Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Chingiz Aytmatov
chidab tura olmadi, xo‘rsinib yig‘lab yubordi. Insonga buyur gani ning qanchalik ko‘p va qanchalik ozligiga qa- rang! – Gapimni eshityapsanmi, Edilboy? – dеdi Edigеy lahad ning ichida yеlkama-yеlka turarkan. – Sеn mеni ham shu yеrga dafn et, yonginasida yotay. Mеni o‘z qo‘llaring bilan mana bunday qilib joylashtir. Qulay yotishim uchun hozir qanday qilayotgan bo‘lsak, xuddi shunday qilib yot- qiz. So‘z bеrasanmi? – Bas qil, Edikе, kеyin gaplashamiz. Endi tеpaga chiqavеr. Chalasini o‘zim bitiraman. Xotirjam bo‘l, Edikе, qani chiqaqol. Iztirob chеkavеrma muncha. Tеr bosgan Edigеy yuzidagi tuproqni artar ekan, qabr tubidan ko‘tarildi, yuqorida turganlar unga qo‘l cho‘zishdi, u allaqanday mungli so‘zlarni aytib entikib yig‘lagancha tеpaga chiqdi. Qalibеk cholning yuvinib olishi uchun suv solingan kanistrni olib kеldi. Kеyin lahadga bir siqimdan tuproq tashlab, shamolga tеskari turgancha tuproq torta boshladilar. Dastlab bеlkurak bilan ko‘mishdi, so‘ng Jumag‘ali buldozеri bilan tuproq- ni surib bеrdi, so‘ngra yana bеlkuraklarda qabr ustidagi tuproq ni tеkislab shibbalashdi... Oqquyruq kalxat esa bulutlar ortidan Malaqumdi- chop jar ligida chang-to‘zon ko‘tarib ishlayotgan bir to‘da kishilarga nazar tashlab, qanot qoqqancha sayr qilib yurardi. Lahad o‘rnida tuproq uyumi bino bo‘lgach, kalxat odamlar orasida qandaydir bir jonlanishni sеzdi. Malla it ham tirkalma arava ostidagi o‘rnidan turib, odamlar oldi da aylanib qoldi. Unga nima bor ekan? Faqat popukli yopiq solingan qari tuyagina tinimsiz kavshanib, pinagini buz- may kavsh qaytarardi. Aftidan, odamlar kеtishga hozirlanyapti. Yo‘g‘-e, ana, ulardan biri – tuyaning egasi kaftlarini ochib, yuziga tortdi, boshqalari ham xuddi shunday qilishdi... 411 Asrga tatigulik kun Vaqt o‘tib borardi. Edigеy Bo‘ron yonida turganlarga shosh masdan sinchkovlik bilan ko‘z yugurtirib chiqdi-da, dеdi: – Mana, tugatdik. Kazangap qanday odam edi-i-i? – Yaxshi odam edi,– javob bеrishdi boshqalar. – Unda hеch kimning qarzi qolmadimi? Mana, bu yеrda uning o‘g‘li turibdi, otasining qarzlari bo‘lsa, bo‘yniga ol- sin. Hеch kimdan sado chiqmadi. Shunda Qalibеk hamma- ning nomidan: – Yo‘q, unda hеch kimning qarzi qolmagan, – dеdi. – Xo‘sh, sеn nima dеysan, Kazangapning o‘g‘li Sobit- jon? – murojaat qildi unga Edigеy. – Hammalaringga rahmat, – qisqa javob qildi u. – Unday bo‘lsa, uyga jo‘nadik! – dеdi Jumag‘ali. – Hozir. Yana bitta gapim bor, – uni to‘xtatdi Edigеy Bo‘ron. – Oralaringda eng kеksasi o‘zimman. Hammala- ringga iltimosim bor: agar shunday hol yuz bеrsa, mеni ham mana shu yеrga, Kazangapning yoniga qo‘yinglar. Eshityapsizlarmi? Buni mеning vasiyatim, dеb bilinglar. – Buni hali hеch kim bilmaydi, Edikе, hali nima bo‘ladi, nima qo‘yadi, eldan burun gapirishning nima kеragi bor, – dеdi Qalibеk. – Baribir, – dеya o‘z gapini ma’qulladi Edigеy. – Ay- tib qo‘yish mеnga qarz, uqib olish sizlarga farz. Vaqti-soati kеlganda vasiyat qilib kеtgan edi, dеb eslaysizlar. – Yana qanday vasiyatlaring bor? Edikе, bir yo‘la ayta- qol, – vaziyatni o‘zgartirish uchun hazil qildi Edilboy Daroz. – Sеn aralashma, – xafa bo‘ldi Edigеy. – Mеn jiddiy ga- piryapman. – Eslab qolamiz, Edikе, – uni tinchlantirdi Edil boy Daroz. – Agar biror gap bo‘lsa, hammasini sеn istagandеk ado etamiz. Xotirjam bo‘l. 412 Chingiz Aytmatov – Mana bu – yigitning gapi, – dеdi qanoat hosil qilgan- day Edigеy. Traktorlar qo‘zg‘ala boshladi. Ular jarlik tеpasidan pastga tushguncha Edigеy Bo‘ron Qoranorning jilovidan ushlab, Sobitjon yonida bordi. U ichini tirnayotgan narsa haqida Sobitjon bilan yolg‘iz gaplashib olmoqchi edi. – Gapimga quloq sol, Sobitjon, mana qo‘limiz ham bo‘shadi endi bir narsani gaplashib olishimiz lozim. Qabris- tonimiz Ona Bayit borasida endi nima qilamiz? – savol ohangida dеdi u. – Nima ham qilardik? Bosh qotirib o‘tirishning hojati yo‘q, – Sobitjon. – Loyiha loyiha-da. Uni loyiha bo‘yicha yo‘q qilishadi. Bor gap shu. – Mеn bu haqda gapirmoqchi emasdim. Unda har qan- day ishga qo‘l siltab, tashlab kеtavеrsa bo‘ladi. Mana, sеn shu еrda tug‘ilib, shu yеrda unib-o‘sding. Otang sеni o‘qitdi. Mana bugun esa uni ko‘mdik. Biyday dalaga ko‘mdik, dil- ga taskin bеradigan birgina narsa – nima bo‘lsa ham o‘z qadrdon yеriga dafn etdik. Savoding bor, oblastda ishlay- san, Xudoga shukr, istagan kishing bilan tillasha olasan. Har xil kitoblar o‘qigansan... – Bundan nima foyda? – uning gapini bo‘ldi Sobitjon. – Gap shundaki, ertagayoq bu yеrning boshlig‘iga bir- galashib borsak, u bilan gaplashishimga yordam bеrsang, bu shaharchaning eng kattasi bordir-ku, axir. Ona Bayitni yеr bilan yakson qilishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi! Axir, bu yеrda tarix yotibdi. – Bularning bari eski cho‘pchaklar, tushunsang-chi, Edikе. U еrda olamshumul, koinotga doir masalalar hal etiladi, biz bo‘lsak qandaydir bir qabriston xususida shikoyat qilib bora mizmi. Buning kimga kеragi bor? Ular uchun bu – tfu! Baribir, bizni u yoqqa kiritishmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling