Chingiz Aytmatov "Asrga ta’tigulik kun"
Download 149.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Kushaliyeva Xolida noan\'anaviy dars ishlanma
Tashkiliy qism:
1. Salomlashish 2. Davomatni aniqlash 3. O’quvchilarni darsga tayyorlash O’tilgan mavzuni takrorlash: Assalomu alaykum aziz o’quvchilarim, mana bugun yana qalblarimizni olam- olam quvonch-u shodliklarga to’ldirib yana bahor fasli o’lkamizda hukmron. Keling, mana shunday iliq kayfiyat ila darsimizni boshlaymiz. Sinfimiz o’quvchilarini 2 bguruhga ajtatib olamiz. Tashkiliy qism savollariga yuzlanamiz: 1. Vatan tushunchasi sizning nazdingizda qanday tushuncha? 2. Vatanni madh etuvchi she’rlardan namunalar keltiring. 3. Yurtimizda qanday kun yangiliklari kuzatilmoqda? (Ushbu savollar orqali o’quvchilarda jamiyatda bo’ladigan voqea- hodisalarga befarq bo’lmaslik layoqati shakllantiriladi) Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirib boriladi. O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan birgalikda “ Baxtli tasodif” usulini o’tkazamiz. (“Baxtli tasodif” usuli quyidagicha bo’ladi: o’tilgan mavzu Ch. Aytmatovning hayoti va ijodi haqida bo’lib, adib hayoti va ijodiga xos savollar yozilgan , har bir o’quvchi savol tortib bittadan savollarga javob berishadi, faqat bittasiga “Siz 5 ball Ezgulik Adolat sohibisiz” degan yozuv yozilgan bo’ladi. Savollar tushgan o’quvchilar savollarga javob berib baholanadi. Baxtli tasodif sohibi esa o’z- o’zidan 5 balni qo’lga kiritadi). “Baxtli tasodif” savollari: 1. Chingiz Aytmatov qachon, qayerda tug’ilgan? 2. Adibning bolaligi qanday kechgan? 3. Chingiz Aytmatovning ota- onasi haqida nimalarni bilasiz? 4. Adib qayerlarda tehsil olgan? 5. Ilk yaratgan asarining nomi nima? 6. Adibning nomini jahonga tanitgan asarlaridan ayting/ 7. Biz bu yil Ch. Aytmatovning necha yillik yubeleylarini nishonlaymiz? O’quvchilarni javoblari tinglangach, to’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi. O’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. Download 149.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling