Chilladagi septik kasalliklar


Download 85.44 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi85.44 Kb.
#1413976
Bog'liq
Chilladagi davri septik xolatlari


Chilladagi davri septik xolatlari



Chilladagi septik kasalliklar — chilla davriaa uchraydigan infeksion kasalliklar. Bularni xilmaxil mikroorganizmlar — stafilokokk, streptokokk, ichak tayoqchasi, pnevmokokk, klebsiyella, koʻk yiring tayoqchasi, gonokokk, anaerob qoʻzgʻatuvchilar va h.k. qoʻzgʻatadi. Soʻnggi yillarda Chilladagi septik kasalliklark.ga xlamidiyalar, zamburugʻlar, viruslar koʻproq sabab boʻlmoqda. Qoʻzgʻatuvchilar jinsiy yoʻllarga aksariyat ogʻir kechgan tugʻrukda (ayniqsa, operatsiya qilib tugʻdirishda) vujudga kelgan jarohatlar orqali, shuningdek, normal tugʻruq vaqtida yuzaga kelgan (yoʻldosh koʻchgandan soʻng bachadonning ichki yuzasi, bachadon boʻyni, qin va oraliqning shilingan, yirtilgan, ezilgan joylari) shikastlardan kiradi. Mikroblar jarohat yuzasiga tashqi (ekzogen infeksiya) va ichki (endogen infeksiya) yoʻllar bilan (mac, sterillanmagan qoʻl, parvarish buyumlari, kiyimkechak, havo orqali hamda ayol organizmida mavjud mikroblarning tashqi jinsiy aʼzolardan, shuningdek, qon va limfa orqali) oʻtadi. Organizmga kirgan infeksiyaning taʼsiri 2—3 kundan keyin namoyon boʻla boshlaydi. Chilladagi septik kasalliklark. boshlanganda dastlab jarohat yuzasi yalligʻlanadi. Kasallikning rivojlanishi, avj olishi, mikrobning koʻpayib tarqalishi ayol organizmining qimoya quvvatiga hamda mikroblarning faolligiga boglits. Bunda ayolning turli ekstragenital kasalliklari (infeksion, yalligʻlanish kasalliklari, yuraktomir, endokrin sistema patologiyalari, moddalar almashinuvining buzilishi, kamqonlik), qomiladorlik va tugʻruq patologiyalarining ahamiyati katta. Infeksion va yalligʻlanish kasalliklari bevosita infeksiya manbai boʻlib xizmat qiladi. Turli somatik kasalliklar esa ayol organizmining zaiflashuvi va shu sababli infeksiyaga beriluvchanligiga olib keladi.
Kasallikning kechishi va mikrobning organizmda tarqalishiga koʻra Chilladagi septik kasalliklark.ning 4 bosqichi farqlanadi. 1 bosqichda infeksiya faqat tugʻruq jarohati sohasida chegaralanadi (chilladagi endometrit; oraliq, qin, bachadon boʻynidagi chilla yaralar); 2bosqichda (infeksiya jarohat sohasidan chetga chiqadi) chanoq boʻshligʻidagi aʼzolar zararlanadi (metrit, parametrit, chanoq va son venalari tromboflebita, bachadon ortiqlari (salpingooforit) va chanok, qorin pardasining yalligʻlanishi (pel vioperiton it); 3bosqichda yal pi (diffuz) peritonit va avj oluvchi tromboflebit, septik shok; 4bosqichda septik infeksiya butun organizmga tarqaladi, sepsis yuzaga keladi. Kasallikning bosqichiga koʻra bemorda lanjlik, bosh ogʻrishi, puls tezlashuvi, junjish, isitmalash, qaltirash kabi alomatlar kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda tugʻruqdan soʻng bachadon qisqarishi sekinlashadi yoki bachadondan keladigan ajralma (loxiyalar) toʻxtaydi, sut bezining yalligʻlanishi — mastit rivojlanadi va h.k.
Da vo kasallikning turi va bosqichiga qarab belgilanadi, antibiotiklar, sulfanilamid va quvvatga kiritadigan doridarmonlar buyuriladi, zarur hollarda operatsiya qilinadi. Oldini olish tadbirlari ayollar konsultatsiyaga uchrashgandan boshlab olib borilishi kerak. Ayollar xrmiladorlikda vrachga kancha erta uchrashsalar (12 haftagacha) septik kasallik shuncha kam uchraydi, bunda ayollarni ayollar maslahatxonasi sharoitida homiladorlikdan avval va homiladorlik davrida sogʻlomlashtirishning ahamiyati katta. Shu maqsadda ayollarning barcha ekstragenital kasalliklari turli mutaxassislar ishtirokida davolanadi; homiladorlik patologiyalari hamda, tugʻruq asoratlarining oldini olish va davolash amalga oshiriladi. Shuningdek, tugʻruqxonalarda sanitariyagigiyena rejimi, aseptika va antiseptikaga qatʼiy rioya qilish, kasallikni erta aniqlash ham Chilladagi septik kasalliklark.ni oldini olish choratadbirlaridan hisoblanadi.
Download 85.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling