Chiqarishni mahalliylashtirish importni kamaytirish omili sifatida
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbekiston-respublikasida-sanoat-siyosati-ishlab-chiqarishni-mahalliylashtirish-importni-kamaytirish-omili-sifatida
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 279 w www.oriens.uz June 2021 Biroq, respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yagona tizimning mavjud emasligi ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilmayotganligiga hamda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish darajasining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakat va uning hududlari tashqi savdosining hozirgi holati tovar va xizmatlar eksportidan barqaror valyuta tushumlari olish imkoniyatini bermaydi. Eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining ustivorligi, eksport qilinayotgan tovarlar assortimentining torligi mamlakat va undagi hududiy iqtisodiyotini jahon bozorlaridagi kon’yunkturaviy o‘zgarishlarga qaram qilib qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017- 2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “ ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom etish hamda eng avvalo iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish ” ga alohida e’tibor qaratilgan. «O‘zavtosanoat» AJ, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «O‘zmetkombinat» AJ, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi korxonalari hamda Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi korxonalarda asosan respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlarga o‘xshash bo‘lgan tovarlarni chetdan import qilinadi. Mamlakatda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda turlarini kengaytirish, aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini qanoatlantirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bois, o‘zimizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko‘paytirish orqali importni qisqartirish masalasi milliy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida ooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qaror asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, import hajmini kamaytirish borasidagi ishlar boshlab yuborildi. Shuningdek, mazkur masalalar bo‘yicha yordamchi lavozimi joriy etilganligi, mahalliylashtirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha muntazam ravishda faoliyat yurituvchi ishchi guruh tashkil etilganligi, importni qisqatirish bo‘yicha idoralararo monitoring yurgizish mexanizmlarining ishlab chiqilganligi keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling