Chiqindilar bo'yicha 2016 yilda buyon qabul qilingan prezident formulalarining bajarilishi 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini loyihalashtirish


Download 24.22 Kb.
bet4/6
Sana11.02.2023
Hajmi24.22 Kb.
#1189976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chiqindilar bo\'yicha 2016 yilda buyon qabul qilingan prezident formulalarining bajarilishi

3-§. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini loyihalashtirish
28. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonida kotlovan loyihalashtiriladi. Kotlovanning o‘rtacha chuqurligi yer ishlari balansi va sizot suvlari sathidan kelib chiqib belgilanadi. Sizot suvlarining sathi kotlovan tubidan kamida 1 metr pastda bo‘lishi lozim.
29. Poligonlar sizot suvlarining ifloslanishi xavfini kamaytirish uchun filtratsiyaga qarshi izolatsiya qoplamasiga ega bo‘lishi lozim.
Izolatsiya xarajatlarini kamaytirishi maqsadida poligonlarni kam suv o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tuproq qatlamida yaratish maqsadga muvofiq.
30. Chiqindi tarkibi va iqlim sharoitidan kelib chiqib izolatsiya qoplamasining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
qalinligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan bir qatlamli tuproq va qalinligi 0,2 millimetrdan kam bo‘lmagan polietilen qoplama;
har birining qalinligi 0,2 millimetrdan kam bo‘lmagan ikki qavatli polietilen plyonkadan tayyorlangan va ular orasiga 0,4 metr qalinlikda yirik donali qum yotqizilgan qoplama;
qalinligi 0,2 — 0,4 metr bo‘lgan bitumli qoplama.
31. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni loyihasida kotlovonlarning navbat bo‘yicha qazilishi nazarda tutiladi. Birinchi navbatdagi kotlovandan olingan tuproq poligonlar perimetri bo‘yicha tuproqtepaga joylashtiriladi. Ikkinchi navbatdagi kotlovandan olingan tuproq birinchi navbatdagi kotlovon to‘ldirilgandan keyin undagi qattiq maishiy chiqindilarni izolatsiya qilishda foydalaniladi.
32. Poligon tubida namlik darajasi 52 foizdan ortiq, yillik yog‘ingarchilik miqdori 100 millimetrdan ortiq bo‘lganda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni filtrat paydo bo‘lishi ehtimoli inobatga olingan holda loyihalashtiriladi.
Bunda kotlovan tubi maydon asosi bo‘yicha filtratning teng taqsimlanishini ta’minlaydigan (gorizontal) holatda loyihalashtiriladi. Joy relyefi qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish navbati inobatga olingan holda kotlovanlarga bo‘linadi.
Kotlovanning yuqoridagi va navbatdagi oraliq devorlari balandligi, shuningdek ikkita yonma-yon kotlovanlar devorlarining o‘lchamlari orasidagi farq 1 metrdan oshmasligi lozim. Oraliq devorlarining tepa qismi bo‘yicha chiqindi tashish texnikalarining kirishiga mo‘ljallangan vaqtinchalik kirish yo‘li loyihalashtiriladi.
Filtratsiya koeffitsiyenti belgilangan me’yordan 30 — 50 foiz ortiq bo‘lganda, tuproq qatlamini zichlash choralarini ko‘rish lozim.
33. Poligon tubida namlik darajasi 52 foizdan past bo‘lgan, yillik yog‘ingarchilik miqdori 100 millimetrdan ortiq bo‘lmaganda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonida filtrat paydo bo‘lmaydi. Bunday iqlimdagi hududda joylashgan poligonlarga filtratni o‘tkazmaslik bo‘yicha choralar ko‘rish talab qilinmaydi.
34. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini jarlik hududidan ajratilganda qor va jala suvlarini to‘plash hamda ularning xavfini bartaraf qilish tizimi nazarda tutilishi lozim.
Kotlovonlarning chuqurligi, qoida tariqasida, 3 — 6 metr va kengligi 6 — 12 metr bo‘lishi lozim. Ularni shamol yo‘nalishiga perpendikulyar holatida joylashtirish zarur.

Download 24.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling