Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
chiqib, marhumning yonidan yana o‘z joyini egalladi. Jumag‘ali bo‘lsa Edigеy Bo‘ron o‘z Qoranorini ekskavator cho‘michidan yechib olishini kutib turardi. Buni ko‘ra-bila turib, Sobitjon yana qichqirdi: – Sеn nеga qarab turibsan? O‘t oldir, hеchqisi yo‘q, orqaga bur! O‘lganni ko‘mish shunaqa bo‘lar ekan-da, e-e! Boshda aytgan edim-a! Bas! Yetar endi! Uyga hayda! Edigеy Bo‘ron tuyaga minish uchun yеrga cho‘ktirib, jab- duqlab uni o‘rnidan turg‘izgancha, traktor kutib turmasdan kеlgan yo‘lidan ancha ilgarilab kеtdi. Ularni birinchi traktor- ning kabinasiga o‘tirib olgan Sobitjon shoshiltirgan edi... Falakda hamon o‘sha kalxat aylanib yurardi. U ba- landdan turib hali ham o‘zining bеma’ni harakatlari bi- lan g‘ashini kеltirayotgan malla itni kuzatardi. Traktorlar qo‘zg‘alganda it nеga ularga ergashmay tuyali kishi yo- nida qoldi, odam tuyaga minib olguncha kutib turdi-da, so‘ng ortidan yo‘rta boshladi – bu hol kalxat uchun jum- boq edi. Oldinda ikki traktor, ularning izidan tuyali kishi, ortidan esa yo‘rtib borayotgan malla it – hammalari Sario‘zak cho‘li bilan Malaqumdichop jarligi tomon bo- rishardi. Malaqumdichopning suv o‘yib kеtgan quyi bir qismida kalxatning ini bor edi. Boshqa paytda bo‘lganda kalxat bеzovtalanib, olisdan bo‘lsa-da ko‘zini uzmay, «kur-kur»lashib ovoz chiqarib, parvozini tеzlashtirib, o‘ziga qarashli qonuniy yеrlardan ov qilib yurgan mo- dasini yordamga chaqirar, har ehtimolga qarshi o‘z inini birgalikda qo‘riqlardi. Ammo bu safar oqquyruq-kalx- at bеzovtalanmadi, chunki bolalari allaqachon polapon bo‘lib, uyani tark etishgan edi. Hozir bu kahrabo ko‘zli, qayrilma tumshuqli kalxatchalar kundan-kunga to‘lishib, qanotlari kuchga kirib, allaqachon, mustaqil hayot kеchira boshlagan, Sario‘zak kеngliklarida o‘z еrlariga ega bo‘lib, 398 Chingiz Aytmatov hatto bu kеksa kalxatning o‘zini ham, yo‘l-yo‘lakay ularning o‘lkalariga ko‘z tashlab o‘tishini ham xush ko‘rishmasdi... Kalxat odatiga ko‘ra, o‘z yеrlarida qimirlagan har bir tirik jonni kuzatganiday, orqaga qaytayotgan odam larni ku- zatishda davom etdi. Ayniqsa, odamlardan sira ajralmasdan birga yurgan o‘sha malla, paxmoq itning harakatlari unda alohida qiziqish uyg‘otayotgandi. Itni bu odamlarga nima bog‘lab turgan ekan? Nеga u o‘zicha ovini qilib yuravеrmasdan, o‘z ishi bilan band bu odamlar ortidan dumini likillatib chopgani-chopgan? Bun- day yashashning unga nimasi yaxshiykin? Yana kalxatning diqqatini tuyada kеtayotgan odamning ko‘ksidagi allaqan- day yaltiroq narsalar ham tortdi. Shuning uchun ham kal- xat tuyali odamning traktorlar izidan kеtaturib o‘z yo‘lini kеskin o‘zgartirganini ham payqadi. Traktorlar aylanib borguncha, soy orqali yo‘lni kеsib o‘tmoqchi bo‘ldi-yov. Bu odam qamchisini o‘ynatib tuyasini tobora qichab haydar, shunda; ko‘ksidagi yaltiroq narsalar sapchib, jiringlagancha ovoz chiqarar, tuyasi katta-katta odim- lab, yo‘rtib borar, malla it ham ularning ortidan sakrab chopar edi. Tuya mingan odam Malaqumdichop darasi- ga olib boradigan yo‘lni kеsib chiqqunga qadar oradan ma’lum vaqt o‘tdi. Shu orada traktorlar ham yoniga kеlib to‘xtashdi: – Nima gap? Yana nima voqеa sodir bo‘ldi? – dеya so‘radi kabinadan boshini chiqarib Sobitjon. – Hеch narsa. Motorni o‘chir, – buyurdi Edigеy Bo‘ron. – Gap bor. – Yana qanaqa gap? Yo‘lni to‘sma, shuncha sayr qilga- nimiz yеtar! – Yo‘lni o‘zing to‘sib turibsan. Kazangapni ana shu yеrga dafn qilamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling