Chiqindi gazlarni сhanglardan tozalash. Chang zarralarining asosiy xossalari. Changlarning tozalash usullari
Download 416.7 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chang qatlamining elektr tokini o’tkazuvchanligi.
- Zarraning elektr zaryadi.
- Chang zarrasining yonish va havo bilan portlovchi aralashma hosil qilish xususiyati.
- Changni tozalash darajasi
Zarralarning gigroskopikligi. Bu xususiyat chang zarrachalarining havo tarkibidagi namni yutish qobiliyatini ko’rsatadi. Bu xususiyat zarraning kimyoviy tarkibiga, razmeriga, shakliga, zarraning silliqligiga bog’liq. Zarra gigroskopik bo’lsa, bunday changli gazni ho’l usulda tozalash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Chang qatlamining elektr tokini o’tkazuvchanligi. Bu xususiyat yordamida chang zarrasi qatlaminmg solishtirma elektr qarshiligiga (R qatlam) qarab chang zarrasini 3 guruhga bo’lish mumkin: 1. R qatlam <104 om.sm. Bunday zarra elektrodga o’tirishi bilan zaryadsizlanadi va yana gaz oqimi bilan apparatdan chiqib ketadi. 2. R qatlam =1010 om.sm. Bunday zarra elektr filtrda yaxshi ushlanadi, chunki zarralar sekin zaryadsizlanadi va qatlam qalinlashishiga vaqt yetadi. 3. R qatlam > 1010-1013 om.sm. Bunday zarralar elektr filtrda qiyinchilik tug’diradi va izolatsion qatlam hosil qiladi. Zarraning elektr zaryadi. Zarraning zaryad ko’rsatkichi (Q yoki - ) uni hosil bo’lishiga, kimyoviy tarkibiga va ilashadigan modda xossasiga bog’liq. Ushbu ko’rsatkich changli gaz aralashmasini tozalash apparatining samaradorligiga, adgeziya xususiyatiga, portlash xususiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Chang zarrasining yonish va havo bilan portlovchi aralashma hosil qilish xususiyati. Ba’zi organik birikmalarning, ya’ni plastmassa, tola, hamda metall zarralarining changi shunday xususiyatga ega bo’ladi. Ular o’z-o’zidan yonishi, havo bilan portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin. Changning havodagi minimal portlovchi aralashma konsentratsiyasi o’rtacha 20 — 500 g/m3, maksimal 700 — 800 g/m3 ni tashkil qiladi. Gazda kislorodning miqdori qancha ko’p bo’lsa, portlash imkoniyati va uning kuchi shuncha ko’p bo’ladi. Gazda kislorodning miqdori 16 % dan kam bo’lsa, chang buluti umuman portlamaydi. Changni tozalash darajasi. Tozalash darajasi (foydali ish koeffitsienti) ushlangan modda miqdorini gaz tozalash Apparatiga gaz oqimi bilan ma’lum vaqt ichida kirgan modda miqdoriga nisbati orqali topiladi. Changni tozalash darajasi quyidagi formula orqali aniqlanadi. Agar tozalash jarayonida gazning hajmi o’zgarsa, masalan so’rish hisobiga, unda tozalash samarasi quyidagicha aniqlanadi: Gazlarni tozalashda chang zarrasining katta-kichikhgi Ham ahamiyatga ega. Zarra qancha yirik bo’lsa, uni ushlab qolish sKuncha oson kechadi. Shuning uchun tozalash darajasi ba’zan fraksiya tozalash darajasi orqah aniqlanadi, Fraksiya tozalash darajasini bilgan holda, umumiy tozalash darajasini aniqlash mumkin: . Changni tozalash samaradorligini zarrani o’tib ketish (proskok) koeffitsienti bilan ham ifodalash mumkin. Bu koeffitsient quyidagicha aniqlanadi: Foydalanilgan adabiyotlar 1.www.fayllar,org 2.www.xozir.org 3.www.xozir.org104> Download 416.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling