Chingiz Aymatov ning "Oq kema " asari to‘g‘risida
Download 6.97 Kb.
|
CHizngiz aytmatov oq kema taqriz
Chingiz Aymatov ning "Oq kema " asari to‘g‘risida. "Oq kema qissasi Uning ikki ertagi bo‘lardi. Birini o‘ziniki bo‘lib, uni hech kim bilmasdi . Ikkinchisini esa bobosi so‘zlab bergandi. Keyin birortasi ham qolmadi. Gap shu xususda"deb boshlandi . "Oq kema "da hayot murakkabliklari , inson va tabiat, inson va jamiyat munosabatlari, ezgulik va yovuzlik kurashi yuksak mahorat bilan tasvirlanadi va bu muammolarni xususida teran falsafiy mushohado yuritiladi. Qissaning asosiy qahramonlari :bola, uning bobosi, Mo'min , o'rmon xo'jaligi boshlig'i O‘razqul va uning xotini. Adib har bir qahramonlarni turlicha xarekterini ochish orqali mehr -muhabbat Kurashini YORITADI. Bola faqat bobosiga suyanardi. Bolaga, bobosining Shoxdor ona bug‘u haqidagi ertagi yoqadi.Bobosi o‘zini Shoxdor ona bug‘u avlodi deb bilardi. Bola Shoxdor ona bug‘u to‘g‘risida eshitganlarini portfeliga aytib berardi. Ushbu afsona xuddi ertaklarga o‘xshagan qadimda bo‘lib o‘tgan deb boshlanadi.Unda ezgulik va yovuzlik kurashi naql qilinadi. Zo'ravonlik va shuxratparastlik azal-azaldan kishilarning azoblanib kelingani qirg‘izlarni qirg'in qilingan dushmanlarining shafqatsizligi misolida gavdalantiradi . O‘zga qabila ning So‘ngi odamigach qirgan, molu mulkini tortib olgan kishi eng aqlli, uddaburon, Botir sanalgan zamonda "kechgan yomon illatlar haqida bu Afsona o'zining butun dahshati bilan xayolni egallab oladi. Dushmanlar qirg‘izlarni yer suvi qolmasligi uchun talab ketishadi. Aytmatov romanda manqurtlik turli shakllarda namoyish bo‘lishi va u hamisha insoniyat uchun fojia ekanini o‘z onasini otib o'ldirgan Jo‘lamon va otasining vafot etganiga qayg‘urmagan Sobitjon, kishilarni qiynash, azoblashdan huzur qiladigan Tansiqboyev hatti xarakatlarini ko'rsatish borasida gavdalantiradi. Afsona rivoyatlarida, insonning paydo bo‘lishi , hayoti bevosita tabiat bilan bog‘lanadi. Shoxdor ona bug‘u to‘g‘risida afsonada ham bir qabilaning omon qolishiga tabiat, undagi o'simliklar jonzotlar sababchi qilib ko'rsatiladi. Shuning uchun tabiat onaga qiyoslanib "Ona tabiat "deyiladi. "Oq kema"dagi afsonada Shoxdor ona bug‘u tabiat timsolidir. Odamlar qanchalik zarar yetkazsada , tabiat odamlardan ne‘matlarini ayamaydi. Xuddi biz daraxtga tosh otsak biror bir meva olamiz yoki bo‘lmasa guldir. Hayot ham shunday biror kishi bizga tosh otsa biz unga go'zal narsalarni rovo ko‘ra bila olishimiz kerak. Shoxdor ona bug‘u ham kishilar uning ikkita bolasini otib o‘ldirishsa -da, odam bolalariga yaxshilik qiladi. U Cho‘tir Baymoq kampirning ogohlantirishga qaramasdan, qirg'in qilingan qabilaning omon qolgan bolalarni uzoq joyga eltib , suti bilan boqib , o‘z bag'riga bosadi.Bola esa doimo tepalikdan o‘sha oppoq kemani kelishini kutib turar, baliq kabi suzib kemaning oldiga borishni istardi. Shiroljinlar tagida toshlar bilan suhbat qilardi. Maktab borishni juda ham istardi bunga ham erishdi ham.Buvisining gaplari uning qizining farzandsizligi uni bezdaytirib qo‘ygan edi. Bobosining kuyovi ham g'irt bekorchi edi. Ha deb qaynonasi bilan qaynotasini koyigan edi, farzandsizligidan xotinini urardi. Bechora xotini ham bunga ko'nikib ketgandi. Jaholat ga yuz tutgandi go'yo. Xulosa qilib aytganda romandan yozuvchi nima demoqchi?U faqatgina dunyoni pok va to‘kis bo‘lishini istab bir bola asosida dunyoga boqadi. Asardan har bir kishi yaxshi yomonlikni ajrata oladi, jaholat ga yuz tutmaydi. Bola orqali sabrli bo‘lishni, yaxshiliklar qilishni tabiatni sevish va uni asrab avaylashni , chidamlillikni bilib oldim. Haqiqatan hamyozuvchi bir bola orqali ko’rib bu dunyoning nopok ishlarini kirdikorlarini ochib bergandek bo‘ldi. Bola bu nopok dunyoda sig'madi. Download 6.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling