Chi rchi q davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc
Download 261.67 Kb.
|
АВТОРЕФЕРАТ БЕКТАЕВА 007 23 05 23 лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning predmeti
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- ta’minot yaratilgan;
Tadqiqotning ob’ekti sifatida professional ta’lim muassasalarida “Dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitish metodikasi” kursini o‘qitishda o‘quvchilarning tibbiy savodxoniligini rivojlantirish jarayoni belgilanib, Xiva qishloq xo‘jaligi texnikumi, Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi, Denov Xazarbog‘ agrotexnologiyalar texnikumi, Asaka agrotexnologiyalar texnikumi, Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi, Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumidan jami 105 nafar o‘quvchi - talaba tajriba sinov ishlari uchun jalb etilgan bo‘lib, tajriba guruhlarida 50 nafar, nazorat guruhlarida esa 55 nafar talaba, jami 14 nafar o‘qituvchi jalb qilingan bo‘lib, ulardan 6 nafar tajriba guruhida, 8 nafari nazorat guruhida ishtirok etdi.
Tadqiqotning predmeti o‘quvchi larda tibbiy savodxonlikni rivojlantirish mazmuni, dorivor o‘simliklardan foydalanishda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish tamoyillari va metodik ta’minoti, uning vosita, shakl va metodlari. Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida muammoga doir ekologik, siyosiy, falsafiy, sotsiologik, psixologik, pedagogik dorivor o‘simliklarlarni qiyosiy-tanqidiy o‘rganish va tahlil etish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, oliy ta’lim me’yoriy hujjatlarini o‘rganish, pedagogik tahlil, tarixiy-qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatuv, tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, anketa so‘rovlari, savol-javob, suhbat, matematik statistika, ekologik-pedagogik (kuzatish, suhbat, anketa, so‘rovnoma), pedagogik eksperiment, monitoring, natijalarni matematik va statistik tahlil etish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: o‘quvchilar tibbiy savodxonligini dorivor o‘simliklar yordamida shakllantirishning normativ-huquqiy asoslarini ishlab сhiqilishiga ilmiy asoslangan takliflar berilgan va amaliyotga joriy etish mumkinligi ko‘rsatib berilgan; bo‘lajak mutaxassislarning tibbiy savodxonligi rivojiga ta’sir etuvchi mezonlar ishlab сhiqilib, dorivor o‘simliklarga oid fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar tibbiy salomatligini rivojlantirishning pedagogik hususiyatlari ilmiy-nazariy asoslangan; bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish modelining mazmun-mohiyati, dorivor o‘simliklarni o‘qitish orqali tibbiy savodxonlikni rivojlantirishga oid metodik ta’minot yaratilgan; o‘quvchi larda dorivor o‘simliklarni o‘qitishning metodik tizimi, didaktik vazifalari va pedagogik munosabatlardan iborat metodologiyasining mazmun mohiyati ochib berilgan va ta’lim jarayonida tibbiy savodxonlikni amalga oshirishga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Download 261.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling