Chidamli bulish. Yugurish texnikasining nazariy asoslari bilan tanishish


Download 17.72 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi17.72 Kb.
#1063117
Bog'liq
chidamlilikni rivojlantirish.


Chidamlilikni rivojlantirish.
Reja:

  1. Chidamli bulish.

  2. Yugurish texnikasining nazariy asoslari bilan tanishish.

Chidamli bulish yengil atletikachilarga faqat musobaqalarda qatnashish vaqtida emas, balki katta xajmdagi trenirovka ishini bajarish uchun ham kerak.Chidamlilik umumiy va mahsus buladi.Umumiy chidamlilik har qanday sportchining umumiy jismoniy rivojlanishning tarkibiy qismi bulib, avvalo markaziy nerv sestemasidagi yurak-qon tomir nafas olish va va boshqa sestemalardagi jiddiy ijobiy o`zgarishlarning natijasidir.Yengil atletikada yarim turlarining xususiyatlariga qarab sportchiga maxsus chidamlilik kerak.Umumiy chidamlilik yengil atletikachilarning umumiy ish qobiliyatini va ularning sog`liq darajasini belgilash bilan birga mahsus chidamlilikni rivojlantirish uchun asos bulib hizmat qiladi. U qancha yuqori bulsa shu asosida maxsus chidamlilik ham shuncha yaxshi rivojlanadi. Chidamlilikni ma`lum bir tartibda rivojlantirish kerak. Oldin umumiy chidamlilikni keyin esa maxsus chidamlilikni rivojlantirishga kuproq e`tibor berish kerak.Sakrovchilar va uloqtiruvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirishning asosiy yo`li tanlab olingan yengil atletika turini qisman esa maxsus mashqlarni ko’p martalab bajarishdir.
Avvalo, yugurish texnikasining nazariy asoslari bilan tanishish, so‘ngra harakat davrlari va bosqichlarini anglash, yaxshi yugurish texnikasini va yugurishdagi xatolarni aniqlashni o‘rganish.lozim. Buning uchun yugurish haqidagi turli mashqlar bilan ta- nishish, rasmlar ko‘rish, mavjud fotolami tomosha qilish, o‘rtoqlari va sportchilaming yugurishini kuzatish;
to‘g‘ri yugurish texnikasini egallash;
burilib yugurish texnikasini o'rganish, ya’ni doira bo‘ylab yugurish, ko‘p marta burilishlar orqali bo‘laklarni yugurib o‘tish, burilish orqali yugurib, to‘g‘riga yugurishga o'tish;
-yuqori startdan va startdan yugurishni o'zlashtirish;
past startdan va startdan
-yugurish texnikasini egallash; tirgagichdan start variantlarini sinab ko‘rish; tirgagichdan itarilib, qo‘llar bilan tushish; planka yoki chizimcha ostidan yugurish; muddatidan ilgari to‘g‘rilanish; past startdan va startdan
-yugurishlarni ishora va buyruqsiz bajarish; sherigining qarshiligini yengib yugurib kelish
startdan masofaga yugurishga o‘tishni o'rganish (yugurib kelgandan so‘ng, inersiya (epkin) bo‘yicha
-yugurish, epkin bo‘yicha erkin yugurishdan so‘ng tezlikni oshirib borish va boshqa);
burilishda past start texnikasini o'zlashtirish;
tasma (marra)ga tashlanishni o‘rganish;
-yugurish texnikasini yaxlit takomillashtirish
-yuguruvchining maxsus mashqlarini bajarishi zarur
-qisqa masofaga yugurish texnikasini, o‘rta masofaga yugurish texnikasini o‘zlashtirgandan so‘ng o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Umumiy tuzilishiga ko‘ra, o‘rta va qisqa masofaga yugurish texnikasi o'xshash. Biroq, muayyan darajada farqi ham mavjud. Masalan, startdan marragacha bo‘lgan barcha harakatlar, qisqa masofaga yugurishda o‘rta masofadagi yugurishga nisbatan tez bajariladi. Gavda biroz oldinga egiladi, qadam uzunligi va qo‘l harakati tezligi ortadi.
Tayanch so’zlar.
Yurish
Yugurish
Sakrash
Dеpsinish
Uloqtirish
Adabiyotlar.
T.Usmonxo’jayev,B.Yusupov,J.Akromov,“Jismoniy tarbiya”O'qituvchi Nashriyot ijodiy uyi. Toshkent - 2008 yil."Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari"T.S.Usmonxo'jayev F.Xo’jayev"O'qituvchi"Nashriyot ijodiy uyi.Toshkent-1996yil "Jismoniy tarbiya" T.S.Usmonxo'jayev "O'qituvchi" Nashriyot-Matbaa ijodiy uyi
Download 17.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling