Chidamlilikni rivojlantirish bolalar jismoniy tarbiyasi
Download 99 Kb.
|
ERGASHEVA M
21.13 GURUH TALABASI ERGASHEVA (SAXOBIDDINOVA )MUXLISA CHIDAMLILIKNI RIVOJLANTIRISH BOLALAR JISMONIY TARBIYASI REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1. Sog’lom turmush tarzini omillari. 2. Salomatlikni saqlashda jismoniy tarbiyaning vazifalari. 3. Harakatfaolligining tavsifi. Gipikineziya va uning salomatlikka ta’siri. 4. Ishchanlik va mehnat qobiliyati-bu salomatlik sifatining mahsulidir. III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Salomatlik ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi turmush tarzi omillariga bugungi kunda asosan, xulq-atvor omillari, ularga ovqatlanish tartibi, odatlar, jismoniy faollik, reproduktiv atvor, medikamentlarni qo’llash, bo’sh vaqtni o’kazish va hokazolar kiradi. Shu yerda sotsial iqtisodiy tavsifga ega ta’lim darajasi, urbanizatsiya, iqtisodiy ahvolning yuqoriligi, mehnat sharoiti, yashash sharoiti, atrof-muhitning holati, shuningdek, tibbiy-sanitar yordam holatining ko’rsatkichlari kiradi. Ma’lum bo’lgan aholining salomatlik ko’rsatkichlariga qo’shimcha bo’lib, quyidagi ijobiy tavsifga ega ma’daniy hordiq, turizm, dam olish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, turmush jihozlari, salomatlikni tiklash uchun mashqlarga vaqt ajratish va hokazolar kiradi. Sog’lom turmush tarzining ko’rsatkichlaridan asosiy va ikkilamchilarini ajratish qiyin, chunki ular jamlangan holatdagina kerakli sog’lomlashtirish ta’siriga ega-inson salomatligini shakllantiradi va rivojlantiradi. Shunga qaramasdan bizning turmush tarzimizdan shunday omillarni ajratib bo’lmaydiki, bu omillar inson harakat faolligining asosidir, uning odatiy harakat tartibi salomatligi, ayniqsa jismoniy rivojlanish darajasi, organizmning funksional holatiga qarab esa insonning ruhiy chidamlilik darajasi haqida fikrlash mumkin. Marksizm mumtozlari inson tabiatini tarixiy mahsulot sifatida baholashgan. Tashqu muhitning inson mehnat jarayonida o’zgarishi uning shaxsiy tabiatini o’zgartiradi, lekin odam shaxs sifatida inson darajasiga yetishishiga nafaqat mehnat qurollarining, balki o’z organizmining doimiy takomillashuvi ham sabab bo’lgan. Bunda ov qilish mehnat turining bir sifatida va unga tayyorgarlik jarayoni (kuchda, tezlikda, chaqqonlik va chidamlilikda har xil turdagi hayvonlar bilan “musobaqa”) asosiy ahamiyatga ega edi. Harakat faolligi sifatiga har tomonlama va izchil analiz qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymasdan, individning shakllanishida salomatlikni saqlash va mukammallashtirish ham katta ahamiyatga egadir. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling