Chiqindi gazlarni сhanglardan tozalash. Chang zarralarining asosiy xossalari. Changlarning tozalash usullari


CHIQINDI GAZLARNI СHANGLARDAN TOZALASH


Download 416.7 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2023
Hajmi416.7 Kb.
#1290910
1   2   3   4
CHIQINDI GAZLARNI СHANGLARDAN TOZALASH
Sanoatda eng ko’p tarqalgan tashlamalardan biri — bu changli gaz tashlamalaridir. Changli gaz tashlamalari deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ajraladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Buning natijasida esa atmosfera havosining tarkibi keskin ifloslanadi. Changli tashlamalar ko’pincha biror-bir mahsulotni olish jarayonida hosil bo’ladi, masalan, un tortish korxonalarida un changlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida shu materiallar changi — gips, alebastr, sement va shu kabi mahsulotlar changi, mineral o’g’it ishlab chiqarishda shu mineral o’g’it changlari, tog’-kon kombinatlarida rudalar changi va hokazo. Demak, chang zarralari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir bo’lagi bo’lib, ularni ushlab qolish va ishlab chiqarish sikliga qaytarish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun changli gaz chiqindilarini zararsizlantirish uchun ular tarkibidagi chang zarralarining xususiyatini aniqlash ham alohida ahamiyatga ega. Chunki chang zarrasining xossasiga qarab tozalash usuli va uning Apparati ham bir-biridan farqlanadi. Chang zarralarining quyidagi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

Chang zarralarining asosiy xossalari
Zarraning zichligi. Zichlik haqiqiy, «to’kma» va tuyuluvchi bo’ladi. To’kma zichlik (haqiqiy zichlikka qaraganda) zarralar orasidagi havo qatlamini (bo’sh hajmni) ham hisobga oladi. Tuyuluvchi zichlik — bu zarra massasini uning hajmiga nisbati olinib, bunda zarra ichidagi g’ovakliklar, qing’ir-qiyshiqlar ham e’tiborga olinadi.
Zarraning dispersligi. Zarraning razmeri uning asosiy parametridir. Chunki chang yutgichni tanlashda gaz tarkibidagi ushlanadigan chang zarrasining dispers tarkibi ahamiyatga ega. Sanoat changi zarralari turli shaklda bo’lishi mumkin (sharik, tayoqcha, plastinka, ninacha, tolali ko’rinishda va boshqalar). Chang zarralari ko’pincha birlashib aglomeratlar hosil qilishi mumkin, shuning uchun chang zarrasining razmeri tushunchasi nisbiydir. Bunda changdan tozalashda zarraning cho’kish tezligi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.
Chang zarrasining cho’kish tezligi massasi bir xil bo’lganda ham shaklini ko’rinishiga qarab farqlanishi mumkin. Zarraning shakli sharsimonga yaqin bo’lsa, uning cho’kishi shuncha tez bo’ladi.
Chang zarrasini tozalash, ushlab qolish usuli uning dispers tarkibiga bog’liqdir. Zarrani razmeriga qarab tanlanishi maqsadga muvofiq bo’lgan apparatlar:



Download 416.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling