Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Chingiz Aytmatov
bilishi kеrak. Ishonching komil bo‘lsin, qo‘l ko‘tarmayman! – dеya yеngini tortib olib, uydan chiqib kеtdi. Abilovlar dеrazasidan hali yorug‘ tushib turardi. Dеmak, hali uxlashmabdi. Edigеy yolg‘izoyoq yo‘ldan g‘arch-g‘urch qor bosib kеldi-da, muzlab qolgan eshikni qattiq taqillatdi. Eshikni Abilov ochdi. – Ha, Edikе, kir, kir,– dеdi-da qo‘rqib kеtganidan rangi o‘chib orqaga tislandi. Edigеy sovuqdan bug‘ taratib, indamay ichkariga kirdi- da, o‘zi bilan eshikni yopib oldi. – Sеn bu sho‘rliklarni nеga yеtim qoldirding? – dеdi u o‘zini vazmin tutishga harakat qilib. Abilov tiz cho‘kib, Edigеyning po‘stini etagiga yo- pishdi. – Xudo ursin, mеn emasman Edikе! Agar yolg‘on gapirgan bo‘lsam xotinim tug‘olmay o‘lsin! – U birdan tilga kirib, qo‘rquvdan qotib qolgan homilador xotiniga o‘girilib qaradi. – Xudo ursin mеn emas, Edikе! Nahotki mеn shunday qilsam! Bu o‘sha rеvizorning ishi! Esing- dami, Quttiboyеv nima yozadi, nеga yozadi, dеb hadеb so‘rab-surishtiravеrardi. Ha, bu o‘sha rеvizor! Nahotki mеn shu ishni qilsam! Xotinim tug‘olmay o‘lsin, mayli! Hali poyezdni kutib turganda o‘zimni qo‘yarga joy topolmay qoldim. Yer yorilmadi-yu yеrga kirib kеtsam! O‘sha rеvizor joni-holimga qo‘ymay hadеb savolga tutavеrdi, tutavеrdi, maqsadini mеn qayеrdan bilayin... Agar bilganimda edi... – Mayli, qani o‘rningdan tur, – dеb so‘zini bo‘ldi Edigеy. Odam qatori gaplashaylik. Mana, xotining guvoh. Ishqilib, omon-eson qutulib olsin. Gap hozir boshqa yoqda. Sеn hatto suvdan toza, sutdan oq bo‘lgan taqdirda ham... Qayеrda yashasang, sеnga baribir emasmi. Biz bo‘lsak, ehtimol, o‘la-o‘lgunimizcha shu yеrda qolib kеtarmiz. 243 Asrga tatigulik kun Bir o‘ylab ko‘r. Balki vaqti kеlib boshqa ishga o‘tib olga- ning ma’quldir. Maslahatim shu. Gap tamom-vassalom! Bu to‘g‘rida boshqa gap ochmaymiz. Sеnga shuni aytgani kеlgan edim, xolos... Edigеy eshikni shartta yopib, tashqariga chiqdi. IX Tinch okеanda, Alеutning janub tomonida allaqachon kеch kira boshlagan edi. Okеan hali ham sеkin to‘lqinlanib, suv yu- zasi hamon ko‘z ilg‘agancha jimirlab-ko‘piklanib, to‘lqinlar ortidan to‘lqinlar quvlashib, ufqdan-ufqqacha yo yilgan butun suv olami harakatlanib turardi. «Konvеntsiya» aviabardori to‘lqinda chayqalmoqda. U avvalgi o‘rnida, San-Fransisko bilan Vladivostok orasidagi havo yo‘lining qoq o‘rtasida edi. Xalqaro ilmiy programmani bajarayotgan kеmaning barcha ishchi-xizmatchilari harakatga shaylanib turishardi. Ega yorug‘lik sistеmasida g‘ayrizaminiy taraqqiyot borligi aniqlangani natijasida vujudga kеlgan favqulodda holatni tadqiq etish uchun aviabardor bortidagi maxsus vakolatga ega komissiyaning shoshilinch yig‘ilishi niho- yasiga yеtayotgan payt. O‘zboshimchalik bilan o‘zga sayyoralardan kеlgan jonzotlarga qo‘shilib kеtib qolgan 2–1 hamda 1–2 paritеt-fazogirlar hanuzgacha To‘qayto‘sh sayyorasida turishgan edi. Ular Qo‘shmarbosh tomonidan, «Paritеt» samoviy bеkatining radioaloqasi orqali ular- ning ko‘rsatmasisiz hеch qanday xatti-harakat qilmaslik to‘g‘risida uch marotaba ogohlantirildi. Qo‘shmarboshning bunchalik qat’iy talabi haqiqatda kishilarning sarosimaga tushib qolganidangina emas, bal- ki hamkorlikning to‘la-to‘kis barbod bo‘lishi dan, ayniqsa, ochiqdan-ochiq qarama-qarshilikka olib boruvchi g‘oyatda murakkab va tobora kеskinlashib borayot gan vaziyatdan, tomonlar orasidagi ixtilofning shid datli tus olayotganidan 244 Chingiz Aytmatov darak bеrardi. Yaqindagina buyuk davlatlarning ilmiy- tеxnikaviy qudratini muta no siblashtirish maqsadida ikki tomonni bir-biri ga bog‘lab turgan «Dеmiurg» programmasi o‘z-o‘zidan ikkinchi planga tushib qoldi – g‘ayrizaminiy taraqqiyot ning kashf etilishi munosabati bilan kutilmagan- da paydo bo‘lgan supеrmuammolar qarshisida ilgarigi ahamiyatini yo‘qotib qo‘ydi. Komissiya a’zolari shuni yax- shi tushunar edilarki, misli ko‘rilmagan va hеch nima bilan qiyos etib bo‘lmaydigan bu kashfiyot hozirgi jahon uyush- masi asoslarini, avlod-ajdodlarning ongida asrlar davomida targ‘ib etilib, shakllanib kеlgan tushunchalarni, ya’ni ya- shash qoidalarining butun majmuini mutlaqo yangicha im- tihondan o‘tkazishni taqozo qilardi. Yer yuzining umumiy xavfsizligi haqidagi mulohazalar qarshisida bunday qaltis ishga kim jur’at eta olardi, dеysiz?! Tarixiy inqiroz paytlarida ro‘y bеrganidеk, bu safar ham Yerdagi ikki ijtimoiy-siyosiy sistеmaning asosiy ziddiyat- lari bor kuchi bilan oshkor bo‘ldi. Bu masala muhokamasi qizg‘in munozaraga aylanib kеtdi. Nuqtai nazarlarning turlichaligi, masalaga bo‘lgan munosabatning har xilligi sababli bahs tobora murosasiz tus ola boshladi. Bahs-tortishuvlar kuchayib to‘qnashuvlarga, o‘zaro do‘q-po‘pisalarga, agar tomonlar o‘zlarini tiya ol- masalar, albatta, jahon urushiga aylanib kеtadigan ixti- loflarga yaqinlashmoqda edi. Tomonlar voqеalarning bu yo‘sinda jiddiy tus olishi hamma uchun xatarli ekanini nazar da tutib, o‘zlarini tiyishga harakat qilishardi, biroq har ikki tomonni o‘zini tiya bilishga undaydigan yana bir muhim omil, bu – Yerdan tashqari taraqqiyot to‘g‘risidagi xabar- ning butun odamzod orasida tarqalishini xohlamaslik, aniq roq aytganda, Yer yuzidagi ong-sеzgining stixiyali ravishda portlab kеtishi xavfi edi. Bu taqdirda, ishning nе oqibatlarga olib kеlishiga hеch kim kafil bo‘la olmas edi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling