OQOVA SUVLARNI FIZIK-KIMYOVIY TOZALASH
USULLARI
Ushbu usulda oqova suvlar koagulatsiya, flotatsiya, adsorbsiya, ionalmashish, ekstraksiya, rektifikatsiya, bug‘lantirish, distillatsiya, kristaHizatsiya, desorbsiya va shu kabi jarayonlar asosida tozalanadi. Bu usullar oqova suvdagi erigan mineral, organik va gaz birikmalarini ajratishda, hamda juda mayda dispers suzib yuruvchi zarralami ajratishda qo‘llaniladi.
Fizik-kimyoviy usullar biokimyoviy usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega:
1) Oqova suvdan biokimyoviy oksidlanmaydigan organik zaharli chiqindilarni tozalash imkoni borligi;
2) tozalashni chuqur va muqim olib borish mumkinligi;
3) tozalash inshootlarining razmeri kichikllgi;
4) tozalash jarayonlarini to ‘liq avtomatlashtirish imkoni borligi;
5) oqova suv tarkibidagi turli moddalami rekuperatsiya qilish mumkinligi;
6) jarayonning to'liq o‘rganilganligi va shuning natijasida modellashtirish, matematik hisoblarni amalga oshirish hamda apparatlarni to‘g‘ri tanlash imkoni borligi;
7) usul tirik organizmlarning faoliyati bilan bog‘liq emasligi;
8) turli birikmalarni rekuperatsiya qilish imkoni borligi.
Tozalashning u yoki bu usulini tanlash tozalanishi kerak bo‘lgan oqova suvning sanitar va texnologik talablari, chiqindi moddalar konsentratsiyasi, oqova suv miqdori, kerakH material va energetik resurslarning bor-yo‘qligi va shu kabilar asosida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |