Chidamlilikni tarbiyalash


Download 20.66 Kb.
bet2/2
Sana23.06.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1652517
1   2
Bog'liq
Chidamlilikni tarbiyalash

Chaqqonlikni tarbiyalash

Bokschining chaqqonligi deganda olishuvning to’satdan o’zgaradigan vaziyat- larida murakkab koordinatsiyali usullarni o’z vaqtida va samarali bajarish qobiliyati tushuniladi.
Chaqqonlik - baholash uchun yagona ko’rsatkichga ega bo’lmagan murakkab, kompleks jismoniy sifat.
Bokschining umumiy va maxsus chaqqonligi ajratiladi.
Umumiy chaqqonlik - murakkab koordinatsiyali harakatlarni egallashga bo’lgan qobiliyat, shuningdek, boks uchun xos bo’lmagan faoliyat turlarida harakatlarni tez egallab olish. Chaqqonlik jismoniy sifat tariqasida o’ziga xoslik bilan ajralib turadi. Maxsus chaqqonligi yuqori darajada rivojlangan bokschi boshqa sport turlarida (masalan, gimnastikada) umuman ojiz bo’lib qolishi mumkin. Chaqqonlikning o’ziga xosligi har xil faoliyat turlarida sifat jihatdan turli malakalar bilan bog‘liq.
Umumiy va maxsus chaqqonlikni tarbiyalash harakatlarni koordinatsiyada egallash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, harakat faoliyatini to’satdan o’zgara- digan vaziyat talablariga muvofiq holda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iborat.
Chaqqonlikning umumiy mezonlari quyidagilar: 1) ba-jariladigan harakatning koordinatsion murakkabligi; 2) ha-rakatning fazo, vaqt va kuch tavsiflarini bajarish aniqligi; 3) harakatni bajarish va h.k.
Yangi harakatni egallash tezligi fiziologik jihatdan qo’zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining harakatchanligiga bog‘liq.
Asab jarayonlari qancha harakatchan bo’lsa, asab markazlarining funksional holati shuncha tezroq o’zgaradi, tabaqalashgan tormozlanish shuncha yaxshiroq bo’ladi, bu keraksiz harakatlarning ajralib chiqishiga va maqsadga muvofiqlarining mustahkamlanishiga olib keladi.
Chaqqonlik ko’rsatkichlaridan biri bo’lgan harakatning bajarilish aniqligi kinestezik sezuvchanlikning rivojlanish darajasi - harakat va taktil analizatorlarning birgalikdagi faoliyati bilan belgilanadi. Malakali sportchilarda yaxshi rivojlangan mushak sezgisi harakatlarning qayta bajarilish aniqligini hamda uning yangi shakl- larining paydo bo’lish tezligini oldindan belgilab beradi.
Chaqqonlik sportchining harakat reaksiyasi tezligi va aniqligi bilan chambarchas bog‘liq.
Chaqqonlikni tarbiyalashning asosiy yo’li turli-tuman yangi harakat malakalari va ko’nikmalarini egallashdir. Natijada harakat malakalari zahirasi ortadi, yangi harakatlarning shakllanishida bosh miya po’stlog‘i “ijodiy” faoliyatining yuqori tonusi saqlanadi. Harakat egallanib borgan sari va keyinchalik malaka avtomat- lashtirilishi bilan muayyan harakat yordamida chaqqonlikni rivojlantirishdagi mashq- lantirish samarasi yo’qoladi. Shunday qilib, chaqqonlikni tarbiyalashda har qanday mashqlardan foydalanish mumkin, biroq ularda yangi elementlar bo’lishi zarur. Sportchining harakat malakalari zahirasi qancha ko’p bo’lsa, u yangi harakatni shuncha tez egallaydi va uning chaqqonligi shuncha yuqori bo’ladi.
Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling