Chiqindi oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning sinflanishi
Suv yuzasida suzib yuruvchi aralashmalardan tozalash
Download 1.57 Mb.
|
А. Ф.Б. 25.12.96,11.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filtrlash usuli
Suv yuzasida suzib yuruvchi aralashmalardan tozalash
Bu usul oqova suv tarkibida neft, moy, smola va shu kabi yog'simon mahsulotlar uchraganda qo'llaniladi. Ushlanadigan aralashma zichligi suvdan kam bo'lgani uchun suv yuzasida qalqib turadi. Uni suvdan ajratish uchun neft shlagichlar ishlatiladi Neft va neft mahsulotlarini suv yuzasiga qalqib chiqishi tindirish kamerasida o‘y beradi. Suv yuzasidagi neft kurakli mexanizm yordamida neft yig'gich tomoniga o'naltiriladi va u yerdan neft yig‘gich yordamidaso'rib olinadi. Suv bu neft hlagichlarda 0,005-0,01 m/s tezlikda harakat qiladi. Neftni suv yuzasiga qalqib chiqish darajasi 96—98% ni tashkil etadi. Gorizontal neft ushlagichlar kamida ikkita seksiyadan iborat bo‘lib,har bir seksiyaning eni 2—3 m, cho'ktiriladigan suv qatlamining chuqurligi 1,2—1,5 m, tindirish vaqti 2 soatni tashkil etadi. Yog‘ zavodlari, junni birlamchi qayta ayyorlash fabrikalari, go‘sht kombinatlari va oshxonalar suvlari tarkibida ham yog‘ qoldiqlari ko'plab uchraydi. Ushbu suvlami ham zararsizlantirish uchun yuqorida ko‘rib chiqilgan neft ushlagich apparatlariga aynan o‘xshash yog* ushlagichlar qo‘llaniladi. Filtrlash usuli Oqova suvda mayda dispers qattiq zarralar uchrasa va ularni cho‘ktirish orqali ushlab qolishning imkoni bo‘lmasa, filtrlardan foydalanib oqova suv tarkibidagi aralashmalami ajratib olish mumkin. Bunda filtr sifatida g‘ovaksimon materiallardan foydalaniladi. Filtrlar suvni o'tkazib dispers fazarri ushlab qolishi kerak. Jarayon atmosfera bosimida yoki vakuum ostida boradi. Filtrlash uchun turlikonstruksiyadagi apparatlar qo'llaniladi. Filtr materiaU sifatida metall plastmalar, aluminiy, nikel, asbestli, parta tolali, junli, sintetik tolali materiallar qo'llaniladi. Filtrlar kimyoviy muhitga chidamli va suv ta’sirida shishib ketmasligi hamda parchalanmasligi kerak. Filtrlash jarayoni filtr materiali ustida cho'kmani yig'ilishi bilan olib boriladi. Filtrlash jarayonida yig'iladigan cho'kmalar siqiluvchi va siqilmaydigan xillariga bo'linadi. Siqiladigan cho'kmalarni zichlashtirish oqibatida undagi g'ovakliklami kamayishi va buning natijasida jarayon qarshiligini oshishi bilan xarakterlanadi. Siqilmaydigan cho'kmalaming g'ovakliklari va qarshiligi filtrlash jarayonida o'zgarmaydi. Bunday cho'kmalarga kelib chiqishi mineral moddalar bo'lgan zarralar, qum, bo'r, soda kabilar kirib, ulardagi zanalaming razmeri 100 mkm dan katta bo'ladi. Filtming ish unumi filtrlash tezligi, ya’ni undan birlik vaqt ichida birlik yuza orqali o'tgan suvning miqdori bilan o'lchanadi.Filtrlash tezligi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling