Chingiz aytmatov


Download 0.54 Mb.
bet1/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1127164
  1   2   3   4
Bog'liq
8. Chingiz Aytmatov. Oq kema

Chingiz aytmatov

(1928-2008)

Chingiz Aytmatov 1928-yilning 12-dekabrida Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan.

Chingiz Aytmatov 1928-yilning 12-dekabrida Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan.

Bobo-buvi, ota-ona

  • Bobosi Aytmat qo‘li gul hunarmand va ajoyib qo‘bizchi bo‘lgan.
  • “…Buvim men uchun ertak, doston, qadimiy qo‘shiqlarning bitmas-tuganmas xazinasi edi. Ehtimol, o‘shanda buvim o‘zi sezmagan holda o‘z tilimni sevishga, hurmat qilishga o‘rgatgandir…”
  • Otasi To‘raqul Aytmatov rus-tuzem maktabida tahsil ko‘rgan, o‘qimishli, fikri tiniq odam edi.
  • Bo‘lajak adibning onasi Naima Aytmatova ham o‘qimishli, yuksak madaniyatli, oqila ayol bo‘lgan.

Mashaqqatli bolalik

Oilaning to‘ng‘ich farzandi Chingiz avvaliga rus maktabida o‘qidi. Otasi qamalib, qishloqqa qaytishga majbur bo‘lishgach, qirg‘iz maktabida ta’lim oldi. U o‘smir yoshidan ikkinchi jahon urushi yillari front ortida xilma-xil yumushlarni bajaradi. Erkaklarning deyarli barchasi urushga ketgani sababli qishloqdagi eng savodli erkak sifatida 1942-yilda –o‘n to‘rt yoshida qishloq kengashi kotibi qilib tayinlandi. So‘ng soliq yig‘uvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo‘lib ishladi.

O‘rta maktabni bitirgan Chingiz 1945-yilda Zooveterinariya texnikumiga kirib, uni 1948-yilda bitirdi. So‘ng qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirib, uni 1953-yilga tugatdi. “Tajriba” fermasida zootexnik bo‘lib ishladi.

O‘rta maktabni bitirgan Chingiz 1945-yilda Zooveterinariya texnikumiga kirib, uni 1948-yilda bitirdi. So‘ng qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirib, uni 1953-yilga tugatdi. “Tajriba” fermasida zootexnik bo‘lib ishladi.

Lekin…

O‘spirin yoshidan unga yozishga havas bor edi. U texnikum va institutda o‘qib yurganida ham badiiy adabiyotdan uzoqlashmadi. Tinimsiz o‘qir, qirg‘iz adiblarining asarlarini ruschaga, rus yozuvchilarining bitganlarini qirg‘izchaga ag‘darar, o‘z sohasiga doir voqealar haqida maqola va ocherklar yozardi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling