.Yashil doska (green board) Bu barcha o'quv dargohlarida yaroqli bo'lgan va ishlatish uchun ortiqcha elektr sarflamaydigan, foydalanish uchun osson bo'lgan yordamchi vositadir.Bo'rdan foydalangan holatda ishlatilinadigan ushbu vosita o'qituvchilarning ana'anaviy yordamchi vositasidir. 2. Oq doska ( white board) Zamonaviy o'quv dargohiga kirib kelgan oq doskalar, o'zining sheriklariga nisbatan bir qancha jihatlarda farqlanadi. Ulardan farqli ravishda endi bo'rga emas, balki ularning zamonaviy avlodlari bo'lmish markerlarga murojaat qilindi.Ana'anviy doskalardan foydalanilgandagi bir qancha kamchiliklar, endilikda bu turdagi doskalar orqali to'ldirilmoqda. Ya'ni har tomonlama qulay va hamyonbop oq doska bugungi kundagi chet tili o'rgatuvchi ustoz va murabbiylar uchun ayniqsa dars davomidagi eng foydali quroliga aylanmoqda. 3. Flanel Asbob atigi ikkita qismdan iborat – flanel bilan qoplangan va suyanchig'i bo'lgan narsalar. Ko'p va xilma-xil visual materiallarni tartibga solishga ruxsat beradi. Ko'pchilik jozibador deb hisoblaudi, chunki o'quvchilarni o'ziga jalb qila olishlik qobiliyatiga ega bo'lib to'liq mavzuni ishlab chiqishga imkon beradi.Diagramma yoki materialning kichik qismlaridan foydalanishga ruxsat beradi.Muayyan maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan turli xil ranglardan foydalanishga ruxsat beradi.To'liqroq eslatma olishni istaganlar uchun yig'ilish yopilgandan keyin materiallar bortda qoldirilishi va yana qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Download 76.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling