Mavzu: daryolar


­jadval SSSR TERRITORI YASIDAGI OQIM HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR (P. S. Auzindan)


Download 82.09 Kb.
bet2/5
Sana13.06.2020
Hajmi82.09 Kb.
#118588
1   2   3   4   5
Bog'liq
DARYOLAR



27 ­jadval

SSSR TERRITORI YASIDAGI OQIM HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR (P. S. Auzindan)

Havzalar

1

1

Maydoni bar­cha territoriiga nisbatan, % hisobida

Oqim

kmya yil

l1sek,km?

Hamma oqimga nisbatan % hisobida

SHimoliy Muz okeani

54

2394

6.5

66

Tinch okean

15

850

8.4.

22

Atlantika okeani . ....

8

316

5.6

8

Ichki oqim havzalari

23

378

2.4

10

Jami

100

3938

5.7

100

Ichki oqim oblastlari Kaspiy, Orol, Balxash hamda O`rta Osiyo­ning boshqa ko‘llari havzalarini, shuningdek, Markaziy Osiyoning kat­ta qismini, Old Osiyoning ko‘p rayonlarini, SHimoliy Amerikadagi Katta havzani, Janubiy Amerikadagi Titikaka ko‘li va Avstraliyadagi Eyr ko‘li havzalarini o‘z ichiga oladi. Aytib o‘tilgan yerlarning doi­miy gidrografik tarmoqlari bor, bu tarmoqlar bir joyda zich va ser­suv (masalan, Volga tarmoqlari) boshqa joylarda daryolar o‘tkinchi (tranzit) daryolar bo‘lib, oqim ichki havzalarga boradi.

Ichki oqim oblastlarining vujudga kelishi materik ichkarisidagi okeandan uzoqdagi yoki okeandan tog‘lar bilan to‘silib qolgan terri­toriyalar nam aylanishning xususiyatlari bilan bog‘liq. Havo massa­lari materiklar ichkarisiga, ayniqsa, tobora issiq joylargan, masa­lan, Rossiya tekisligining janubi-sharqiga uzoq kirib borgan sari shu qadar quruqlashadiki, yog‘in miqdori mumkin bo‘lgan bug‘lanishidan ancha kamayib ketadi.

Ichki oqim oblastlari konsentrik shaklda bo‘ladi. Ularda halqa­simon uchta maydon yaqqol ajralib turadi. Bular­ a) nam chekka qismi­ bu qism tekislik bo‘lishi ham (yuqori Volga), tog‘li bo‘lishi ham (Sir­daryo va Torimning bosh qismlari va boshqalar) mumkin­ daryolar shu yerlardan to‘yinadi­ b) o‘rta halqa­ undan daryolar oqib o‘tadi, xolos­ irmoqlari bo‘lmaydi­ v) har bir oqimsiz oblastning markazlari­ bu yerlarda daryolar keltiradigan suv miqdori, bu suvlarning bug‘lanishi­ga teng bo‘ladi­ daryolar o‘z suvini atrofi berk botiqlarga keltirib quyadi, ko‘llar hosil qiladi­ bu ko‘llarning suv sathi shunday baland­likda bo‘ladiki, bu balandlikda suv yuzasidan bo‘lgan buglanish miq­dori daryolar keltirayotgan suvga teng bo‘ladi. Biroq iqlim o‘zgarishla­riga qarab suv massasi balansi o‘zgarib turadi.

Oqim siz oblastlar issiq mintaqa cho‘llarini egallaydi. Bu yerlar­da daryolar ham, oqim ham bo‘lmaydi.




Қитъалар


Оқимсиз областлар
майдони, км'
2 ҳисо-
бида

11771 000

9935000 3309 000 1451 000 1070 000 45200


Оқиисиз областлар
майдони, % ҳисо-
бида

40

24



43

8

5



5

Oqimsiz oblastlar va ichki oqim oblastlarn katta mandonlarni egallaydi..­


SHimoliy Amerika

Yevropa . . . . . . . ­

Daryo sistemalari va gidrografik tarmoqning tuzilishi.

Daryo deb bir joydan doimo (yoki qurg‘oqchil faslda to‘xtab) oqa­digan suv oqimiga aytiladi. Agar daryolar qurg‘oqchil faslda qurib qolsa, ular qurib qoluvchi daryolar deyiladi. Daryolarning bir joy­dan oqishi nisbiydir­ har qanday suv oqimi vaqt davomida shimoliy yarim sharda o‘ngga, janubiy yarim sharda chapga buriladi.

Barcha jilg‘a, soy, daryo, vaqtli oqar suvlar va ko‘llar quruqlik­ning gidrografik tarmog‘ini hosil qiladi.

Gidrografik tarmoqning katta qismi kichik daryolardan iborat. Ularning umumiy sonini hisoblab bo‘lmaydi­ chunki vaqtli oqar suv­lar va doimiy oquvchi jilg‘alar hamda kichik daryolar o‘rtasida aniq chegara yo‘q va ularni ajratish qiyin. SSSR daryolarining umumiy soni 150 000 dan ortadi, ularning yalpi uzunligi esa 3 mln. km ga yetadi, deb hisoblaydilar. SSSRning daryo tarmoqlari 28-jadvalda berilgan.

28 ­j a d v a l



SSSRNING GIDROGRAFIK TARMOQLARI (A. A. Sokolovdan)

Daryolarning katta-kichikligi •

Uzunligi, ki hisobnda

Darslar soniga nisbatan % hiso­bida

DarSlar sonn

Juda kichpk

5 gapa

84.00




Kichik

25—100

13,70



O‘rtacha .

101-500

2.15

2507

Katta .

501-1000

0,10

120

Juda katta

1000 dan ortits

0,05

54

Har bir daryo sistemasi bitta bosh daryo va uning ko‘plab irmoqla­ridan iborat bo‘ladi. Bosh daryo suvining ko‘pligiga, yo‘nalishiga, vo­diysining kattaligi va xarakteriga, shuningdek daryoning uzunligiga hamda havzasining maydoniga qarab ajratiladi. Ko‘pincha bosh daryo deb gidrologik va morfologik jihatdan asosiy bo‘lmagan, balki fa­qat kishilar tomonidangina sistemaning bosh daryosi deb qabul qilin­gan irmoqlar olinadi. Masalan, Volga sistemasidagi bosh daryo gidro­logik jihatdan olganda, Qamadir. Biroq ruslar Volga daryosi sistema­sini Moskva tomondan boshlab o‘zlashtirganligi sababli bosh daryo deb yuqori Volga qabul qilingan. Ko‘pincha deyarli bir-biriga teng irmoq­lar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan daryolarga yangi nom beriladi­ chunonchi Suxona bilan Vichegda o‘zaro qo‘shilgach, daryo SHimoliy Dvina deb ata­ladi.

Bosh daryoga kelib quyiladigan daryolar birinchi darajali irmoq­lar, bu irmoqlarga quyiluvchi daryolar esa ikkinchi darajali irmoq­lar deyiladi va h. k. Irmoqning tartib nomeri uning bosh daryodan qancha uzoqda ekanligini bildiradi, biroq uning kattaligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. Har bir daryoda birinchi darajali deb hi­soblanuvchi juda kichik irmoqlar bor, vaholanki, katta daryolar ik­kinchi, uchinchi va h. k. darajali irmoqlar deb hisoblanishi mumkin. Shu sababli daryolar katta-kichikligiga qarab bo‘linadigan sistema ham mavjud. Daryolar kattaligiga qarab bir qancha sinfga bo‘linadi. Birinchi sinfga irmoqlari yo‘q oddiy daryolar kiradi. Ikkinchi sinf­ga irmoqsiz oddiy daryolarga kelib quyiluvchi daryolar kiritiladi va h. k. Bosh daryo qancha katta (serirmoq) sistemaga ega bo‘lsa, shuncha katta tartib nomerini oladi.

Ko‘l-daryo sistemalari g‘oyat o‘ziga xosdir. Ular ko‘pdan-ko‘p katta va kichik ko‘llar hamda ulardan oqib o‘tuvchi qisqa va sersuv daryolar­dan iborat bo‘ladi. Bunday sistemada suvini dengizga olib borib quyuvchi so‘nggi bosh daryo hisoblanadi. Masalan, uzunligi bor-yo‘g‘i 74 km bo‘lgan Neva daryosi Svir, Volxov, Ladoga, Onega, Ilmen va boshqa ko‘l hamda irmoqlarni o‘z ichiga olgan juda katta sistemaning bosh daryosi hisoblanadi.

Daryolarning ishi. Daryolarda suvning oqishiga sabab, ular o‘zani­ning nishab ekanligi va o‘zanga muttasil suv oqib kelib turishidir.

Har bir suv oqimida suvning harakati turbulentdir. Uning istal­gan nutqasidagi tezligi va yo‘nalishi doim o‘zgarib turadi. Oqimni ta’riflashda 2—5 minutdagi o‘rtacha tezlikdan foydalaniladi. Daryo suvlari harakatining turbulentligi muhim gidrologik va geomorfolo­gik oqibatlarga olib keladi.

Suv oqimi o‘zanning yoni va tagiga uriladi va grunt zarrachalarini uzib olib, oqizib ketadi. Shunday qilib daryo erozion shi bajaradi. Suv oqimi ham eroziya natijasida hosil bo‘lgan hamda suvayirg‘ichdan 228 muallaq ravishda oqib kelgan mineral zarrachalarni uzoq masofalar­ga olib ketadi. Oqim yirik parchalarni suv tagida yumalatib olib ke­tadi. Daryolarning bu ishi transportirovka yoki jinslarnn tashib keti­shp deyiladi. Oqim sekinlashsa, suv oqizib kelayotgan zarralar cho‘kib to‘plana boradi. Bu jarayon akkumulyasiya deyiladi. Oqar suvlar allyu­vial yotqiziqlarni hosil qiladi.

Bu nisbat daryoning hamma qismida bir xil bo‘ladi. Bu shupi ko‘rsata­diki, agar daryo boshida suv massasi kamroq bo‘lsa, u daryoning quyi qismiga tomon orta boradi, ya’ni oqim tezligi shu yo‘nalishda kamaya­dp­ oqim tezligining kamayishiga sabab daryo o‘zani qiyaliginipg kama­yishidir.

Daryoning quyi qismiga tomon tezlik suv massasining ortishiga qaraganda tezroq kamaya boradi. Shuning uchun xam o‘zan qiyaligi bilan suv massasi o‘rtasidagi nisbat to‘g‘ri chiziqli oddiy to‘gri ko‘paytish bo‘lmay, darajali ko‘paytirishdir. Daryo o‘zanining qiyaligi geologik jihatdan bir xil tuzilgan joylarda birday kamaymaydi, balki botiq chiziq tarzida bo‘ladi va u normal kiyalik profili deyiladi

Normal qiyalikning nazariy yern chi­zigi daryoning yuqori qismlarida tik­roq, quyi qismlarida esa gorizontal yuzaga urinma tarzida bo‘ladi.

Daryolarning ko‘ndalang profili ularning suv massasi ko‘p bo‘lgan quyi qismidan boshlab shakllanadi. N. I.Makkaveev tadqiqotlari ko‘rsatishicha, bu protsess yog‘inlar miqdoriga ham bog‘­liq­ yoginlar miqdori esa ma’lumki, katta daryolar havzasining turli qism­larida bir xil emas. Oqim qalinligi ortgan sari eroziya ham kuchayadi va daryo profilining yegriligi ortadi.

Eroziya protsessi daryo etagidan yuqori oqimiga tomon yo‘naladi­ buni regressiv (chekinma) eroziya deyiladi.

Daryolar suv ayirg‘ichni chuqur o‘yib o‘tib, ko‘pincha qarama-qarshn yon bag‘irdagi daryolarni ham o‘ziga qo‘shib olgan.

Daryo normal qiyalik profnlini hosil qilgunga qadar tagini o‘ya boradi. Bunday chutsurlama eroziya daryo­ning dengizga quyilish joyidagi sathidan pastda ro‘y bermaydi. Shu­ning uchun daryoning dengizda quyilaverishdagi sathi eroziya bazisi deb ataladi. Dunyo okeani sathi barcha daryolarnnng so‘nggi eroziya hisoblanadi. Ko‘l-daryo sistemalarida ko‘llar mahalliy eroznya baznsn hisoblanadi. Agar daryo yaxlit kristalli jinslarni kesib o‘tsa, bu jinslar daryo uchun mahalliy eroziya bazisi hisoblanadi.

Okean, dengiz yoki ko‘l sathi, shuningdek quruqlik balandligining o‘zgarishlari eroziya bazisining tebranishlari deb ataladi­ bu tebra­nishlar daryolar ishida darhol aks etadi.



Oqar suvlarning er po‘sti geologik-geomor­fologik tuzilishi bi­lan o‘zaro ta’siri.

Daryo havzalari bilan daryo sistemalarining shakli tekisliklar relyefi va ularning geologik strukturasini aks ettiradi. Odatda tog‘ burmalari, qalqonlar, qattiq jinslar yer betiga chiqib yotgan joylar, marzalar va boshqalar suvayirg‘ich rolini o‘ynaydi. Daryo sistemalari tektonik cho‘kma va bukilmalarda joylashadi. Bosh daryolar ko‘pincha yer po‘stining yoriqlari yoki uzilmalaridan oqadi.

Daryolar oqib o‘tadigan territoriyalar relyefi daryolar sistemasi qiyofasida aks etadi va eroziya jarayonlarini ko‘p jihat­dan belgilab beradi. Masalan, Yevropaning shimolidagi kabi qiya tekisliklarda daryo sistemalari parallel joylashadi. Tekto­nik bukilmalarda Amazonka sistemasi kabi patsimon daryo sistemalari hosil bo‘ladi. Eniseyga o‘xshash bir tomonlama sistemalar ikki xil morfologik struktura o‘zaro tu­tashgan joylarda vujudga keladi. Daryolar tektonik soyliklardan yelpug‘ichsimon siste­ma hosil qilib oqadi. Bunga Dunayoning o‘rta oqimi Parij havzasi daryolari misol bo‘ladi. Gorizontal tekisliklarda daryo sistemalari go‘yo daraxt shoxlagandek ko‘ri­nishga ega. Bunga yuqori Volgani misol qi­lib ko‘rsatish mumkin.

Har bir daryo hayotida uch bosqich­ yoshlik, etuklik va keksalik bosqichi bo‘ladi.

Daryo yoshlik bosqichida hali normal qiyalik profilini hosil qilmagan bo‘ladi. Bu hol daryo sistemasida ko‘llarning ko‘p­ligida namoyon bo‘ladi. Bunday sistemalar dengizga zinapoyasimon tushib keladi va bu zinapoyaning har bir bosqichida ko‘l joy­lashgan bo‘lib, ular orasida sersuv, kopin­cha serostona daryolar oqadi.

(29-jadval).

TEKISLIKLARDAGI ENG KATTA SHARSHARALAR1


SHarsharalar

SHarshara joylashgan daryo

SHarsharaning balandligi m his.

SHarsharaning keiglign m hns.

Viktoriya

Zambezi ......

120

1800

Iguatsu

Iguatsu , .

72

4000

Niagara

Niagara

51

1237


Download 82.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling