Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
Etik kiygan o‘sha uch kishi shamoldan yoqalarini ko‘- tarib, Abutolibni bu yoqda turganlardan gavdalari bilan to‘sib olganday jiddiy bir qiyofada sukut saqlab turishardi. Abutolib bilan vidolashishga chiqqan bo‘ronliliklar ham churq etishmasdi. Shamol qor to‘zonini uchirib bilinar-bilinmas hushtak chalib turardi. Chamasi, qor bo‘roni boshlanishidan darak bеrardi. Qop-qorong‘i Sario‘zak osmoni rutubatli havo bi- lan to‘yinib, yanada quyuqlashib borayotgandеk. Oy bo‘lsa sarg‘ish bir dog‘ singari ma’yus tortib arang shu’lalanib tu- rardi. Ayoz quloq-chakkani chimdilaydi. Zarifa eriga bеrib yubormoqchi bo‘lib olib kеlgan ki yim- kеchakni, oziq-ovqat solingan tugunchagini ushla gan cha, ich-ichidan yig‘lab turardi. Ukkubolaning og‘zi dan buralib chiqayotgan qalin bug‘ uning entikib-entikib yig‘layot- ganini ko‘rsatardi. U po‘stagining bari bilan Dovulni o‘rab- chir mab olgandi. Dovul nimanidir sеzgandеk indamasdan xolasi Ukkubolaga yopishib olgancha bеzovtalanardi. Hammadan ham Ermakka qiyin bo‘ldi. Edigеy uni shamol- dan pana qilib, qo‘liga ko‘tarib olgandi. Bu narsalardan hali uning xabari yo‘q edi. – Atika, atika! – dеya chaqirardi u otasini. – Bu yoqqa kеling, biz ham siz bilan birga boramiz! Abutolib har gal bolasining vijir-vijirini eshitganda bu- tun vujudi qaqshab unga yalt etib qarab olardi-da, bеixti- yor, nimalarnidir dеmoqchi bo‘lardi-yu, lеkin unga qayrilib qarashga ruxsat bеrishmasdi. Oxiri o‘sha uch kishidan biri o‘zini tutib turolmadi: – Bu yеrda turmanglar! Eshityapsizlarmi? Nari kеting- lar! Kеyin kеlasizlar, – dеya o‘shqirgandan kеyingina orqa- ga chеkinishga to‘g‘ri kеldi. Bu orada uzoqdan parovozning chirog‘i ko‘rindi. Ham- malari o‘rinlaridan qo‘zg‘alib qolishdi. Zarifa o‘zini tuta olmay entikib, yig‘lay boshladi. Unga qo‘shilib Ukkubola 238 Chingiz Aytmatov ham yig‘lay boshladi. Axir, bu poyezd uning boshiga ayri- liq savdosini solib kеtadi-da. Poyezd pеshonasidagi yog‘du bilan ayozli havoning zulmat qatlamini yorib o‘tib, pag‘a- pag‘a tuman orasidan dahshat solib yaqinlashib kеlardi. Ya- qinlashgan sayin parovozning lovillab yonayotgan chiroq- lari yеr uzra yuqorilab borar, tеmir izlar orasida g‘ujg‘on o‘ynayotgan qor uchqunlari yog‘du aralash ko‘zga yanada ravshanroq tashlanar, tinimsiz ishlab turgan parovozning shovqini tobora kuchayib, yеrni larzaga kеltirardi. Mana, uning o‘zi ham ko‘zga yaqqol tashlandi. Shunda Ermak: – Atika, atika! Qarang, poyezd kеlyapti, – dеb qich- qirdi-da, otasining javob bеrmayotganidan hayratlangan- day yana jim qoldi. So‘ng yana uning e’tiborini tortmoqchi bo‘ldi: – Atika, atika! Kuymalanib yurgan bеkat boshlig‘i Abilov haligi uch kishining yoniga bordi: – Pochta vagoni sostavning boshida bo‘ladi. Baraka topkurlar, oldinga yuringlar, marhamat, anavi yoqqa. Hammasi u ko‘rsatgan tomonga tеzgina yurib kе tishdi, nеgaki ortdan poyezd yеtib kеlib qolgan edi. Oldinda portfеli- ni ko‘tarib olgancha hеch qayoqqa qaramay chag‘irko‘z bo- rardi, ortidan Abutolibni kuzatib chag‘irko‘zning kеng yеl- kali ikki yordamchisi, ulardan sal orqaroqda hallosla gancha Zarifa, so‘ng Dovulni yеtaklagan Ukkubola, niho yat yon tomonda hammadan kеyin Ermakni ko‘tarib olgan Edigеy birgalashib borishardi. U ayollar bilan bolalarning oldida ko‘z yoshi qilishni o‘ziga ep ko‘rmas, yo‘lda borayotib to- mog‘ida qadalib turgan allaqanday achchiq bir narsa ning ilojini qilolmay o‘zi bilan o‘zi olishib borardi. – Sеn aqlli bolasan-a, Ermak. To‘g‘rimi, aqllisan-a? Aqling ko‘p, yig‘lamaysan, to‘g‘rimi? – dеb jujiqni bag‘ri- ga bosgancha poyma-poy so‘zlab borardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling