Chet tillarini o‘qitishning zamonaviy metodlari va ularning samaradorligi nurullayeva Malohat Bahodir qizi


Download 42.5 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1104203
Bog'liq
1 Nurullayeva Malohat Bahodir qizi


CHET TILLARINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI

Nurullayeva Malohat Bahodir qizi,
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani 8-umumta’lim maktabi fransuz tili o‘qituvchisi

Abdullayeva Gulxonim Ravshanbekovna,
Xorazm viloyati, Shovot tumani 17-umumta’lim maktabi fransuz tili o‘qituvchisi

Annotatsiya: Chet tillarini o’rgatishda zamonaviy metodlarni amalda qo’llash dars samaradorligini oshiradi. Dars jarayonlarida interaktif,interfaol usullardan,axborot-kommunikatif vositalardan,yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab qilinmoqda.
Kalit so’zlar: Audiolingual, audio-visual, intensiv, qiyosiy metod, innovatsion ta’lim.

Bugungi kunda har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda.Xususan ilm-fanda ham kata o’zgarishlar,sezilarli yutuqlarga erishilmoqda.Har bir fanni yangi innovatsionpedogagik texnologiyalardan foydalanib,o’quvchilarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa , O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A Karimovning 2012 – yil 10- dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarini o’qitishga ,o’rgatishga bo’lgan e’tibor yanda kuchaydi.Yurtimizda chet tillarini o’qitishda yangicha bosqich yangicha davr boshlandi.Chet tili darslarini o’tilish jarayonida ilg’or pedogagik texnologiyalarni ,interfaol ,innavatsion usullardan, kommunikatif –axborot vositalardan foydalanish talab qilinmoqda.Hozirgi vaqtda nafaqat chet tiliga o’qitish balki barcha fanlarga o’qitishni ,o’rganishni yangi yangi metodlarini izlab topish va amalda sinab ko’rish to’g’risida ko’p ishlar qilinyapti.Agar avval chet tillarini o’qitish – shu tillar sistemasini o’rganish deb qaralsa ,keying yillarda o’qitishdagi muhim ko’zlangan nars bu o’quvchilarni chet tili nutqini o’stirishdan iborat bo’ldi.Chet tillarini o’qitishda turli xil metodlardan foydalaniladi. Masalan: Audiolingval metodi – u quyidagi omillarni o’z ichiga oladi: -Chet tili o’rganish avval og’zaki nutqqa o’rganishdan boshlanmog’I zarur -Mashqlar ,Grammatik namunalar va leksikani tanlash ,chet tili bilan ona tilini qiyoslash, talaffuzga kata e’tibor beriladi. Bu metodning asoschilari Ch.Friz va R.Ladolardir.Ularning fikricha o’quvchilar avval og’zaki nutqda ishlatuvchi strukturalarning yig’indilarni eslab qolishlari kerak. Audio-visual metod - tilni eshitish ,ko’rish orqali taz eslab qolishga asoslangan.Bu metodni asosiy foydasi shundaki u o’rganayotgan til materiallari hayotiy situatsiyaga bog’lab o’rganishni taqozo etadi.Chet tili o’qitishni intensivlashtirish masalasi yuzasidan mamlakatimiz va chet ellarda ancha ishlar qilindi.Bular yangi intensive metodlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.Intensiv o’qitish degan qisqa vaqt ichida o’quvchilarni o’rganilayotgan chet tilida nutq faoliyatini amalga oshirishga ya’ni gapirishga o’rgatish.Taniqli metodist olimlardan biri E.I Passovning aytishicha hozirgi vaqtdagi chet tillar o’qitishda amalda qo’llanilayotgan kommunikatif yondashish nutqiy vaziyatlarga asoslangan tezkor o’qitishning bir ko’rinishidir. Qiyosiy metod – bu metodning asoschisi A.V Sherba bo’lib, hozirgi davr chet tili o’qitish jarayonidaga moslashtirilgan.Zamonaviy ko’rinishida mashq jarayonida amaliy ruhdagi qoidaga umumlashtiriladi.Bugungi kunda innavatsion texnologiyalarning bir necha xil usullari mavjud .Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullardan foydalanilsa darslarning samaradorligi oshadi. Chet tili darslarini o’qitilishida turli rolli ,harakatli o’yinlardan foydalanish ham til o’rganishga bo’lgan qiziqishning ortishiga sabab bo’ladi.O’quvchilar juft yoki kichuik guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikatif aloqa qilshlari uchun yordam beradi.Chet tillarini o’qitish ,o’rgatish, ta’lim sifatini oshirish borasida bir qancha qarorlar qabul qilindi .Xususan 2017 yil 11 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida “ gi 610- qarori qabul qilindi.Bu qarorga ko’ra 2017-2018 o’quv yilidan boshlab ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tili o’zlashtirish darajasini DTS da belgilangan “tinglab tushunish”, “O’qish” ,”Yozish , “Gapirish” ko’nikmalari asosida baholab boorish mexanizmini ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy qilinadi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 avgustdagi “Umumiy O’rta ta’lim muassasalarid xorijiy tillarni o’qitishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida “ gi 701 – son qarori qabul qilindi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida nemis,fransuz,ispan,yapon,kareys va xitoy tillari o’quv dasturlari takomillashtiriladi.2020-2021 o’quv yilidan boshlab yuqorida keltirilgan xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim muassasalarini ochishni boshlaydilar.

Adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A Karimovning ”Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takolmillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” PQ 1875

  2. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 avgustdagi “Umumiy O’rta ta’lim muassasalarid xorijiy tillarni o’qitishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida “ gi 701 – son qarori

  3. Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida “ gi 610- qarori 2017 yil 11 avgustda4.

  4. J.Jalolov “Ingliz tili o’qitish metodikasi “ O’qituvchi nashriyoti Toshkent

  5. WWW .ziyonet .uz

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling