Chidamlilikni tarbiyalash
Download 20.66 Kb.
|
1 2
Bog'liqChidamlilikni tarbiyalash
Chidamlilikni tarbiyalash Boksdagi faoliyatning xususiyati harakatlar shiddatining muntazam o’zgarib turishidan iborat. Bu harakatlar har bir raundda va butun jang davomida kichik dam olish bo’laklari bilan almashib turadigan ko’p sonli epizodlar hamda davrlarga bo’linadi. Jangning har bir epizodida bokschilar harakatlari shiddati kichikdan mumkin qadar chegaragacha o’zgarib turadi. Shuning uchun bokschining aerob va anaerob mahsuldorligi darajasi (ya’ni uning umumiy va maxsus chidamliligi) uning uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, bokschining chidamliligi nafaqat uning qanchalik tez charchashiga, balki faol harakatlardan so’ng qanchalik tez tiklanishiga bog‘liq. Agar zo’riqishli faoliyat paytida bokschining energetik ta’daqoti aerob jarayonlar hisobiga amalga oshirilsa, tiklanish tezligi aerob mexanizmlarning shiddati bilan belgilanadi. Boksda sportchining umumiy chidamliligini takomil-lashtirish maqsadida umumiy tayyorgarlik (kross yugurish, chang‘ida uchish, suzish, basketbol, regbi, futbol, qo’l to’pi va h.k.) hamda maxsus mashqlar (erkin va shartli janglar, juft bo’lib ishlash, snaryadlarda ishlash va h.k.) qo’llaniladi. Yuqori darajadagi chidamlilikka erishish uchun mashqlarni ma’lum bir tanlash hamda ularni tashkil qilish tizimi zarur. Tajriba tadqiqotlarining ko’rsatishicha, agar mashg‘ulotda eng katta energetik o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan va tomir urishi taxdaqan daqiqaiga 180 zarbaga teng bo’lgan holatda bajariladigan maxsus mashqlar (sparringlar, erkin va shartli janglar, texnik-taktik mahoratni takomillashtirish bo’yicha juftlikda ishlash, qoplarda ishlash) qo’llanilsa, bokschining umumiy chidamliligi jiddiy yaxshilanadi. Bunda shu narsa muhimki, bu mashqlar ma’lum bir ketmaketlikda bajarilishi lozim. Bokschilarda umumiy chidamlilikni takomillash- tirishning eng samarali uslublaridan biri aylanma mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotda chidamlilikni oshirishning eng samarali vositasi - bu raund vaqtini 5 va yanada ko’p daqiqagacha uzaytirish. Maxsus chidamlilikni takomillashtirish uchun (u bokschining maksimal quvvatdagi shiddatli ishni bajarish qobiliyatida namoyon bo’ladi) maxsus va maxsus- tayyorgarlik mashqlari (sparringlar, shartli va erkin janglar, snaryadlarda mashqlar, “soya bilan jang qilish”, sheriklar bilan juftlikda qo’lqoplarsiz, to’ldirma to’plar bilan, siljib yurishlar bilan mashqlar) qo’llaniladi. Umumiy tayyorgarlik mashqlari- dan ham foydalanish mumkin: kross, sport o’yinlari va h.k. Biroq, odatda, maxsus mashqlar maxsus chidamlilikni tarbiyalash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Maxsus chidamlilikni takomillashtirishda asosiy yo’l - snaryadlardagi mashq- larda, erkin va shartli jang mashqlarida (sheriklarni tez-tez almashtirib turish, yaqin masofadan jang olib borish, vazifa qiyinligini oshirish va boshq. hisobiga) bokschi faoliyatini jadallashtirish. Masalan, snaryadlarda mashqlarni bajarishda maxsus chidamlilikni tarbiyalash maqsadida maxsus yuklama turi hamda ish va dam olishning almashinuvi qo’llaniladi. Bokschi qop bilan mashqlarda bir raund davomi- da maksimal tezlik hamda shiddatda 10-15 portlovchi qisqa seriyalarni bajaradi (har birining davomiyligi 1-1,5 sek), seriyalar orasidagi vaqt oralig‘ida (10-15 sek) - tinch sur’atdagi harakatlarni amalga oshiradi. So’ngra 1,5-2 daqiqa dam olish keladi, undan keyin bokschi yana qop bilan mashq bajaradi. Shundan so’ng bokschi dam oladi va mashqni takrorlaydi (hammasi bo’lib 4 raund). Dam olish paytida bokschi hotirjamlik bilan yurib turishi yoki oyoq uchida engil sakrab turishi (“raqs tushishi”) lozim. Keltirilgan mashq kreatinfosfat mexanizmning takomillashishiga yordam beradi. Glikolitik mexanizmni takomillashtirish uchun shunday mashqlar qo’llaniladiki, ular davomida to’xtovsiz shiddatli ish (qop, yassi qo’lqop, devorga zarbalar berish yoki 20-30 s ichida orqaga chekinish bilan zarbalar va siljishlarning uyg‘unligi) sekinlashtirilgan sur’atdagi ish bilan (40-60 s ichida) almashiniladi. Bokschi chidamliligini oshirishning samarali vositasi bo’lib tog‘ sharoitlaridagi mashg‘ulotlar hisoblanadi. O’rtacha tog‘ sharoitlarida kislorodning parsial bosimi past bo’lganligi sababli, sportchining o’sha yerda bo’lishining o’zi nafas olish imkoniyatlarining oshishiga (xususan gemoglobinning qondagi miqdori oshishiga) hamda gipoksiya holatlariga bo’lgan bardoshlikning ortishiga yordam beradi. Agar mashg‘ulot balandlik darajasini “maksimal” uslubda muntazam o’zgartirib turish sharoitida o’tkazilsa, bokschining chidamlilik darajasi samarali oshadi. Bokschilar chidamliligini tarbiyalashda to’g‘ri nafas olishni yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega. Boks faoliyatining xususiyati ringda bir maromda nafas olish imkoniyatini bermasligi tufayli uning ahamiyati yanada ortadi. Bokschining nafas olishi to’xtovsiz va yetarlicha chuqur bo’lishi lozim. Yaxshi nafas chiqarish o’pkalarning yaxshi ventilyasiyasini ta’daqlaydi va o’pkaning tiriklik hajmidan samarali foydalanishga imkon beradi. Shu narsa aniqlanganki, kuchli zarbalarda nafas chiqarishga e’tibor berilgan nafas olish tartibi eng samarali hisoblanadi. Bu nafaqat o’pkaning yaxshi ventilyasiyasiga yordam beradi, balki zarbalar kuchini ham oshiradi. Hatto yuqori malakali bokschilar ham har doim to’g‘ri nafas olmaydilar. Eng ko’p qo’yiladigan xato - nafas olishni tutib turish, nafas olish va nafas chiqarishning chuqur bo’lmasligi, zarbalarni berishda chiranish, yaqin masofada nafas olishning buzilishi. Bu kislorod iste’mol qilishning kamayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun murabbiy bokschilar zarbalar va himoyalanish usullarini bajarish paytida nafasni tutib qolmasliklarini kuzatib turishi zarur. Bokschilar seriyali zarbalarni berishda to’xtovsiz nafas olishlari lozim, biroq har bir zarbani tez nafas chiqarish bilan bajarish shart emas. Faqat yoki butun zarbalar seriyasini, yoki alohida urg‘u berilgan zarbani shunday amalga oshirish zarur. Download 20.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling