Chingiz aytmatov


Adenovirus infeksiyasining shakllari


Download 0.5 Mb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1508364
1   2   3   4
Bog'liq
Adenoviridae oilasi Adenoviruslar oilasi vakillarining biologiyasi

Adenovirus infeksiyasining shakllari
Adenovirus infeksiyalari o’tkir respiratorli virusli infeksiyalar bilan bog’liqligini hisobga olsak, ko’p odamlar o’zlaridagi alomatlarni namoyon bo’lishini gripp bilan adashtiradilar. Kasallik haqiqatan ham adenovirus ekanini ko’p hollarda kasallik bilan birga keladigan konyunktivit orqali bilish mumkin. Ko’zlar og’riydi, suvli bo’ladi, qizaradi, og’irlik hissi bo’ladi. Kasallikning rivojlanishining individual xususiyatiga qarab adenovirus ikkala ko’zga yoki faqat bittasiga ta’sir qilishi mumkin.
Adenovirus infeksiyasining ikkinchi o’ziga xos xususiyati shundaki, intoksikatsiya davri atigi 1-2 kun davom etadi. Grippda esa noxush alomatlar (ko’ngil aynishi, bosh og’rig’i, zaiflik va boshqalar) 7 kungacha yoki undan ko’proq davom etishi mumkin.
Adenovirus va boshqa virusli infeksiyalar o’rtasidagi uchinchi farq isitmaning davomiyligi va tabiatidir. Adenovirus infeksiyasida harorat birinchi kunida 38 C gacha ko’tarilishi mumkin, ammo u uzoq vaqt davomida yuqori darajada turmaydi. Agar grippda isitma bir necha kun davom etsa va harorat 39-40 C ga yetsa, adenovirusda uzoq istima juda kam uchraydi.
Adenovirus infeksiyasining ko’rinishlari:
konyunktivit — ko’zning shilliq qavatining yallig’lanishi;
keratokonyunktivit — ko’zning shilliq qavatining qurishi, ko’zlarida og’riq hissi;
rinofarenit — burun va tomoq shilliq qavati yallig’lanishi;
rinofaringobronxit — bronxlar yallig’lanishi nafas yo’llarining shilliq pardalari yallig’lanishiga qo’shiladi;
rinofaringotonsillit — nafas yo’llarining shilliq qavatining shikastlanishi bodomsimon bezlarning yallig’lanishi bilan birga keladi;
mezenterik limfadenit — qorin limfa tugunlarining yallig’lanishi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Suvaraklarning salomatlik uchun xavfli jihatlari va ularni yo‘qotish usullari
Bolalarda adenovirus o’ziga xos, aniqroq namoyon bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda virusga qarshi immunitet mavjud bo’lib, ularning kasalligi past haroratda davom etadi, konyunktivit kamdan-kam hollarda kuzatiladi va limfa tugunlari ishmaydi. Hayotning birinchi yilidagi bolalarda ko’pincha pnevmoniya rivojlanadi: adenovirus ta’sirida bolaning o’pkasi ushbu jiddiy kasallikning bakterial patogenlariga ko’proq moyil bo’ladi. Pnevmoniya xirillash bilan birga keladi, bolada tutilish, nafas qisilishi, qusish bo’lishi mumkin. O’pka yallig’lanishi kattalarda ham boshlanishi mumkin: farqi shundaki, bolalarda asorat keskin va to’satdan rivojlanib boradi, kattalardagi bemorlarda esa asoratlar kasallikning 3-5 kunida sodir bo’ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling