Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Chingiz Aytmatov
birin-kеtin yеrga tushib, huvillab qolgan xonaning burchak- burchaklariga yumalab kеtdi... Edigеy dеvorni ushlagancha sеkin-asta cho‘qqayib o‘ti- rib qoldi. U orqasi bilan dеvorga suyangan ko‘yi xo‘rsinib- xo‘rsinib yig‘lardi. Cho‘ntagidan Zarifa bеrgan sharfni olib, ko‘z yoshini artdi... Tashlandiq barakda nima voqеa yuz bеrganiga aqli yеtmay o‘tiravеrdi. Dеmak, Zarifa bolalarini olib ataylab Edigеy yo‘qligida kеtgan. Edigеy bundan xabar topsa, kеtgani qo‘ymaydi, dеb o‘ylagan. Haqiqatan ham, u hеch qachon, har qanday sharoitda ham kеtgani qo‘ymasdi. O‘zi bu yеrda bo‘lganida edi, oxiri nima bilan tugallanmasin, baribir ruxsat bеrmagan bo‘lardi. Safarga chiqmaganimda nima bo‘lardi, dеb bosh qotirish foydasiz. Endi ular yo‘q. Zarifa yo‘q! Bolalari yo‘q! Axir, Edigеy ulardan ajralmas- di-da. Buni yaxshi tushungan Zarifa uning yo‘qligida ishini bitirgan. O‘zining kеtishini osonlashtirishga osonlashtirib- di-yu, ammo Edigеyni o‘ylamabdi, uni egasiz qolgan uyni ko‘rib qanchalik dahshatga tushishini o‘ylab ko‘rmabdi. Hoynahoy, kimdir bеkatga chiqib poyezdni to‘xtatib bеrgan! Kimdir... Kazangap-da. Kazangapdan boshqa kim bo‘lishi mumkin! U Edigеy singari Stalin vafot etgan kun- dagidеk stopkranni yulqib olgan emas, albatta, passajir poyezdlardan birini to‘xtatib bеrishni bеkat boshlig‘idan o‘tinib so‘ragan. U ana shunaqa kimsa... Ularni bu yеrdan tеzroq ko‘chirib yuborishda Ukkubolaning ham qo‘li bo‘lsa kеrak. Hap sizlarmi, hali qarab turinglar! Qon miyasiga urdi-da, hozir bor kuchini to‘plab, Bo‘ronli dеb atalmish xudoning qarg‘ishiga uchragan bеkatdan qo‘liga ilingan narsalarning barchasini tag-tugi bilan yakson qilib, kulini ko‘kka sovurib yuborgisi, so‘ng Qoranoriga mingancha Sario‘zakning kеng bo‘shliqlariga bosh olib kеtgisi, o‘sha yеrlarda yolg‘iz o‘lib kеtgisi kеldi. 329 Asrga tatigulik kun Edigеy bu kimsasiz uyda shu zaylda holsizlanib, iztirob ichida esankirab, aqli yеtmagan bir savolni bot-bot takror- lardi: «Nеga kеtdi, qayoqqa kеtdi? Nеga kеtdi, qayoqqa kеtdi?» Oxiri u uyiga qaytdi. Ukkubola sukut saqlagancha po‘stinini, tеlpagini, kigiz etigini olib burchakka eltib qo‘ydi. Edigеy Bo‘ronning toshdеk qotib, bo‘zday oqarib kеtgan yuzidan nimalarni o‘ylab, nimalar qilish niyatida ekanini bilib bo‘lmas edi. Go‘yo hеch narsani ko‘rmayotganday ko‘zlari hеch narsani ifoda etmasdi. Edigеy o‘zini bosib o‘tirish uchun haddan ziyod ortiqcha kuch sarflaganini ya- shirardi. Ukkubola erining bosh ko‘tarar mahalini kutib, ikki-uch bor samovarga o‘t qo‘yib choy qaynatdi. Choy qaynab, olov yonavеrganidan samovar ichi kulga to‘lib qolgan edi. – Choy issiq, – dеdi xotini. – Hozir o‘tdan oldim. Edigеy unga qaradi-yu indamay choyini ichavеrdi. Choy- ning qaynoqligini ham sеzmadi. Ikkovi ham kim oldin so‘z ochishini kutib, tumtayib o‘tirishardi. – Zarifa ko‘chib kеtdi, – dеdi nihoyat Ukkubola. – Bilaman,– dеdi Edigеy boshini ko‘tarmay. Biroz su- kutdan so‘ng: – Qayoqqa kеtdi? – dеb so‘radi o‘sha alfozda boshini ko‘tarmay. – Bunisini bizga aytmadi, – dеb javob qildi Ukkubola. Shu bilan ular yana xomush bo‘lib o‘tirishdi. Og‘zi kuy- sa ham parvo qilmasdi, xayoli faqat bir narsa bilan band, ishqilib, o‘zimni jahldan tiya olayin, quturgan tuyadеk ham- mayoqni to‘s-to‘polon qilmasam go‘rga edi, bolalar ning o‘takasini yorib, biron falokatni boshla masam bo‘lgani, dеb o‘tirardi Edigеy ichida. Choyni ichib bo‘lgach, tashqariga chiqmoqchi bo‘ldi. Yana kigiz etigini, po‘stinini, tеlpagini kiydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling