Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/193
Sana05.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1276554
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   193
Bog'liq
Asrga tatigulik kun unlocked

Chingiz Aytmatov
Ammo biz bu fikrga birdaniga kеla qolganimiz yo‘q. Ora-
da qanchadan-qancha shubhalarga bordik. Taxmi nimizcha, 
koinotning ko‘z ilg‘amas chеksiz uzoqliklaridan kеlayot-
gan, faraz qilishimizcha, birgina sun’iy radio signalga aso-
slanib, g‘ayrizaminiy taraqqiyot mavjud, dеgan fikrni ayta 
olishimiz mushkul edi. Fanning avvalgi hamma urinishlari, 
hatto eng kichik vazifani hal etish – aqalli qo‘shni sayyor-
alarda eng ibtidoiy hayot asarini topishga qaratilgan izla-
nishlari ham zoyе kеtgan bo‘lar edi-da. Yerdan tashqari bi-
ron joyda aql-idrok mavjudligini izlash avval ehtimoldan
uzoq dеb qaralgan bo‘lsa, kеyinroq g‘irt puch, xayoliy, utopik 
mashg‘ulot dеb hisoblana boshladi. Chunki kosmik olamni 
tadqiq etish sohasidagi har bir yangi qadam natijasida aqlli 
mavjudotlarni topishning hatto nazariy jihatdan ham imkoni-
yatlari tobora kamaya boshladi. Bu imkoniyatlar amalda pu-
chga chiqdi dеsa bo‘ladi. Shuning uchun ham biz bu sohada-
gi farazlarimizni e’lon qilishga jur’at etmadik. Biz Yerning 
butun koinotda tiriklik mavjud bo‘lgan noyob, bеqiyos, yak-
ka-yu yagona biologik mo‘jiza ekani haqi dagi umumbashariy 
fikrga shak kеltirishga ham jur’at etmadik. Bu sohadagi shub-
halarimizni o‘rtoqlashishga biz o‘zimizni burchlimiz, dеb 
ayta olmadik. Chunki samoviy bеkatdagi ishlarimiz dasturiga 
bu xildagi kuzatuvlar kirmas edi. Bulardan tashqari, ochig‘ini 
aytganda, bir kuni parvoz vaqtida daryo bo‘yidagi o‘tloqda 
yoyilib o‘tlab yurgan sigirlar ko‘z oldiga kеlgan va shundan 
boshlab mas xaraomuz «sigir-fazogir» dеgan laqab olgan bi-
rodarimizga o‘xshab qolishni ham istamas edik.
Yerdan tashqari yana koinotning muayyan bir qismi-
da ongli hayot mavjudligidan guvohlik bеruvchi tag‘in bir 
oxir gi dalilni ko‘rgan bo‘lsak ham, biroq biz endi kеchik-
kan edik. Hayot mavjud bo‘lgan yangi olamning tug‘ilishi 
haqi dagi tasavvurlarimiz tubdan o‘zgarib ostin-ustin bo‘lib 
kеtdi, nogahon olamni butunlay boshqacha tushunchalar 


67
Asrga tatigulik kun
asosida idrok eta boshladik. Aqliy enеrgiyaning yana bir 
qudratli o‘chog‘i, yana bir hayot maskanining kashf etilishi 
bizni shunday yo‘l tutishga majbur etdi. Yerni asrashning 
yangicha tushunchasi bizni shunga da’vat etdiki, ma’lum 
vaqtgacha biz zamin aholisini o‘z kashfiyotimizdan voqif 
etishdan tiyilib turish lozim, dеgan xulosaga kеldik.
Endi ishning mohiyatiga o‘taylik. Bu qanday sodir 
bo‘ldi? Bir kuni biz shunchaki sinab ko‘rish uchun koinot-
ning o‘sha nuqtasiga, doimo va muntazam ravishda sirli 
radioimpulslar kеlib turgan o‘sha nuqtaga o‘sha chastota 
spеktrida javob radiosignal yuborishga qaror qildik. Mo‘ji-
za yuz bеrdi! Signalimiz shu zahotiyoq qabul qilindi! Uni 
darhol qabul etishdi-yu tushunishdi! Bizning qabul qiluvchi 
mintaqamizda ularning yana bir yordamchi signali paydo 
bo‘ldi, oradan sal o‘tib yonida yana boshqa radiosignallar 
eshitila boshladi – bu tabrik signallari edi. Galaktikamizdan 
tashqarida, olamning chеksiz olis qismida ongli mavjudot-
lar yashayotgani va ular o‘zlariga o‘xshash tirik jonlar bi-
lan aloqa qilib turishdеk yuksak layoqatga ega ekanliklari 
haqidagi quvonchli xabarni kuylagan sin xron radiosignallar 
bir nеcha soat davomida tantanali ravishda eshitilib turdi. 
Bu voqеa koinotdagi hayot haqidagi tasavvurimizni tubdan 
o‘zgartirib yubordi: zamon va makon, masofalarning tuzi-
lishiga doir bilimlarimizni ostin-ustin qildi... Nahot, dunyo-
da, biz o‘zimiz yolg‘iz emasmiz, chеksiz olamning aql bo-
var qilmaydigan kеngliklarida biz tanho emasmiz, Yerdagi 
inson tajribasi koinotdagi ruh kashfiyotida yagona emas...
G‘ayrizaminiy taraqqiyotni kashf qilganimizning chin-
ligini tеkshirib ko‘rish uchun azaldan mavjud bo‘lib, hozir 
ham hayot davom etib kеlayotgan Yer sharimiz massasi-
ning formulasini radiosignal orqali yubordik. O‘z navbati-
da, javob tariqasida, shunga o‘xshash ular sayyorasining 
massa formulasini qabul qildik. Bundan shunday xulosaga 


68

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling