Asrga tatigulik kun


Download 24.2 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi24.2 Kb.
#1410872
Bog'liq
Документ Microsoft Word


nsho.Manqurtlik va zamonamiz.

Reja:


I.Kirish.Chingiz Aytmatov ijodi va “Asrga tatigulik kun” romani haqda.

II.Asosiy qism.


1.Sobitjon va Jo’lomon obrazlari ta’rifi va o’xshash jihatlari.

2.Edigey Bo’ron obraziga ta’rif.

3.Nayman ona obraziga ta’rif.

III.Xulosa.”Asrga tatigulik kun” romanining tarbiyaviy ahamiyati.

Chingiz Aytmatov o’zining adabiyotdagi faoliyatini qissa yozishdan boshlardi.1957-1958-yillarda Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz” va “Jamila” qissalari chop etiladi.Chingiz Aytmatov asarlari 191 tilga tarjima qilingan va jahon klassik asarlar durdonalari safidan joy olgan.Yozuvchining yana bir asari borki,unda faqat bir millatga emas butun insoniyatga daxldor ma’naviy-axloqiy muammolar haqda so’z boradi. Bu asar “Asrga tatiguik kun” romanidir.”Asrga tatigulik kun” romani 1980-yilda yozilgan.”Asrga tatigulik kun “ romani Asil Rashidov tomonidan o’zbek tilliga o’grilgan.Bu romanda Chingiz Aytmatov inson qadrini ,inson uchun insoniylik fazilatlari qanchalik muhim ekanligini Nayman ona fojiasi timsolida tengsiz tarzda ifodalab bergan.

Bu romanda shunday ikkita obraz borki ular bir-biri bilan o’xshash jihatlar namoyon qiladi.Bular:Sobitjon va Jo’lomon obrazlaridir.Bu ikkala obraz ham asarda manqurt sifatida tasvirlanadi.Jo’lomon shunday manqurt-ki unda faqat odamlarnikiga o’xshagan tashqi ko’rinish bor xolos ammo insoniylik fazilatlari unga begona .Jo’lomon hatto uni dunyoga keltirgan onasini ham tanimaydi,Jo’lomonni jonidan ortiq ko’rgan otasini bilmaydi hatto o’zini ismini ham eslay olmaydi.Bundaylar manqurt deyiladi.Manqurt esa qul hisoblanadi.Jo’lomon hech qachon o’z erkini talab qilmaydi.Unga oila , ota-ona so’zlari begona.Manqurtlar huddi ko’chadagi daydi hayvonlardek ,faqat qorin g’ami bilan yashashadi.Sobitjonga kelsak u Jo’lomondek xotirasini yo’qotgan emas.U zamonaviy manqurt.U o’z tarixini bilmaydi,insoniy tuyg’ulardan mahrum,milliy-urf odatlarni mensimaydigan o’ta darajada xavfli manqurt.Sobitjon o’z otasining o’lganini eshitgandan keyin ham otasiga hurmati oshmaydi.Aksincha,u otasining janozasiga faqat qarzini uzish uchun boradi.Sobitjonning otasi Kazangapning vasiyatini oyoqosti qilib:”Otamni shuncha uzoqqa olib borib yuramizmi?Shunday katta cho’lda bitta odamga joy topiladi”, - degani uni Jo’lomondan ham yomonroq darajada xavfli manqurt ekanini ko’rsatadi.

Bu asarda yana bir obraz bor-ki ,bu obrazdan xar bir kitobxon o’zi uchun foydali bo’lgan fazilatlarni olishi mumkin. Bu Edigey obrazi.Edigey “Asrga tatigulik kun” romanida oqko’ngil,milliy urf-odatlarga hurmati cheksiz,kamtar,sadoqatli do’st timsolida gavdalantirilgan.Edigey sal qo’rsroq va qiziqqonroq bo’lgani uchun xalq orasida uni “Edigey Bo’ron” deb atashardi.Edigey do’sti Kazangapga uning o’gli Sobitjondan ko’ra yaqinroq bo’ladi.Kazangapning janozasida ham Edigey Kazangapga Sobitjondan ko’ra yaqinroq ekanini ko’rinadi.Kazangapning vasiyatini Sobitjon bajargisi kelmaydi,ammo Edigey bu vasiyatni bajaradi.Bu hodisadan biz Edigeyning sadoqatli do’st ekanini ko’rishimiz mumkin.

“Asrga tatigulik kun” romanida eng asosiy obrazlardan biri bu Nayman ona obrazi hisoblanadi.Nayman ona bu asarda erining o’limi va o’g’lining bedarak yo’qolganidan keyin tushkunlikka tushib qoladi.O’g’lini hamma o’lgan deb o’ylasa ham Nayman onaning qalbida o’gli tirikligiga ishonch bo’ladi.Nayman ona irodali va kuchli bo’lgani uchun ham o’g’lini qidirishga yo’lga chiqadi.Nayman ona yo’lga chiqayotganida jungjanglar uni tutib olishi haqda o’ylamaydi , u faqat o’g’lini manqurt holida bo’lsa ham o’z qishlog’iga olib kelish haqda o’ylaydi.Nayman ona o’g’lining hayotini o’zinikidan azizroq deb biladi.

“Asrga tatigulik kun” romanida aytilganidek hozirgi kunda Sobitjonga o’xshagan zamonaviy manqurtlar ham bor.Bunday odamlar faqat o’zini o’ylaydi.Ular milliy urf-odatlarni mensishmaydi.Agar inson xudbin bo’lsa u ham manqurtga aylana boshlaydi.Manqurtlikdan qutulishning yagona yo’li bu yaxshilik qilishdir.Agar siz kimgadir kerakli paytda,kerakli joyda yordam ko’rsatsangiz ,demak siz insonsiz.
Reja:
1.KIRISH QISM.Chingiz Aytmatov jahon adabiyoti namoyondasi.
2.ASOSIY QISM.
1.Asrga tatigulik kun romanining asl mohiyati
2.Romanda tilga olingan Edigeyning taqdiri orqali koʻrsatilishi.
3.Odamlar taqdiri misolidagi oʻzlikni anglash singari tushunchalar.
3.XULOSA.Asardan chiqargan foydali xulosalarim.
#1reja.

Turkiy xalqlar iftixori,jahon adabiyoti namoyondasi Chingiz Aytmatov hisoblanadi.Uning asarlar dunyoning 191 tiliga tarjima qilingan.Chingiz Aytmatov 1928-yilning 12-dekabrida Qirgʻizistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan.Bolaligidan hayot qiyinchiliklarini tatigan.Bobosi Aytmat qoʻli gul hunarmand va ajoyib qoʻbizchi boʻlgan.Otasi Toʻraqul Aytmatov rus-tuzem maktabida tahsil koʻrgan,oʻqimishli,fikri tiniq tashkilotchi odam edi.Respublika miqyosidagi katta lavozimlarida turib,Qirgʻizistonda savodsizlikni tugatish,yurtga zamonaviy madaniyatni olib kirish yoʻlida astoydil mehnat qiladi.Ular oilada toʻrt farzand boʻlgan.Otasi 1937-yilda qatagʻonga uchrab qamaladi.Shundan keyin ularning turmushi ogʻir kechadi.Buvisi har yozda uni togʻga olib ketardi."U buvisi hurmatga sazovor ayollardan biri boʻlganini taʼkidlab menga qiziqarli ertak hikoyalar aytib berib oʻzi sezmagan holda oʻz tilimni sevishga hurmat qilishga oʻrgatganiga hech shubham yoʻq"- deydi.Buvisi koʻp oʻtmay vafot etadi.Otasi ham qamalganidan keyin u ishlay boshlaydi.Otasidan soʻng oila boshiga koʻp bir savdolar tushadi.Onasi Naima Aytmatova ham oʻqimishli,qishloqning ilgʻor ayollaridan biri,oqila ayol boʻlgan.U oʻn yoshida dehqon mehnatining barcha zahmatidan tatib koʻrgan.Bir yildan soʻng oila rayon markazi-Kirov nomidagi rus qishlogʻiga koʻchib oʻtadi,onasi hisobchi boʻlib ishga kiradi, u esa rus maktabda oʻqiy boshladi.Oilaning turmush sharoiti endi yaxshilanayotgan pallada urush boshlanib qoladi.1942-yilda oʻqishni tashlashga toʻgʻri keladi.Chunki onasi hammasini oʻqitishga imkoni boʻlmagan.U yana Shakarga qaytib keladi,ovul urush iskanjasida boʻlgan.Boshqa odam topilmagach uni qishloq kengashiga kotib etib tayinlanadi,oʻsha vaqtda u 14 yoshda boʻlgan.Urush yillari soliq agenti.traktorchilar brigadasi hisobchisi boʻlib ishlagan.1946-yil 8-sinfni bitirgach,Jambul zoovettexnikumiga oʻqishga kiradi.U yerni bitirgach,a'lochi oʻquvchi sifatida Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutiga oʻqishga kiradi va bu yerni ham a'lo baholarga bitiradi.Yoshligidan badiiy adabiyotga oshno boʻlganligi sababli 1956-yil Moskvadagi Oliy adabiyot kursiga oʻqishga kiradi.1958-1960-yillarda "Literaturniy Kirgizstan" jurnalida muharrir,1961-yil "Pravda" gazetasining Oʻrta Osiyo va Qirgʻiziston boʻyicha maxsus muxbiri boʻlib ishladi.1962-yilda Qirgʻiziston Kinematografiya kengashi raisi boʻldi.1988-1990-yillarda butunittifoq "Inostrannaya literatura" jurnalining bosh muharriri boʻldi.1991-yildan boshlab,Qirgʻiziston va Rossiya Federatsiyasining Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi boʻlib ishladi.Zamonamizning ulugʻ yozuvchisi Chingiz Aytmatov 2008-yilning 10-iyunida sakson yoshida ogʻir kasallikdan vafot etdi.

#2reja.

Azaldan ma'lumki,mehnatsevarlik-inson qadr-qimmatini belgilovchi mezonlardan biridir.Shu ma'noda Edigey Jongeldin yoki uni yaxshi bilganlarning ta'biri bilan aytganda,Edigey Boʻron chinakam-mehnatkash.Aytishlaricha,u zaminni yelkasida tutib turganlardan biri.Edigeyning hayoti oʻz davri bilan shu qadar payvand boʻlib ketganki,oʻylashimcha uning insoniy mohiyati ham shunda-oʻz zamonasinig farzandi ekanida.Xuddi shuning uchun ham romanda tilga olingan muammolarni urush qatnashchisi,temiryoʻl ishchisi Edigey taqdiri orqali koʻrsatish muhim edi.Biroq "mehnatkash" tushunchasiga u "oddiy bir banda" boʻlgani,ter toʻkib yer haydagani yoki boʻlmasa podachilik qilgani tufayli,sigʻinmoq kerak degan fikrdan yiroq boʻlgan.Edigey Boʻron tabiatangina yoki kasb koriga koʻra mehnatkash boʻlib qolmay,qalban ham mehnatkashdir.Qalban mehnatkash insongina oʻzini shunday botiniy savollarga tutadiki...bunday savolga kimsalarning javobi doimo tayyor boʻladi.


👆👆👆👆
Download 24.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling