Mavzu: daryolar


Download 82.09 Kb.
bet1/5
Sana13.06.2020
Hajmi82.09 Kb.
#118588
  1   2   3   4   5
Bog'liq
DARYOLAR


MAVZU: DARYOLAR

Quruqlikdan oqib keladigan suvlar. Okeandan bug‘lanib atmosfe­ra orqali quruqliklarga kirib keluvchi nam quruqlikda daryolarni ho­sil qilib, yana okeanga qaytib keladi. Daryo oqimni faqat suvning ay­lanma harakatinigina emas, balki umuman geografik qobiqdagi modda va energiya almashnnuvining ham muhim tarkibiy qismidir.

Oqimning yillik hajmi hozirgi vaqtda 36380 km ga teng bo‘lib, bu miqdor qisqa geologik davr mobaynida deyarli bir me’yorda turib­di. Iqlim o‘zgarishlariga, shu jumladan materiklarning yoki ular kat­ta qismi umumiy namligining o‘zgarib turishiga qarab oqim miqdori ham yo ortadi, yoki kamayadi.

yomg‘ir yoki qor—muz suvlarining quruqlik yuzasidan yonbag‘ir bo‘y­lab yoppasiga oqib tushib yonbag‘ir oqim yoki yuza oqim deyiladi. Suv­larning jilg‘a va daryolar o‘zanidan oqib tushishi o‘zan oqimi deb ata­ladi. O`zan oqimi yonbag‘ir oqimi bilan grunt suvlari oqimnidan hosil bo‘ladi.

Materiklarning ba’zi qismlarida daryolar ko‘p bo‘lib, ular bir ­biriga yaqin, ya’ni zich joylashadi va sertarmoq bo‘ladi­ boshqa qism­larida esa daryolar kam, siyrak joylashadi, irmoqlari ham kam bo‘la­di. Bunga ishonch hosil qilish uchun SHimoliy Afrikani Markaziy Afrika bilan, Janubiy Amerikani Avstraliya bilan, Yevropaning shi­moli-g‘arbini janubi-sharqi bilan taqqoslash kifoya.

Daryolar suv to‘planma oqim bo‘lganligi sababli, daryo tarmoqlari­nnng va daryolarning sersuvligi oqim miqdorini o‘zida aks ettiradi.



Quruqlikning muayyan yuzasidagi (maydonidagi) oqim bir-biri bi­lan o‘zaro bog‘liq uch miqdor­ oqim moduli, oqim koeffitsienti va oqim­ning qalinligi bilan o‘lchanadi.

Oqim moduli deb, joydagi 1 km2 yuzadan bir sekundda oqib chiqadi­gan suv miqdoriga (litr hisobida) aytiladi. Oqim koef~fitsienti yog‘inlarning qancha qismi (protsenti) daryoga kelib to‘plani­shini ko‘rsatadi. Oqimning millimetrlar bilan o‘lchanadigan absolyut miqdori okim kalinligi deb ataladi. Oqim, qancha vaqt ichidagi miqdori hisoblanishiga qarab, oylik, minimal (suv kamaygan davrdagisi), maksimal (to‘lin suv davridagi­si) va yillik bo‘lishi mumkin­ yillik oqim kalendar yil hisobi bilan emas, balki gidrologik yil hisobidan olinadi. Gidrologik yilning boshi oqim sharoiti va daryolar to‘yinishi o‘zgargan kun bilan belgila­nadi. Masalan, Rossiya sharoitida gidrologik yil daryoning yer usti suvidan to‘yinishi tugab, yer osti suvidan to‘yinishga o‘tgan vaqt — 1 noyabr yoki 1 dekabrdan boshlanadi. Ko‘p yillik o‘rtacha oqim bir necha yillik oqimning o‘rtacha arifmetik miqdoridir. Oqimning iqlimga bog‘liq ekanligi. Oqim miqdori joyning ta­biiy geografik sharoitiga, avvalo, yog‘inlar va bug‘lanishi miqdoriga, ya’ni namlanish darajasiga qarab aniqlanadi. Namlanish 100% dan ortiq bo‘lsa, oqim miqdori mumkin bo‘l­gan bug‘lanish miqdoridan qat’i nazar, yog‘in miqdoriga qarab o‘zgara­di. Namlanish 100% dan kam bo‘lsa, yog‘in miqdoridan qat’i nazar mum­kin bo‘lgan bug‘lanish ortgan sari oqim miqdori kamaya boradi.Yog‘inlar, mumkin bo‘lgan bug‘lanish va namlanish zonal-regional xususiyatga ega bo‘lgani uchun oqim ham shu qonuniyatga bo‘ysinadi. Sovet Ittifoqining Yevropa qismlardagi tekisliklarda oqim moduli Kola yarim orolida 15 l!sek km2 dan Kaspiy bo‘yi pasttekisligida 0,5 l!sek km2 gacha kamayadi. Umuman olganda, bu qonuniyat G`arbiy Sibirda ham kuzatiladi. Sharqiy Sibirda oqim moduli 4 l­sek km2 dan 6 l­sek km2 gacha o‘zgaradi.Oqim miqdori qanday yog‘in (qor, yomg‘ir va h. k.) yog‘ishiga hamda qay vaqtda yog‘ishiga ham bog‘liq. Yozgi yomg‘irlar kuzgi salqin vaqtdagi yom­g‘irlarga qaraganda juda kam oqim hosil qiladi. Qishki qor sovuq oylarda erimasligi sababli oqim hosil qilmaydi­ oqim ko‘pincha ba­horgi qisqa to‘lin suv davrida katta bo‘ladi. Yog‘inlar yil bo‘yi bir tekis yog‘sa, oqim ham yil bo‘yi bir tekis taqsimlanadi­ yog‘inlar va mum­kin bo‘lgan bug‘lanish miqdorining fasllarga qarab keskin o‘zgarishi oqim miqdorining ham yil bo‘yi notekis taqsimlanishiga sabab bo‘la­di. Yog‘in suvlarining tuproq-gruntga shimilishi ham yog‘inlarning yog‘ish xarakteriga bog‘liq. Yomg‘ir maydalab uzoq yog‘sa, gruntga ko‘p shimiladi, jala suvi esa, kam shimiladi. Oqimning boshqa tabiiy-geografik omillarga bog‘liqligi. Oqim faqat yog‘inlar bilan mumkin bo‘lgan bug‘lanish nisbatigagina qarab belgilanmaydi. Agar materiklar yuzasi bir xil (gomogen) bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmay qolganda edi, oqim yuqoridagi nisbat bilan aniqlanar edi. Haqiqatda esa, materiklar yuzasi zona va regionlar bo‘yicha xilm a­xil va beto‘xtov o‘zgarishdadir.

25 ­j a d v a l

TURLI TABIAT ZONALARIDAGI OQIM MIQDORI

Zonalar

Regionlar

YOg‘inlar

Muxmkin bo‘lgan bug‘lanish

Namlanish

Oqim

koeffi-

sientn

moduli

Tundra . .

Yevropa .... Sharqiy Sibir

300-350

200


250-300 125

­150%

100-150


80

80


10

4


U rmon . .

Yevropa

SHarqiy Sibir



500 ­600 200—300

400-450

250-300


100-150

99-60


75-30

75-60


10—6

6-4


Lasht . . .

Yevropa

Osiyo


400

300-200


750-1000

1000—1250



59—30

­30


15-10

2-1

0,5


CHo‘l ....

Osiyo

­200

1250—1500

juda kam

0

0

Suv oqimini tabiatning barcha komponentlari o‘zaro ta’sir etadi­gan va o‘zgaruvchan murakkab jarayon deb qarash lozim.

Havo massalari qirlar yoki tog‘lar yon bag‘ridan ko‘tarilayotganda adiabatik ravishda soviydi, undagi nam kondensatsiyalanadi (quyuqla­shadi) va bu yerlarda yog‘in miqdori ancha ortadi. Uncha baland bo‘lmagan qirlarda ham oqim atrofdagi tekisliklardagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Chunonchi, Valday qirlarida oqim moduli 12 l­sek km2 ga teng, uning atr-ofidagi past yerlarda esa 6 l!sek km2 ga tushib qoladi. Tog‘lar­, 221 da oqim moduli yanada ortadi. Oqim moduli Kavkaz tog‘larining shimo­liy yon bag‘irlarida 50 l)sek km2 ga, G‘arbiy Zakavkazeda esa, xatto 75 l!sek km2 ga etadi. Urta Osiyoning cho‘ldan iborat tekisliklarida oqim bo‘lmagani holda, Pomir-Oloy bilan Tyanshanda oqim moduli 25 va 50 l!sek km2 ga yetadi. Tog‘ daryolarining suv miqdoriga yuqoriga ko‘tarilgan sari yog‘inlar miqdorining ortishidan tashqari, yana tog‘lar­da harorat pasayshni munosabati bilan bug‘lanishining kamayishi, yon­bag‘irlar qiyaligi, tuproq qoplamining yaxshi rivojlanmaganligi ham­da suv shimilishining kamayishi ham musbat ta’sir ko‘rsatadi.

Suv qir va tog‘li joylardan tez, tekisliklardan sekin oqadi. Sekin oqqanda yog‘inlar suvi bug‘lanish va shimilishga ko‘proq sarf bo‘­ladi. Shu sabablarga ko‘ra tekislik daryolari rejimi xiyla bir tekis bo‘ladi, tog‘ daryolariga esa, aksincha, ob-havoning salgina o‘zgarishi keskin va darhol ta’sir etadi.

Yog‘in suvlarining gruntga shimilish miqdori, binobarin, daryo­larning yomg‘irsiz davrda gruntdan to‘yinishi havzadagi nurash po‘sti­ning xarakteriga bog‘liq. Qumli va shag‘alli yotqiziqlar oqimni tar­tibga solib turuvchi grunt suvlarining akkumulyatori (to‘plovchisi) hi­soblanadi. Gilli, yaxlit-kristalli va suv o‘tkazmaydigan boshqa xil jinslarda yer usti oqimi kuchayib, yer osti oqimi susayadi.

Tuproq qoplami ham oqimga mana shunday ta’sir etadi. Tuproq qoplami o‘zida suvni ko‘plab to‘playdi va bu bilan oqimni boshqa­rishda ishtirok etadi. Yaxshi rivojlangan tuproqlarning 1 m qalinlik­dagi qismi 200 lsh gacha yog‘in suvining o‘zida to‘plashi va so‘ngra daryo­larga berib, quruq davrda ularning suvini ko‘paytirishi mumkin. Afti­dan, tuproqlarning daryo oqimiga bo‘lgan ta’siri ko‘l va botqoqliklar ta’siridan ham muhimroq, chunki ko‘l va botqoqliklar har yerda joylashgan. Tuproqlar esa deyarli hamma joyda bor. Dasht zonasida yog‘in-sochin miqdori mumkin bo‘lgan bug‘lanishga qaraganda kamroq bo‘l­sa-da, oqim moduli 2—3 l!sek km2 ga etadi. Bunga sabab shuki, yomg‘ir suvlarining bir qismini tuproq shimib oladi va bu suv bug‘lanishga ulgurmay daryolarga kelib quyiladi.

Tuproq qoplamining daryolar oqimiga bo‘lgan ta’siri zonal regio­nal xarakterga ega. Nam ortiqcha zonalardagi tuproqlar yilning ko‘p qismida suvga to‘yingan bo‘lib, bu suvni daryolarga berib turadi. Bi­roq ular bahorda namga to‘yingan bo‘lganligidan oqimni susaytir­maydi. Namlanish yetarlicha bo‘lmagan zonalarda qor eriyotgan vaqtda tuproqlar barcha suvlarini shimib olishi mumkin. Shuning uchun bunday yerlarda qor to‘plash va tuproqqa to‘g‘ri ishlov berish juda muhimdir. Tog‘li o‘lkalar va kristalli qalqonlarning qatlaodi yupqa tuproqlari yog‘in suvlarini kam to‘playdi va oqimga ham kam ta’sir qiladi.

Rus va sovet tabiiyotshunosligida o‘rmonlarning oqimga ta’siri ma­salasi ancha puxta o‘rganilgan.

V. V. Dokuchaev (1892), P. A. Kostichev (1813) dasht o‘rmonlarini yog‘inlarining, binobarin, dashtdagi daryolar, ko‘llar va buloqlarning ham asosiy boshqaruvchisi deb hisoblaganlar. N. V.Ototskiy bilan G. N. Visotskiy yuqoridagiga qarshi fikr yuritganlar.

Bu masaladagi ko‘p yillik munozaralarga sabab shuki, o‘rmonlar oqimga juda qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. O`rmonlar bir tomondan a) transpiratsiya orqali tuproq namligining kamayishi, b) daraxt barg­lari bilan yogin miqdorining bir qismini tutib qolib, so‘ng uni tuproq­qa tushirmay buglatib yuborishi sababli oqimni kamaytiradi. Ikkinchi tomondan esa oqimini kuchaytiradi. Bunga sabab shuki, ular a) havo namligini saqlab turadi, materiklardagi nam aylanishini kuchaytira­di va bu bilan yog‘in miqdorini ham ko‘paytiradi­ b) tuproqning qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va bu bilan tuproqdan bo‘ladigan bug‘lanish­ni 50—70% kamaytiradi­ v) daraxtlar xazoni tufayli va o‘rmon tuproq­larining suv o‘tkazuvchanligi sababli yog‘in suvining gruntga shimili­shini kuchaytiradi­ g) qor to‘planishiga va ularning sust yerishiga ta’­sir etadi, natijada gruntga suv ko‘proq shimiladi­ d) eroziyaga qarshi­lik ko‘rsatadi, bu xam suvning yerga ko‘proq shimilishiga imkon beradi.

Dashtlarda ixota o‘rmonlarining barpo qilinishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan so‘nggi tadqiqotlar o‘rmonlarning oqimga ijobiy ta’sir etishini ko‘rsatmoqda.

Botqoqliklarning oqimiga ta’siri namlanishi ortiqcha bo‘lgan va yetarli bo‘lmagan zonalarda bir-biridan farq qiladi. Botqoqlar o‘r­mon zonasida oqimni boshqaruvchi hisoblanadi. O`rmon-dasht va dasht­larda botqoqlar oqimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi­ ular oqar suvlar va grunt suvlarini o‘ziga tortib olib havoga bug‘latib yuboradi.

Oqimni eng kuchli boshqaruvchilardan biri yirik oqar ko‘llardir. Neva yoki Avliyo Lavrentpy kabi juda katta ko‘l-daryo sistemalari bu­tunlay tartibga tushgan oqimiga ega bo‘lib, bu bilan boshqa barcha daryo sistemalaridan farq qiladi. Lekin ko‘llarning oqimga ta’siri ma­halliy xarakterga egadir.

Oqim tabiiy sharoitining yuqorida keltirilgan obzoridan ma’lum bo‘ldiki, oqim tarixiy jihatdan o‘zgaruvchan jarayondir.

Oqimning umumiy hajmi masalasiga kelsak, bu masalani iqlim o‘zgarishlari masalasi bilan bog‘lab ko‘rib chiqish lozim. Ba’zi tad­qiqotchilar iqlim faqat tobora isib boryapti va oqim kamaymoqda de­salar, boshqalari iqlim bir sovib, bir isib (tebranib) turadi, deb hisoblaydilar.

Oqimning Yer sharida taqsimlanishi. A. I. Voeykovning­ «Daryolar iqlim mahsuli» iborasi keng tarqalgan. Biroq A. I. Voeykov­ «Boshqa sharoitlari bir xil bo‘lganda yog‘in qancha ko‘p va bug‘lanish qancha kam bo‘lsa, o‘lka oqar suvlarga shuncha boy bo‘ladi... binobarin daryolarni iqlim mahsuli deb qarash mumkin», deb yozgan edi. Ko‘rinib turibdiki­ A. I. Voeykov iqlimiy omillarning daryolarning suvdorligidagi aha­miyatini bayon etar ekan, boshqa tabiiy-geografik sharoitlarni ham hisobga olgan. Hozirgi fan yog‘inlar miqdorining ko‘pligiga oqim ho­sil bo‘lishi imkoniyatlaridan faqat biri deb qaraydi, chunki yog‘in miq­dori hamma vaqt ham oqimda aks etavermaydi va hech vaqt uning hal qiluvchi omili bo‘la olmaydi.

Yer sharida oqimning quyidagi zona va regionlari aniq ajralib turadi­



  1. Oqimi mo‘l ekvatorial zona. Oqimning maksimal qalinligi yiliga 1500 mm dan ortiq, minimum 500 mm ga yaqin. Oqim yil bo‘yi bir tekis taqsimlangan.

  2. Subekvatorial zonalar (savanna). Ularda yillik oqim qalin­ligi ekvatorial o‘rmonlardan tropik cho‘llar tomon 500 mm dan 50 mm gacha kamayadi. Oqim yil bo‘yi juda notekis taqsimlangan­ oqimning deyarli hammasi yomg‘irlar fasliga to‘g‘ri keladi.

  3. Tropik zonalar bir-biridan ancha farq qiladigan ikkita regi­onga bo‘linadi­ a) materiklarning g‘arbiy va markaziy qismlarida (cho‘llarda) oqim yo‘q­ b) materiklarning sharqiy chekkalarida yillik oqim 400 mm dan 1000 mm gacha bo‘lib, yil bo‘yi nisbatan bir tekis taq­simlangan.

  4. Subtropik zonalar har bir materikda uch regiondan iborat. Bular­ a) o‘rtacha yillik oqim miqdori 200—400 mm bo‘lgan g‘arbiy (o‘rta dengiz bo‘yi) region, bu erda oqim asosan qishda bo‘ladi­ b) o‘r­tacha yillik oqim 50 mm dan kam bo‘lgan markaziy region (chala cho‘l va cho‘llar)­ v) o‘rtacha yillik oqimi 200—400 mm bo‘lgan musson iqlimli sharqiy region, bu yerda oqim asosan yozda bo‘ladi.

SHimoliy yarim sharning mo‘‘tadil zonasi (CHilining janubiy qismi ham shunga kiradi) to‘rt regiondan iborat­ a) materiklarnnng dengiz iqlimli va yillik oqimi ancha katta —1500 mm dan 400 mm gacha bo‘lgan g‘arbiy qismlari­ oqim yil bo‘yi bir tekis bo‘ladi­ b) marka­ziy rayonlarning o‘rmon zonasidagi yillik o‘rtacha oqim 200 mm cha bo‘lgan shimoliy qismlari­ qor qoplami borligi va bug‘lanish keskin o‘z­garib turishi sababli oqim yil bo‘yi notekis taqsimlangan­ v) marka­zin rayonlarning mo‘tadil mintaqadagi dasht va cho‘l iqlimli janu­biy qismlari­ yillik o‘rtacha oqim 200 mm dan 0 gacha­ bahorda oqim eig ko‘payadi­ g) materiklarning musson iqlimli sharqiy qismlari­ yillik o‘rtacha oqim 1000 mm dan 200 mm gacha, oqim yozda eng ko‘payadi.


  1. SHimoliy yarim sharning tundralarini o‘z ichiga oluvchi qutbyoni zonasi. Yillik oqim 200 mm va undan ham kam. Eng ko‘p oqim bahor va yozga to‘g‘ri keladi.

  2. Qutbiy zonalar. Oqim muz harakati bilan bo‘ladi. Muzni suvga aylantirib hisoblansa, yiliga Antraktidada taxminan 80 mm ni va Grenlandiyada 180 mm ni tashkil etadi.

Har bir regionda oqim qalinligi tog‘larda, ayniqsa ularning sha­molga ro‘para yon bag‘irlarida, keskin ortadi. Masalan, Yevropada eng katta oqim 2000 l­sek km2 ga yaqin bo‘lib, bu Skandinaviya tog‘larining Atlantika okeani tomonga qaragan yon bag‘irlariga to‘g‘ri keladi. O`r­ta va Markaziy Osiyodagi har bir tog‘li o‘lkaning oqimi katta bo‘lib, bu o‘lkalar oqimsiz territoriyalar orasida orol kabi joylashgan. Ba­land tog‘larda oqim daryolar orqali emas, balki muzliklar orqali amalga oshadi.

Yillik eng katta oqim Janubiy Amerikada bo‘lib, 440 mm ga teng­ ikkinchi o‘rinda Yevrosiyo bilan SHimoliy Amerika (290 lsh­yil), uchinchi o‘rinda esa Afrika bilan Avstraliya (150 mm­yil ga yaqin) turadi. Oqim miqdori materiklardagi daryolarning umumiy sonini belgilay­di. Daryolar uzunligi materikning maydoniga bog‘liq.



CHekka oqim oblastlari, ichki oqim oblastlari va oqimsiz oblast­lar. Yer usti va yer osti suvlari materiklarning katta qismi va barcha orollardan ba’zan murakkab gidrografik tarmoqlar orqali dengiz va okeanlarga borib quyiladi. Bunday territoriyalar chekka oqim ob­lastlari deyiladi. Biroq har bir materikda yana shunday maydonlar ham borki, ularning oqimi okeanlarga emas, balki ichki suv havzala­ri — ko‘llarga to‘planadi. Bunday territoriyalar — ichki oqim oblast­lari deb ataladiI.

Nihoyat, Osiyo, Afrika va SHimoliy Amerikaning katta-katta may­donlari oqimsiz oblastlardir, ularda oqim butunlay yo‘q.

Oqimning yo‘nalishiga qarab ikkita chekka oqim oblasti ajrati­ladi­ bular SHimoliy Muz-Atlantika va Hindiston-Tinch okean ob­lastlaridir

Yer sharining bosh suvayirg‘ich chegarasi Gorn burnidan boshlanib, Kordilera tog‘lari orqali Bering bo‘g‘ozigacha boradi, so‘ngra SHarqiy va Markaziy Osiyo hamda Sharqiy Afrikadan o‘tadi. Tinch va Hind okeanlari sohillari tog‘li, SHimoliy Muz va Atlantika okeanlari sohillari esa pastlikdir. Atlantika va SHimoliy Muz okeanlari hav­zasi Tinch va Hind okeanlari havzasidan katta (26-jadval,).

Ayrim materiklarni, ayniqsa o‘lkalarni ta’riflayotganda, oqim qaysi okean yoki dengizga yo‘nalganligini ko‘rsatib o‘tish lozim. SSSR territoriyasi maydoni va oqim hajmi turlicha bo‘lgan to‘rtta havzaga bo‘linadi.



26­j a d v a l

HAVZALARNING MAYDONI VA DARYO OQIMI HAJMINING HAVZALAR BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

Quruqlik oblastlari

Maydoni, ming k.«ya

Yilik oqim

hajmi, km3

qalinligi, LPS

Atlantika va SHimoliy Muz okeanlari hav­zasi ......

64625

21300

316

Tnnch va Hind okeanlari havzasi ....

52889

15080

304




Ichki oqim oblastlari va oqimsiz oblast­lar .

31124

7400

21

Download 82.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling