Mashaqqatli bolalik Oilaning to‘ng‘ich farzandi Chingiz avvaliga rus maktabida o‘qidi. Otasi qamalib, qishloqqa qaytishga majbur bo‘lishgach, qirg‘iz maktabida ta’lim oldi. U o‘smir yoshidan ikkinchi jahon urushi yillari front ortida xilma-xil yumushlarni bajaradi. Erkaklarning deyarli barchasi urushga ketgani sababli qishloqdagi eng savodli erkak sifatida 1942-yilda –o‘n to‘rt yoshida qishloq kengashi kotibi qilib tayinlandi. So‘ng soliq yig‘uvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo‘lib ishladi. O‘rta maktabni bitirgan Chingiz 1945-yilda Zooveterinariya texnikumiga kirib, uni 1948-yilda bitirdi. So‘ng qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirib, uni 1953-yilga tugatdi. “Tajriba” fermasida zootexnik bo‘lib ishladi. O‘rta maktabni bitirgan Chingiz 1945-yilda Zooveterinariya texnikumiga kirib, uni 1948-yilda bitirdi. So‘ng qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirib, uni 1953-yilga tugatdi. “Tajriba” fermasida zootexnik bo‘lib ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |