Chiqindi oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning sinflanishi


Pa.s; Rch va RF — cho‘kmaning va filtming qarshiligi, m rch — cho'kmaning


Download 1.57 Mb.
bet18/39
Sana09.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#255504
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
А. Ф.Б. 25.12.96,11.03.2021

Pa.s; Rch va RF — cho‘kmaning va filtming qarshiligi, m rch — cho'kmaning

solishtirma qarshiligi, m 2; xch— cho'kma hajmining filtrat hajmiga nisbati.

Filtrlarning turli konstruksiyalari ishlab chiqilgan bo‘hb, ular aralashmalarni suyuqlikdan ajratish bo‘yicha yuqori samaraga ega bo‘lishi va filtrlash tezliklari yuqori bo‘lishi lozim.

Filtrlar turli belgilarga qarab farqlanadi: jarayonning borish xarakteriga qarab — davriy va uzluksiz; jarayon turi bo'yic.ia ajratishga, quyuqlashtirishga va tiniqlashtirishga mo'ljallangan;

filtrlash bosimi bo‘yicha — vakuum ostida (0,085 MPa gacha), bos.m ostida (0,3 dan 1,5 MPa gacha); filtrlash yo'nalishi bo'yicha — pastga,tepaga yoki yonga; konstruktiv ko‘rinishi bo‘yicha; cho'kmani ajratib olish bo‘yicha; cho‘kmani yuvish va suvsizlantirish bo'yicaa; filtrlash yuzasining formasi va o‘matillshi bo‘yicha.

Oqova suvlarni tozalash sistemalarida davriy rejimda ishlovchi — nutch-filtrlar, filtr-presslar, uzluksiz rejimda ishlovchi — barabmli, diskali va lentali filtrlar qo'llaniladi.

Davriy rejimda ishlovchi nutch-filtrlar sodda konstruksiyaga ega bo'lib, neytral, kislotali va ishqoriy suspenziyalarni ajratishga mo'ljallangan. Ushbu filtrlar perforatsiyalangan taglikli sig'im bo'lib, taglik ustiga filtr materiali qoplangan bo'ladi. Filtr sig'imining tag qismi vakuum sistemaga ulangan bo'lib, ishlash paytida filtr ostida yig'llgan cho'kma qo'l yordamida sidirib olinadi. Qiyin filtrlanadigan suspenziyalarni ajratish uchun uzluksiz ishlovchi barabanli filtrlar shlab chiqilgan




Ushbu flltrda baraban aylanishi bilan suyuq faza vakuum ostida baraban ichiga tortiladi va undan tashqariga chiqarib yuboriladi.

Cho‘kma esa barabanga tortilgan filtr materialiga o‘tirib qoladi. Baraban aylanishi bilan unga tortilgan filtr materiali ham birgalikda harakat qiladi. Shunda filtr materiali yo‘lida unga tiralgan holda pichoqcha yordamida ustidagi filtrat moddalari qirib olinadi. Keyin filtr materiali ustidagi qoldiq moddalar yuvuvchi suv yordamida yuvib tashlanadi. Bundan keyin filtr materiali harakatini davom ettirib qayta filtrlash jarayoniga yuboriladi.

Oqova suvlami tozalash jarayonida, odatda, katta miqdordagi suvlarni tozalash lozim bo‘ladi, shuning uchun bunday suvlami filtrlash usulida tozalash uchun bosimlami ishlatish shart emas. Bundan kelib chiqqan holda to'rsimon elementli va donador qatlamli filtrlar ishlatiladi.

Donador to‘siqli filtr quyi qismida suvni chiqarish uchun drenaj moslamasi o‘matilgan rezervuar ko‘rinishiga ega bo‘lib, bunda drenaj ustiga himoya qiluvchi va filtrlovchi qatlam joylashtirilgan bo‘ladi




Oqova suvni filtr ichiga beriladi va suv donador filtr qatlamidan o‘tib, drenaj orqali sistemadan chiqarib yuboriladi. Filtr materiali to‘lib qolganda pastdan tepaga yuvuvchi suvlar beriladi va filtr tozalanadi. Drenaj yig‘ilgan g‘ovaksimon beton plitalaridan iborat bo‘ladi. Unga filtr materiali (2 — 4 qatlam) bir xil granulometnk

tarkibda joylashtiriladi. Qatlam qalinligi 1,5 — 2 m atrofida bo‘ladi.

Filtrlash tezligi 12 — 20 m/soat ga teng.

Ko'p qatlamli filtrlarda filtr materiallari turli donador materiallardan tarkib topadi. Masalan yuqori qatlami antratsit va qumdan iborat bo‘ladi. Bunda yuqori qatlam donalarining razmeri pastki qatlam donalari razmeridan kattaroq bo'ladi. Ushbu filtrlarning konsruktsiyasi bir qatlamli filtrlar konstruksiyasiga o‘xshashdir. Ular yuqori ish unumiga va uzoq ishlashga mo'ljallangan bo'ladi.




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling