Protsessorlar haqida umumiy ma’lumot va ularni tanlash bo’yicha maslahatlar


Download 8.1 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi8.1 Kb.
#1105077
Bog'liq
Protsessorlar haqida umumiy ma


Protsessorlar haqida umumiy ma’lumot va ularni tanlash bo’yicha maslahatlar

Protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi va uning ichidagi chip har xil hisoblash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Qanday kompyuter sotib olishingizga qarab, protsessor qimmat yoki arzon bo’lishi mumkin. Kompyuteringizning samarali ishlashi protsessorning sifatiga va qanday turkumga kirishiga ham bog’liq. Kompyuter sotib olayotganda to’g’ri protsessorni tanlash chuqur texnik bilimni talab qiladi, shuning uchun men bu maqolamda protsessorning, asosan, qaysi xususiyatlariga e’tibor berish kerakligini aytib o’taman. Bular protsessorning tezligi (частота-frequency), nechta yadrosi borligi, brend (qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgani) va kesh xotirasi kabi xususiyatlaridir.


Protsessorning tezligi uning eng asosiy jihatidir. Odatda, bu ma’lumot protsessorning ustida yozilgan bo’ladi (“2,8 GHz” yoli “2,6 GHz” degan yozuvlar). Protsessorning tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi, lekin, zamonaviy protsessorlarda ko’p yadrolilik ( dual core, quad core) degan tushuncha ham bor. Bitta protsessorning o’zida ikkita, to’rtta va eng zamonaviy protsessorlarda 8 ta gacha yadro bor. Protsessorda yadro qanchalik ko’p bo’lsa, u ham shunchalik yaxshi, ammo, ko’p yadroli protsessorlar bir yadroli protsessorlardan ancha qimmat turadi.
Hozirda ko’pchilik xaridorlar ikki yadroli protsessorlarni (dual core yoki core2duo) sotib olishmoqda, lekin ikki yadrolik protsessorning ishlash samarasi uning qanday programmalar uchun ishlatilishiga bog’liq. Oddiy ofis kompyuteri uchun ikki yadroli protsessor shart emas, bir yadroli Celeron protsessorlari ham hujjat yozish kabi vazifalarni a’lo darajada bajarishadi, lekin, o’yin o’ynashni yoki videomontaj qilish bilan shug’ullanadigan foydalanuvchi uchun ikki yadroli protsessor qo’l kelishi mumkin.
Protsessorning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri uning brendi, ya’ni qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilganidir. Protsessor ishlab chiqaruvchi ikkita gigant mavjud – Intel va AMD. Bu kompaniyalar va ularning qay birining mahsuloti yaxshiroq ekanligi haqida azaliy munozara bor, men bu munozaraga qo’shilmagan holda, Intel kompaniyasi protsessorlari bizga har jihatdan qulay ekanligini aytib o’tmoqchiman, xolos.
Protsessorlarning kesh xotirasi ham asosiy xususiyatlardan biridir. Kesh xotira ham qanchalik katta bo’lsa, shuncha yaxshidir. Zamonaviy protsessorlarda 1mb, 2mb va undan ortiq kesh xotira mavjud.
Quyidagi misolda bir nechda protsessorlar va ularning xususiyatlari keltirilgan. Ular orasidan qaysi biri siz uchun mos kelishini tanlab olsangiz ham bo’ladi. Bu yerda ularning O’zbekiston bozorlaridagi taxminiy narxlari ham berilgan.
Protsessor Intel Celeron 440
Ishlab chiqaruvchi: Intel
Turkum: Celeron
Protsessor tezligi: 2 GHz
Yadrolar soni:1 ta
L2 kesh xotirasi: 512kb
Narxi: 101, 200 so’m
Protsessor Intel Core 2 Quad Q8300
Ishlab chiqaruvchi: Intel
Turkum: Core 2 Quad Yorkfield
Protsessor tezligi: 2,5 GHz
Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 4 mb
Narxi: 386, 400 so’m
Protsessor Intel Core i7-920
Ishlab chiqaruvchi: Intel
Turkum: Core i7
Protsessor tezligi: 2,6 GHz
Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 1 mb
Narxi: 770, 500 so’m
Protsessor AMD Athlon II X2 240
Ishlab chiqaruvchi: AMD
Turkum: Athlon II
Protsessor tezligi: 2,8 GHz
Yadrolar soni: 2 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
Narxi: 218,500 so’m
Protsessor AMD Phenom II X4
Ishlab chiqaruvchi: AMD
Turkum: Phenom II X4
Protsessor tezligi: 3 GHz
Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
Narxi: 644.000 so’m
Protsessor AMD Athlon II X4 630
Ishlab chiqaruvchi: AMD
Turkum: Athlon II X4
Protsessor tezligi: 2,8 GHz
Yadrolar soni: 4 ta
L2 kesh xotirasi: 2 mb
Narxi: 379, 500 so’m
Download 8.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling